Mavzu: Suffoziya turlari va namoyon bo'lish shakllari
Download 67.33 Kb.
|
Suffoziya turlari va namoyon bo\'lish shakllari
Yer osti va yer usti suvlarining birgalikdagi faoliyati ta’siridan tog` jinslarining mayda bo`laklari va eritmalarini oqizib ketishi va suv bilan birga yer yuzasiga chiqish jarayoni suffoziya (lotincha “o`yish” degani) deyiladi. Suv yer yuzasidagi jinslar orasiga kirib, tuproq zarrachalari va eritmalarni tog` yonbagriga, jar, zovur, daryo, ko`l tagiga chiqarib tashlaydi. Cho`l sharoitidagi suffozion jarayon ta’sirida yer qisman cho`kadi va buning natijasida cho`l tovoqchalari hosil bo`ladi. Cho`kish jarayoni asosan qayirlar, yumshoq tog` jinslari, lyosslarda namgarchilik ko`tarilishi natijasida, suvning vertikal sirkulyatsiyasidan hosil bo`ladi. Cho`l tovoqchalari ko`p uchraydigan joylar podlar deyiladi. Cho`l tovoqchalarining ostki qismi atrofga nisbatan 2-3 m, ba’zan 7 m gacha cho`kkan bo`ladi, diametri 100 m ga yetadi. Cho`l tovoqchalari quruq lyossli va qumli cho`llarda ko`p uchraydi. Bu relyef shakli tekis bo`lmagan yuzada vujudga kelib, ba’zi joylarda yog`in suvlarining to`planib qolishi va shundan so`ng asta-sekinlik bilan suvda eruvchi mayda zarrachalarni olib ketaveradi, shu yerning cho`kishiga sharoit yaratadi. Tog` jinslari orasidan asta - sekin o`tib boradigan suv sust harakatlanishiga qaramay, ma’lum darajada va ancha sezilarli geologik ish bajaradi; yer osti suvlarining erituvchanlik xossasi orqali bo`ladigan ximiyaviy ishi ayniqsa sezilarlidir.
Download 67.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling