Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Sug‘urta zaxirasi sug‘urtalanuvchi bo‘lgan ko‘p sonli korxo-
nalar, tadbirkorlar, yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lagan su-
g‘urta mukofotlari evaziga shakllantiriladi. Yuqorida ta’kidlanga-
nidek, sug‘urta mukofotlari sug‘urta hodisalarining yuz berish eh-
timoli inobatga olingan holda hisoblab chiqiladi. Demak, shakl-
lantirilgan sug‘urta zaxirasi sug‘urtalovchining o‘z zimmasidagi ja-
vobgarlikka muvofiq bo‘lishi zarur.
Masalan, Sug‘urta tashkiloti 100 ta 50000 so‘mlik uyni yon-
g‘indan sug‘urtalashi zarur. Bir yilda 100 ta uydan 2 tasida yong‘in 
yuz berishi ehtimoli bor. Demak, sug‘urta tashkilotining zaxirasi 
100000 so‘mdan (2*50000=100000) kam bo‘lishi mumkin emas. 
Barcha uy egalari uchun sug‘urta mukofotlari esa muvofiq ravish-
da 1000 so‘mni (100000/100=1000) tashkil etadi. Bu holatda 
shartli ravishda sug‘urta tashkilotining xarajatlari hisobga olinma-
gan. Sug‘urta tashkiloti o‘z xarajatlarini sug‘urta mukofotlarida 
hisobga oladigan bo‘lsa, uning summasi yana bir oz oshadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, sug‘urta tashkilotlari sug‘urta za-
xiralarini shakllantirish bilan birga ularni joylashtirishi, ya’ni inves-
titsiya qilishi mumkin. Ma’lumki, sug‘urta shartnomasi bir yil-
gacha bo‘lgan muddatga (umumiy sug‘urta tarmog‘ida) yoki bir 
necha yilga tuziladi (hayot sug‘urtasida) va shartnoma , odatda, 
sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng kuchga kiradi. Sug‘urta ho-
disasi sug‘urta mukofoti sug‘urta tashkilotiga kelib tushgandan ke-
yin ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng yuz berishi yoki umuman 
yuz bermasligi mumkin. Sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar su-
g‘urta mukofotlari sug‘urta tashkilotining ixtiyorida bo‘sh qoladi 


12 
va sug‘urta tashkiloti undan foyda olish maqsadida maxsus vako-
latli organ belgilab bergan tartibda ularni investitsiya qiladi hamda 
daromad ko‘radi. Investitsiya faoliyati ham sug‘urta tashkilotining 
faoliyat turlaridan biri bo‘lib, undan sug‘urta tashkiloti salmoqli 
daromadga ega bo‘ladi.
Ba’zi hollarda sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasiga olayotgan ja-
vobgarlikning hajmi ularning imkoniyatlaridan ortib ketishi mum-
kin. Bunday hollarda sug‘urta tashkilotlari o‘z mijozlarini ush-
lab qolish maqasadida javobgarlikni qabul qiladi va o‘z imko-
niyatidan ortiqcha javobgarlikni qayta sug‘urtalash orqali bosh-
qa sug‘urta tashkilotiga shartnoma asosida o‘tkazib yuborishi 
mumkin.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling