81
Debet 6060 - 4051
Shundan qayta sug‘urtaga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
summa
qayta sug‘urtaga o‘tkaziladi:
Debet 6060 – Kredit 5110 (5210)
Ko‘rinib turibdiki, qayta sug‘urtaga o‘tkaziladigan sug‘urta mu-
kofotlari haqiqatdagi qayta sug‘urta mukofotlari summasidan kam-
roqni tashkil etadi. Bu esa qayta sug‘urtaga berilayotgan sug‘urta
mukofotlarini 6060 schyot “Qayta sug‘urta
qilishga berilgan risk-
lar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” asosida hisobga olishni taqo-
zo qiladi.
Ikkinchidan, qonunchilikda qayta sug‘urtalash shartnomalari-
ning sug‘urta mukofoti to‘lanishi bilan kuchga kirishi to‘g‘risida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot keltirilmagan.
Shuning uchun obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomalarini
amalga oshirish amaliyotida sug‘urta
mukofotlarini har bir risk
bo‘yicha emas, balki ma’lum muddat davomida qayta sug‘urtaga
berilgan risklarning jamiga nisbatan hisoblash tartibi qo‘llaniladi.
Albatta bu tartib qayta sug‘urtalash shartnomasida keltirilgan bo‘-
lishi shart.
8.3. Obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha
sug‘urta mukofotlarini hisobga olish
Obligatorli qayta sug‘urtalash
shartnomasi, unda ko‘rsatilgan
risklar qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan
belgilangan tartibda qayta
sug‘urtalovchiga o‘tkazish va ularning qayta sug‘urtalovchi tomo-
nidan qabul qilinishini nazarda tutadi. Shuning uchun sug‘urta
mukofoti olingandan so‘ng qayta sug‘urtaga berilishi lozim bo‘lgan
sug‘urta mukofoti summasiga quyidagi provodkani berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: