80
ta mukofotlari” va 6060 schyot “Qayta sug‘urta
qilishga berilgan
risklar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar”larning korrespondensiyasi
orqali amalga oshiriladi:
Debet 9040 – Kredit 6060
Nima uchun mazkur provodkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta-
lash shartnomalari singari pul mablag‘lari schyotlari bilan korres-
pondensiyalash mumkin emas?
Birinchidan, qonunchilikka muvofiq sug‘urta shartnomasi qay-
ta sug‘urtaga berilgan taqdirda ham sug‘urtalanuvchi
oldida su-
g‘urta qoplamasini to‘lash majburiyati to‘liqligicha sug‘urtalovchi-
ning zimmasida qoladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urtalangan
shaxsni
almashtirish, naf oluvchini almashtirish, sug‘urta riskining o‘zga-
rishiga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarishi, sug‘urtalangan mulk-
ka bo‘lgan huquqlarning boshqa shaxsga o‘tganligi holati va bosh-
qa shunga o‘xshash holatlarda sug‘urta
shartnomasini qayta ras-
miylashtirish to‘g‘risidagi ariza bilan aynan sug‘urtalovchiga mu-
rojaat etadi. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘-
risidagi da’voni va sug‘urta dalolatnomasini tuzuvchi shaxs hisob-
lanadi. Zarur bo‘lgan hollarda sug‘urtalovchi sug‘urta
hodisasi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni huquqni
muhofaza qiluvchi organlar,
banklar, tibbiyot tashkilotlari va boshqa
vakolatli tashkilotlardan
so‘rashi, yoki sug‘urta hodisasini izchil o‘rganish maqsadida max-
sus ekspertlarni jalb qilishi mumkin. Bundan tashqari, sug‘urtalov-
chi sug‘urta agentlarining xizmatini o‘zi to‘laydi va zarur hollarda
sug‘urtalanayotgan obyektning haqiqiy
holatini aniqlash uchun
o‘zining hisobidan ekspertlarni jalb qilishi mumkin. Mazkur xara-
jatlarni kompensatsiyalash maqsadida sug‘urtalovchi qayta sug‘ur-
talovchidan ma’lum miqdorda mukofot
yoki siylovlarni talab qi-
lishi mumkin. Odatda, mazkur siylovlar qayta sug‘urtalash
shart-
nomasida sug‘urta mukofotiga nisbatan foizlarda ko‘rsatilib, qayta
sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta mukofotlarini qayta sug‘ur-
taga o‘tkazishda ushlab qolinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: