Mavzu: Stress va frustratsiya


Download 311.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi311.82 Kb.
#1611256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-topshiriq P.P

Emotsional xossalar individning psixik ko‘rinishini belgilaydilar, shaxs 
emotsional 
tipini 
tashkil 
etadilar. Odamlar emotsional, o‘ta 
ta’sirchan, ehtirosli va frigid mijozlilarga 
bo‘linadilar. Birinchisi 
oson 
qo‘zg‘aluvchan, emotsional ta’sirchan, impulsiv; ikkinchisi – o‘z sezgilarini 
mushohada 
qilish, 
ulardan 
zavqlanishga 
moyil; uchinchisi – 
emotsional intiluvchan, o‘ta faol, maqsadga erishishda sabotli; to‘rtinchisi – aql 
bilan ish ko‘radilar, qayg‘urish hissi ularga yot. 
Hissiyotlar va sezgilarning yuzaga kelishi va so‘nishi shartli refleks 
shakllanishining barcha qonuniyatlariga bo‘ysunadi. 
Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli 
ob’ektlar sinfiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Shunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri 
ularning 
umumlashtirilganligi 
va ko‘chirib 
o‘tkazish imkoniyati 
hisoblanadi. Boshqa 
qonuniyat – sezgilarning 
davomli 
seskantiruvchilar 
ta’sirida sustlashishi. Xuddi shunday sevimli qo‘shiq hadeb tinglansa, yoqmay 
qolishi mumkin; juda ko‘p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo‘lmay qoladi. 
Ijobiy hissiyotlar kabi, salbiy hissiyotlar ham so‘nishga moyil bo‘ladi. Odam 
ma’lum darajada turli vaziyatlarga, shuningdek, salbiy ta’sirlar (badbo‘y hid, xunuk 
manzara, noqulay sharoit)larga ham ko‘nikadi. 
Turli seskantiruvchilar ta’sirida yuzaga keladigan turli segilar o‘zaro 
taqqoslanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro ta’sirlashadi. Biror shaxsning 


xunuk harakatidan, xuddi shunday vaziyatdagi boshqa shaxsning oliyjanob harakati 
solishtirilganida taassuf hissi kuchayadi, qoniqish hissi qoniqmaslik hissidan so‘ng 
kuchliroq seziladi. Insonning taqdiri, azob-uqubatlari qanchalik og‘ir, 
muvaffaqiyatsizliklarining yakun topishi shunchalik quvonch bilan idrok qilinadi – 
bu sezgilarning keskin qarama-qarshiligi
Sezgi qonuniyatlaridan biri – ularning jamlanishi. U yoki bu ob’ekt 
tomonidan 
muntazam 
ravishda 
hosil qilinadigan 
sezgilar 
to‘planib, 
jamlanadi. Buning natijasida insonda ota-onaga, do‘stga, qadrdon yurtga nisbatan 
muhabbat 
va 
ehtirom 
mustahkamlanadi. Salbiy 
kechinmalar 
(hayotiy 
qiyinchiliklar)ning to‘planishi affekt holatiga tashqi tomondan ahamiyatsiz bo‘lgan 
voqeadan juda kuchli ta’sirlanishga olib kelishi mumkin. 
Emotsional holatlar o‘rin almashishi mumkin. Xuddi shunday, biror 
faoliyatdagi muvaffaqiyat boshqa faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlikning o‘rnini 
bosishi mumkin. 
Hissiyotlarning 
yana 
bir 
qonuniyati – ularning o‘zgaruvchanligi hisoblanadi. Biror 
ob’ekt 
yuzasidan 
qondirilmagan hissiyotlar boshqa ob’ektlarga (barchaga «zarar o‘rnini 
to‘ldirish» hodisasi) o‘tkazilishi mumkin. 

Download 311.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling