Mavzu: Sug'oriladigan sho’r tuproqlar va ularning turlari hamda xususiyatlari


Download 39.44 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi39.44 Kb.
#1626676
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Sug\'oriladigan sho’r tuproqlar va ularning turlari hamda xususiyatlari

I. ADABIYOTLAR TAHLILI
Ilmiy fan sifatida tuproqshunoslik fani Rossiyada X1X asrning oxirlarida rus olimlari V.V.Dokuchayev., P.A.Kostichev., N.M.Sibirsev., V.R.Vilyams g‘oyalari va asarlari tufayli shakllana boshladi va rivojlandi. V.V.Dokuchayev birinchi bo‘lib tuproqning paydo bo‘lish omillari va jarayonlari haqidagi ilmiy nazariyani yaratdi hamda tuproq tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berdi: "Tuproq deganda suv, havo hamda turli tirik va o‘lik organizmlar ta‘sirida tabiiy ravishda o‘zgargan tog‘ jinslarining (qaysi xil bo‘lishidan qat‘iy nazar) "yuza" yoki tashqi gorizontlariga aytiladi". Tuproq mustaqil tabiiy jism sifatida o‘zining kelib chiqishi (genezisi) bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi.
V.V.Dokuchayev ko‘rsatgandek, yer yuzasidagi barcha tuproqlar "mahalliy iqlim, o‘simlik va hayvonot organizmlari, ona tog‘ jinslarning tarkibi va tuzilishi, maydonning relyefi va nihoyat joyning yoshi kabilarning juda murakkab ta‘siri" natijasida paydo bo‘ladi. Hozirgi zamon tuproqshunos olimlarning tuproq haqidagi ta‘rifida V.V.Dokuchayevning ko‘rsatmalari o‘z ifodasini topgan: «Tog‘ jinslarining ustki gorizontlarida tirik va o‘lik organizmlar hamda tabiiy suvlar ta‘sirida turli xil iqlim va relyef sharoitlarida hosil bo‘lgan yer yuzasidagi tabiiy tarixiy organo-mineral jismga tuproq deyiladi».
Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hududda, ya‘ni bizning vatanimizda, yana ham aniqrog‘i, go‘zal diyorimizning ajralmas bir qismi, ilm-fan, madaniyat va ma‘naviyatning qadimiy beshiklaridan hisoblangan Xorazmda «Avesto» dek mo‘tabar kitob yaratilgan.
Bizningcha, deb yozadi T.Mirzayev va Z.Fofurovlar «Tabiatni e‘zozlash umumbashariy muammo» (Toshkent, 2001 yil, «Yangi asr avlodi » nashryoti ) nomli kitobida, Yer- Ona zamin, barcha diniy va dunyoviy ta‘limotlarda bo‘lganidek, «Avesto» da ham ulug‘langan. Mazkur kitobning Ona-zamin madh etilmagan bironta ham fargardi, bo‘limi yoki bandi yo‘q, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘rta asr (IX-X asr) Sharqning qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy asarlarida, Temur tuziqlari va boshqa manbalarda tuproqning hosil bo‘lishi, rivojlanishi, tarkibi ayrim xossalari va xususiyatlari, hatto ularning tasnifi to‘g‘risida ko‘plab ilg‘or fikrlar aytilgan.
Yaqin kunlargacha «Tuproqshunoslik» fanining asoschisi 19-asrning ikkinchi yarmida yashab o‘tgan tuproq haqidagi birinchi ilmiy ta‘rif V.V.Dokuchayev tomonidan berilgan deb uqtirilgan. Vaholanki, Abu Ali ibn Sino jahon olimlari orasida birinchilardan bo‘lib «Donishnoma» («Donishe-name», Dushanbe, 1976) asarida tuproqni ilmiy jihatdan juda teran va zukko ta‘riflagan: «Tuproq – butun tirik mavjudotning hayot-mamot negizidir». Ushbu fikrlardan ma‘lumki, Abu Ali ibn Sino tuproqni litosferaning boshqa qatlamlaridan ajratgan. Ibn Sino «Donishnoma»da mineral substansiyalar (butun borliqning birlamchi asosi) qavatiga ilmiy tushuncha beradi. Bundan tashqari Ibn Sinoning ishlarida tuproq gurunt qatlamida tuproq-suvining harakatlanishi haqidagi termodinamik qonunining elementlari mavjud.
Tuproq va undagi jarayonlarni bilishda Maxmud Qoshg‘ariy katta xissa qo‘shgan. U Abu Rayhon Beruniydan taxminin 40-50 yil keyin yashagan va o‘z tadqiqotlarini o‘tkazgan va Beruniyning ishlaridan xabardor bo‘lgan. Shuning uchun uni Beruniyning shogirdi deb hisoblash mumkin.
Maxmud Qoshg‘ariy o‘zining 1074-1077 yillarda yozilgan «Devon» to‘plamida ekspedisiyasi davridagi kuzatishlari asosida turli tuproqlarga tavsif beradi. Ushbu to‘plamda qora tuproq, o‘simliklarsiz, sho‘rlangan yerlarni –chalang yer; unumdor, yaxshi yerlarni –sag‘izli yer; toza tuproq, sog‘lom tuproqni-sag‘izli tuproq; o‘simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlarni –toza yer; yumshoq yerli tuproqni, tekis yerni, qumli yerni –qayir yer; yuzasi notekis yer, botqoqlangan yerlarni –qazg‘on yer deb tavsif beradi.
Buyuk Amir Temur dehqonchilikning rivojlanishiga katta ahamiyat beradi. O‘zining «Temur tuzuklari» to‘plamining bir qismini qishloq xo‘jaligini boshqarishga bag‘ishlagan. Jumladan u kim yerni o‘zlashtirsa, ikkinchi yilda soliq olishni, ya‘ni birinchi yili undan soliq olinmasin, ikkinchi yili o‘zining xoxishiga qarab soliq to‘lasin, uchinchi yili esa umumiy qoidaga asosan soliq to‘lasin deb yozadi.
Shuningdek Temuriylar davrida dehqonchilikka oid to‘plamlar yozilgan.Chunonchi «Irshad azziratfi ilm al xarasa» (joylardagi dehqonchilik ekinlari uchun ilmiy ko‘llanma) nomli asarning yozilishi Temuriylar davrida boshlangan va doimiy urushlar tufayli Shayboniylar davrida (1599) tugallangan. Ushbu to‘plamda to‘qqiz tipdagi tuproqlar haqida ma‘lumot keltirilgan. Bunda tuproqlar tarkibidagi qum miqdoriga ko‘ra ikki turga, ya‘ni ustki qatlamida qumni ko‘p saqlaydigan va ustki qatlamida qumni kam saqlaydigan turlarga ajratilgan va shunga ko‘ra tuproqqa ishlov berish, sug‘orish usullari vahosil miqdori ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonning qadimgi tarixini o‘rganishda «Avesto» kitobi katta ahamiyatga ega. Unda tuproq, dehqonchilik va chorvachilik haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan.
O‘rta Osiyo respublikalari tuproqlarini har tomonlama o‘rganishda ayniqsa N.A. Dimo (1873-1959) ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. O‘rta Osiyo respublikalarining dastlabki turli masshtabli tuproq kartalari N.A. Dimo rahbarligida tuzilgan. Bu kartalar 1929 yilda Vashingtonda bo‘lib otgan Birinchi Halqaro tuproqshunoslar kongressida namaoyish etilgan. Uning studentlik davrida bajargan ilmiy tadqiqotlari materiallaridan N.M. Sibirsev o‘zining «Tuproqshunoslik» darsligida foydalangan edi.
N.A. Dimoning ilmiy ishlari sobiq ittifoqning Yevropa qismi, O‘rta Osiyo, Zakavkaz‘e va Moldova tuproqlari geografiyasi, tuproq sho‘rlanishi, biologiyasi, fizikasi va meliorasiyasiga bag‘ishlangan.
N.A. Dimo 1908 yildan O‘rta Osiyo. Ayniqsa Sirdaryo va Amudaryo havzalari rayonlarining tuproqlarini batafsil o‘rganishga kirishdi. 1909-1910 yillarda Mirzacho‘lning sho‘rlangan tuproqlarini tekshirib, bu rayonning tuproq kartasini tuzib chiqqan. N.A. Dimo tuproqlar zoologiyasining ham asoschisi hisoblanadi. Olim ko‘plab tuproq-zoologik tadqiqotlarida tuproqdagi ko‘p sonli
hayvonot olami jumladan, yomg‘ir chuvalchanglari, chumolilar, mayday umurtqali jonivorlarning tuproq paydo bo‘lishidagi roliga katta e‘tibor berdi.
Keyinchalik O‘rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, N.A.Rozanov, E.V.Lobova, N.A.Kachinskiy,V.V.Egorov va boshqalarning tuproq giografiyasi, fizikasi va meliorasiyasi borasidagi ishlaei bilan bir qatorda, ayniqsa paxtachilik rayonlarining tuproqlarini o‘rganishda M.A. Orlov, I.N. Antipov-Karatayev, S.N. Rijov, A.M. Pankov, N.V. Kimberg, M.U. Umarov, M.B. Bahodirov, A.A. Sadriddinov va boshqalarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyoda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini yanada oshirish borasida ancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Tuproq sharoitlariga ko‘ra turli agrotexnika usullaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ishiga e‘tibor kuchaytirilmoqda. Markaziy Osiyo respublikalaridagi Tuproqshunos va agrokimyo ilmiy – tadqiqot oliygohlari, Toshkent Davlat dorilfinuni Tuproqshunoslik fakulteti va qator agrar oliygohlari tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi va regional tuproqshunoslikning rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Olib borilgan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida O‘rta Osiyo tuproqlariga doir ko‘plab yirik fundamental asarlar yaratildi.
Keyinchalik O‘rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, N.A.Rozanov va boshqalarning tuproq geografiyasi, fizikasi, borasidagi ishlari paxtachilik rayonlarini o‘rganishda M.A.Orlov, I.N.Antipov-Karatayev, S.M.Rijov, M.A.Pankov, N.V.Kimberg, M.U.Umarov. M.B.Baxodirov, A.M.Rasulov, O.K.Komilov va boshqalarning xizmatlari katta.
O.A.Grabovskaya va P.A.Kerzumlar shu narsani aniqlashganki sizot suvlarining shoʻrlanish darajasi ortishi bilan uning kritik chuqurligi ham ortib borar ekan. Agar sizot suvlarning shoʻrlanish darajasi kamaysa, uning kritik chuqurligi ham kamaysa tuproqlar shoʻrlanishdan holi hisoblanadi.
Tuproq sistematikasi haqidagi ta‘limotga V.V.Dokuchayev, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, L.I.Prasolov, Ye.N.Ivanova, A.N.Rozov, V.M.Fridland, I.P.Gerasimov, M.A.Orlov, M.A.Pankov, I.L.Muxanova, S.P.Suchkov, B.Xalnepesov, V.Abdulxanov, S.A. Shuvalov, A.M.Rasulov, T.M.Konobiyeva, M.Mahmudov, V.G.Popov, K.Xasanov, A.Mahmudov, A.A. Tursunov, M.U.Karimova, R.Kuziyev va boshqalar katta hissa qo‘shgan.

Download 39.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling