Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
sug‘urta mukofotini undiradi. Sug‘urta mukofoti sug‘urtalovchi
tomonidan sug‘urta hodisasining ehtimolligini hisobga olinib, sta- tistik ma’lumotlar, ehtimollik va katta sonlar qonuniyatlari asosi- da hisoblab chiqiladi. Sug‘urta mukofotlari sug‘urtalanayotgan obyektning summasi- ga nisbatan foizlarda hisoblab chiqilgan sug‘urta tariflari asosida aniqlanadi. Sug‘urta tariflarini hisoblash tartiblari, qoidalari va us- lublarining yig‘indisi aktuar hisob-kitoblar deb nomlanadi. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shart- lashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining yoxud shartnomada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs) ning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnoma- da shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini oladi. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi kimning foydasini ko‘zlab tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs sug‘urta pulini olish huquqiga ega bo‘ladi. Mulkiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sug‘urtalov- chi) shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘l- ganda boshqa tarafga (sug‘urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga (naf oluv- chiga) bu hodisa oqibatida sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan za- rarni yoxud sug‘urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada belgilangan summa (sug‘urta puli) doirasida to‘lash (sug‘urta tovoni to‘lash) majburiyatini oladi. 10 Sug‘urtalanuvchi yoki shartnomada ko‘rsatilgan boshqa shaxs- larning xatti-harakati yoki harakatsizligi oqibatida uchinchi shaxs- larga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini keltirib chiqaruv- chi xavflarni sug‘urtalash sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi o‘rta- sida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Qonunchilikka muvofiq sug‘urta shartnomasi sug‘urtalanuv- chining og‘zaki yoki yozma arizasiga asosan yozma ravishda tuziladi. Mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bi- lan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga eri- shilishi lozim: − sug‘urta obyekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to‘g‘risida; − yuz berishi ehtimol tutilib, sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi) ning xususiyati to‘g‘risida; − sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; − sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida, agar shartnomada uni sug‘urta pulidan oz miqdorda to‘lash mumkinli- gi nazarda tutilgan bo‘lsa; − sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (mud- datlari) to‘g‘risida; − shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. Shaxsiy sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga eri- shilishi lozim: − sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida; − sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib su- g‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi) ning xusu- siyati to‘g‘risida; − sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; − sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (mud- datlari) to‘g‘risida; − shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan so‘ng sug‘urtalanuvchi shart- nomada belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini to‘lab bo- rishga majbur hisoblanadi. Agar shartnomada boshqacha tartib na- 11 zarda tutilmagan taqdirda sug‘urta shartnomasi sug‘urta mukofoti yoki birinchi badal to‘langandan so‘ng kuchga kiradi. Sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti evaziga sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda sug‘urta qoplamasini to‘lash majburiyatini qabul qiladi. Qabul qilingan sug‘urta majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash uchun sug‘urtalovchilar ham so‘mda, ham chet el valutasida to‘langan sug‘urta mukofotlaridan sug‘urta zaxiralarini shakllantiradi hamda joylashtiradilar. Sug‘urta zaxiralarining mablag‘lari qat’iy maqsad- larda, ya’ni sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, uning natijasida yetgan zararni qoplash uchun sarflanadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling