Mavzu: Sug'oriladigan sho’r tuproqlar va ularning turlari hamda xususiyatlari


Download 39.44 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi39.44 Kb.
#1626676
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Sug\'oriladigan sho’r tuproqlar va ularning turlari hamda xususiyatlari

Sho’rlanish – bu minerallashgan sizot va sug’orish suvlarining bug’lanishi natijasida tuproqdagi ildiz qatlamida tuzlarning yig’ilishi, buning natijasida o’simliklarning tuproqdan yetarlicha namlikni olishi imkoni bo’lmasligi natijasida hosildorlikni kamayishiga yetaklovchi va o‘simliklar zararlanishiga olib keluvchi holatdir. Agar tegishlicha chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, holat yomonlashadi, og’ir holatlarda yerni tashlab ketishga to’g’ri keladi. Shoʻrlangan tuproqlar - tarkibida suvda oson eriydigan zararli tuzlar 0,1% yoki suvli soʻrimdagi quruq qoldiq miqdori 0,25% (0,3%)dan koʻp boʻlgan tuproklar. Shoʻrlangan tuproqlar, asosan, quruq iqlimli mamlakatlar (Pokiston, Hindiston, Xitoy, AQSH, Oʻrta Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va boshqalar)da kattakatta maydonlarda, shuningdek, shoʻrlanmagan tuproqlar orasida esa, kichikroq massivlarda dogʻ qoʻrinishida tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Janubiy Qozogʻistondagi sugʻoriladigan maydonlarning yarmidan ortigʻi, oʻzlashtiriladigan yerlarning 75— 80%ga yaqini turli darajada shoʻrlangan. Tuproqning shoʻrlanganlik darajasi zararli tuzlarning umumiy miqdoriga koʻra (gips, miqsori olib tashlangan holda) belgilanadi. Shu belgiga asosan, Shoʻrlangan tuproqlar kuchsiz (zararli tuzlar miqdori 0,1—0,2%), oʻrtacha (0,2—0,4%), kuchli (0,4—0,8%), juda kuchli shoʻrlangan (shoʻrxoklar; 0,8% dan koʻp) xillarga boʻlinadi. Tabiiy Shoʻrlangan tuproqlar kimyoviy tarkibi (shoʻrlanish tipi)ga koʻra xloridli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfatsodali, xloridsodali, sodali, sulfat yoki xloridgidrokarbonatli (ishqoriy yer elementlari) shoʻrlangan yerlarga boʻlinadi.
Tuproq shoʻrlanishining salbiy oqibatlari oldini olish uchun sugʻorish rejimini toʻgʻri taʼminlash, kuchli shoʻrlangan tuproqlarni katta normalarda yuvish, shoʻrlanish jarayoni yoʻnalishini tubdan oʻzgartirish uchun drenajlar yordamida grunt suvlarning sunʼiy oqimini vujudga keltirish zar}f (yana qarang Shoʻr yerlar melioratsiyasi).
O‘zbekistonda sug‘oriladigan sho’rlangan tuproqlar turli gorizontal-kenglik zonalarida uchraydi: janubiy (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari), markaziy (Farg‘ona vodiysining ko’p tumanlari, Mirzacho’l, Samarqand viloyatining ayrim tumanlari) va shimoliy (Xorazm, Qoraqalpog’iston respublikasi). Bu yerlarni sho’rxokli va sho’rxoksimon tuproqlar tashkil etadi. Bulardan tashqari tuproq singdirish kompleksida singdirilgan natriy yoki magniyning miqdorlari yuqori bo’lgan, agrofizikaviy xossalari o’ta yomon sho’rtobsimon tuproqlar ham uchraydi (Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi).
“Sho’rlanish” – bu minerallashgan sizot va sug’orish suvlarining bug’lanishi natijasida tuproqdagi ildiz qatlamida tuzlarning yig’ilishi, buning natijasida o’simliklarning tuproqdan yetarlicha namlikni olishi imkoni bo’lmasligi natijasida hosildorlikni kamayishiga yetaklovchi va o‘simliklar zararlanishiga olib keluvchi holatdir. Agar tegishlicha chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, holat yomonlashadi, og’ir holatlarda yerni tashlab ketishga to’g’ri keladi.
Shunday ekan, sho’rlanishga qarshi va uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tiklanadigan qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun muhim hisoblanadi. Sho’rlanishni ikki turga bo’lish mumkin: birlamchi va ikkilamchi.
Birlamchi sho’rlanish tabiiy sabablarga ko’ra yuzaga keladi, ya’ni sho’rlangan ko’llar, sho’rlangan zich qatlam, sho’rxok yer va nam sho’rxok yer kabi. Ikkilamchi sho’rlanish insonning faoliyati natijasida, odatda yerlarni noto’g’ri o’zlashtirish ularga ishlov berish natijasida yuzaga keladi.
Sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlarning hosildorligi tuproq hosil qiluvchi jinslarning xarakteriga, tuproq tiplariga, sug’orish davrlariga, sho’rlanganlik darajalariga hamda ularda o’tkazilayotgan agrotexnik va meliorativ tadbirlarning majmuasiga bog’liq.
O’zining kelib chiqishiga ko’ra sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlar turli tiplariga, jumladan och tusli bo’z, o’tloqi-bo’z, bo’z-o’tloqi, o’tloqi, botqoq-o’tloqi, taqirli, taqir-o’tloqi va boshqalarga xosdir. Bu tuproqlarning mexanik tarkiblari har xil bo’lib, og’ir qumoqli tuproqlar asosiy o’rinni egallaydi.
Sho’rlangan sug’oriladigan tuproqlardagi suvda oson eruvchi tuzlar asosan uch kation (Na+, Ca++, Mg++) va to’rt anion (Sl-, SO4, HCO3, CO3) ning kimyoviy birikishi natijasida hosil bo’lgan 12 xil tuzdan iborat. Sho’r tuproqlar tarkibidagi tuzlar asosan HCO3, CO3, Cl, SO4 anionlardan va Ca, Mg, Na, K kationlardan tashkil topadi. Ular bir-biri bilan birikib quyidagi tuzlarni hosil qiladi
Tuproq tarkibida bu tuzlarning umumiy miqdori 0,3% (tuproqning quruq ogʻirligiga nisbatan %)dan koʻp boʻlsa shoʻrlangan tuproqlar va aksincha 0,3 %dan kam boʻlsa shoʻrlanmagan tuproqlar deyiladi. Shoʻrlangan tuproqlar ikkita katta guruhga boʻlinadi: shoʻrxoksimon va shoʻrxok, shoʻrtob va shoʻrtobli. Yer usti 0-30 sm tuproq qatlamida 0,6-2,0 % gacha tuzlari boʻlgan tuproqlar shoʻrxokli tuproqlar; 2 % va undan ortiq boʻlsa shoʻrxok tuproqlar deyiladi. Tuproqning ostki 30-100 sm qatlamida 0,3-0,6 % tuz mavjud boʻlgan tuproqlar shoʻrxoksimon tuproqlar deyiladi. Shoʻrhoksimon va shoʻrxok tuproqlar yer sharining qurgʻoqchil mintaqalarida keng tarqalgan. Shoʻrlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, shoʻrlanish darajasi va shoʻrlanish tiplari boʻyicha tasniflarga boʻlinadi. Shoʻrhok tuproqlar kimyoviy tarkibi va morfologik belgilariga koʻra quyidagilarga boʻlinadi: hoʻl shoʻrxoklar. Shoʻrlangan tuproqlar tuzli qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga boʻlinadi; Shoʻrlanmagan-tuzli qatlam 150-200 sm chuqurlikda boʻlib, tuz miqdori 0,3 % dan oshmaydi. Kuchsiz shoʻrxoksimon – tuzli qatlam 80-120 sm chuqurlikda boʻlib, tuzlar 0,3-0,6 %boʻladi. Shoʻrhoksimon – tuzli qatlam 30-80 sm da boʻlib, tuz miqdori 0,6-1,0% boʻladi. Shoʻrhokli — tuzli qatlam 0-30 sm da boʻlib, tarkibida tuz miqdori 0,6-2,0 % boʻladi. Shoʻrhok — tuzli qatlam yer yuzasidan boshlanib, tarkibida 2 % va undan ortiq miqdorda tuzlar mavjud boʻladi. Yerlarni melioratsiya qilishda shoʻr tuproqlarni shoʻrlanish darajalari va shoʻrlanish tiplarini oʻrganish muhim amaliy ahamiyatga ega. Shoʻrlangan tuproqlar tarkibidagi tuzlarni anion va kationlarining oʻzaro nisbatlari boʻyicha shoʻrlanish tiplariga boʻlinadi. Shoʻrhok va shoʻrxoksimon tuproqlar tarkibida koʻproq natriy xlor va natriy sulfat tuzlari boʻladi. Bunda tuproq singdiruvchi kompleksi (TSK) tarkibida juda oz miqdorda natriy boʻladi. Shoʻrtob va shoʻrtobli tuproqlar deb tuproq singdiruvchi kompleksida koʻp miqdorda natriy boʻlgan tuproqlarga aytiladi. Tuproqdagi singigan barcha kationlar yigʻindisiga (kaltsiy, magniy, natriy, kaliy, vodorod, ammiak) singdirish sigʻimi deyiladi va 100 g tuproqdagi milliekvivalentlarda ifodalanadi. Oʻzbekiston sharoitida shoʻrtob va shoʻrtobli tuproqlar juda kam uchraydi. Lekin ular kuchli minerallashgan sizot suvlari mavjud yerlarda uchrab turadi. I.P.Antipov-Karataev ushbu tuproqlarni quyidagi tasnifga boʻlgan: 1) shoʻrtobsiz — 5 % dan kam (tuproqdagi singigan natriyning singigan kationlar milligramm-ekvivalent yigʻindisiga nisbatan % hisobidagi miqdori), 2) oz shoʻrtobli — 5-10 %, 3) shoʻrtob -20 % dan ortiq.Shoʻrtobli tuproqlarning tarkibida 5-20 % singdirish sigʻimiga nisbatan natriy boʻlganda ularning fizik-kimyoviy xossalari yomonlashadi. Shoʻrtob tuproqlarning fizik-kimyoviy xossalari mutlaq yomon boʻlib, bunda hech qanday ekin oʻsmaydi. Oʻzbekistonning koʻp tuman va viloyatlarida tuproqdagi sulfatlar miqdori koʻp holatlarda xloridlardan ancha yuqori, tabiiyki shoʻrlanish xlorid-sulfatli yoki sulfatli. Buxoro viloyatining tumanlarida va Fargʻona vodiysida tuzlar tarkibini asosan sulfatlar tashkil etib, xloridlar juda kam miqdorda uchraydi, shu bois bu yerlarda tuproq shoʻrlanish tipi sulfatli. Boshqa ayrim tumanlarda sulfat-xloridli va kam holatlarda xloridli shoʻrlanish tiplari uchrab turadi. Sugʻoriladigan tuproqlarning ayrim qismlarida gidrokarbonatli chuchuk gruntsuvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlarda shoʻrlanishning oʻziga xos magniy karbonatli turi aniqlangan boʻlib, ular Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyatlarining qator tumanlaridagi oʻtloqi-botqoq tuproqlarida uchrab, koʻpgina maydonlarni ishgʻol qiladi. Suvda eruvchi tuzlarning yuqori harakatchanligi bois sugʻoriladigan shoʻrlangan tuproqlar maydonlari doim oʻzgaruvchan. Tabiiy va xoʻjalik omillari sharoitlariga bogʻliq ravishda ular nisbatan qisqa vaqt ichida ortishi yoki kamayishi va bir vaqtning oʻzida shoʻrlanganlik darajalari kuchayib yoki pasayishi mumkin.
Sugʻoriladigan tuproqlar shoʻrlanganlik darajasiga qarab 4 ta asosiy gruppaga -shoʻrlanmagan, oz shoʻrlangan, oʻrtacha shoʻrlangan, kuchli shoʻrlangan va shoʻrxoklarga boʻlinadi. Shoʻrlanish darajasi asosan tuproqning shoʻrlanish ximizmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Xlorid-sulfatli shoʻrlanishdagi tuproqlar uchun tuzlar miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan miqdorda boʻlishi kuzatilgan.
Sugʻoriladigan shoʻrlangan tuproqlarni melioratsiyalashga qaratilgan meliorativ tadbirlarni aniqlashda albatta u yoki bu tuproqlarning oʻziga xos xossalari-shoʻrlanganlik xarakteri, darajasi va tuzlarning tarkibi hisobga olinishi kerak. Qitʼa ichkarisida yer osti suvi oqimsiz katta hududni egallagan Oʻrta Osiyoda suvda eruvchi tuzlarning asosiy birinchi manbalari quyidagilardan iborat. 1. Togʻ jinslari va minerallarning nurash jarayonlari va bu tuzli birikmalarni yer usti va ostki suvlari yordamida grunt suvlariga pastda joylashgan tuproq gruntlarga yotqizilishi. 2. Qadimiy dengiz yotqiziqlari tuzli choʻkindi jinslardan tuzlarning koʻchish, migratsiya jarayonlari. Tuzli choʻkindi togʻ jinslardan tuproq shoʻrlanishi sugʻorishning rivojlanishi va shoʻrlanishga olib keluvchi yer osti grunt suvlarining yer yuzasiga joylashishidan paydo boʻladi. Bu suvlarning bugʻlanishidan tuproqning yuqorigi qatlami doimiy shoʻrlanib boradi. Issiq va quruq iqlim tuzlarning yer yuzasiga yaqin joylashgan va minerallashgan grunt suvlaridan kapillyarlar orqali koʻtarilishi keng tarqalgan. Har qaysi geomorfologik hududning eng baland qismi suv taqsimlagich zonasidan pastki daryo oʻzanlarigacha boʻlgan maydonlardagi tuproqlarning meliorativ holati turlicha koʻrinishga ega. Ular asosan joyning tabiiy sharoitlariga keng doirada bogʻliq:iqlim, yerning joylashish holati va uning nishabligi, litologik tuzilishi, tuproq-gruntlarning suv-fizik xossalari va ayniqsa gidrogeologik sharoitlari, yaʼni sizot suvlarining chuqurligi, harakati va boshqalar.
Yuqorida aytilgan sharoitlardan kelib chiqib sugʻoriladigan hududlar bir nechta gidrogeologik zonalarga boʻlinadi: ustki va grunt suvlarining pastkiqatlamlarigacha singib ketish zonasi; grunt suvlarining yer yuzasiga sizib chiqish (buloqlar koʻrinishida) zonasi va tarqalib ketish va qayir zonalari. Birinchi zona — katta nishablik va yillik atmosfera yogʻin-sochinlari koʻp boʻladigan (500-600 mm) togʻ oldi baland yerlaridan iborat. Bu yerlarda suvni oʻzidan yaxshi oʻtkazuvchi, mayda tosh, shagʻal, qum qatlamlari yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) joylashgan. Grunt suvlari chuchuk boʻlib, yer yuzasidan 10-30 m va undan kam past chuqurlikka joylashib, oʻzining nihoyatda yuqori tezligi (sutkasiga yuz metr atrofida) bilan farqlanadi. Tuproq qatlamlari va grunt suvlarida nishablikning kattaligi tuproq-gruntlarning suv oʻtkazuvchanligining yuqori boʻlishi va grunt suvlarining oqimining yuqori darajada taʼminlanganligi sababli bu yerlarda shoʻrlanish sodir boʻlmaydi, barcha pastki gidrogeologik zonaga oqizib yuvilib ketiladi, shu bois birinchi zona yerlari meliorativ qulay yerlar hisoblanib, shoʻrlanishga va botqoqlanishga moyil emas.
Ikkinchi gidrogeologik zona (yer osti suvlarining yer ustiga sizib chiqish zonasi) quyi, pastki chegaralaridan boshlanib, pastki uchinchi zona oraliqlaridagi nishabi nisbatan kamroq maydonlarni egallaydi. Tuproqning ustki mayda zarrachali qatlami, qalin soz va ogʻir qumoqli mexanik tartibga ega. Grunt suvlari oʻz yoʻnalishida ogʻir tarkibli qatlamlarga duch kelib va qarshiligiga uchrab siqilish sharoitida joylashadi. Bu suvlar yer yuzasiga yaqin (0,5-2,0 m) koʻtarilishi yoki sizib chiqish mumkin va oʻzining oqimini sekinligiga qaramasdan (sutkasiga 10 lab metrlar) grunt suvlarining oqimi mavjud va chuchuklik darajasini saqlab qolgan (tuzlar miqdori 0,2-0,4 g.l.) va tuproqlar deyarli shoʻrlanmaydi, botqoqlanish jarayoni yuz berishi mumkin. Zonaning quyi qismlarida, grunt suvlari harakatining susayishi va mineralizatsiyasining ortishi (1,5-2,0 g.l. va undan ortiq) tufayli tuproqlarda shoʻrlanish jarayonini kuzatish mumkin. Meliorativ tadbirlarning kam ishlatilishi yoki uni butunlay yoʻqligi oqibatida sugʻoriladigan tuproqlar shoʻrlanishi asosan uchinchi zonada grunt suvlarining bugʻlanish zonasida sodir boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda ana shu mintaqaga mansub maydonlar yer yuzasi nishabi kichik boʻlgan 0,0001-0,001 katta tekisliklar kengliklaridan tashkil topgan. Bu yerlarning iqlim quruq va jazirama, yillik bugʻlanish (600-1200 mm) atmosfera yogʻinlaridan (100-300 mm) bir necha barobar yuqori. Tuproq-gruntlar deyarli ogʻir mexanik tarkibli boʻlib, suv koʻtarish qobiliyati nisbatan baland. Qum-shagʻal yotqiziqlari chuqur joylashgan (10-30 mm va koʻp). Grunt suvlari shoʻrlangan (minerallashgan) va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ularning yer osti tabiiy oqimi juda sekin (kam) ifodalangan yoki butunlay oqimsiz.
Tabiiy sharoitning mana bunday majmuyidan kelib chiqib, shoʻrlangan grunt suvlari katta miqdorda bugʻlanishga sarflanadi. Bunday holatda suvlar doimiy bugʻlanib turadi, tuzlar esa asta-sekin toʻplanib tuproqni shoʻrlantiradi.
Havo quruq va uning harakati qancha yuqori, tuproqning suv koʻtarish qobiliyati kuchli (yuqori) grunt suvlarining joylanishi yer yuzasiga qancha yaqin va uning mineralizatsiyasi yuqori boʻlsa, tuproq shoʻrlanishi jarayoni shunchalik kuchli (jadal) kechadi. Oʻzbekistonda shoʻrlangan va shoʻrlanishga moyil yerlar Fargʻona vodiysida, Mirzachoʻlda, Buxoro viloyatida, Amudaryo quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Toʻrtinchi zona (qayir) yerlarining meliorativ holati turlicha boʻlishi mumkin. Grunt suvlari chuchuk boʻlgan hududlarda (Chirchiq, Angren, Zarafshon, Norin, Qoradaryo boʻylarida) qayir yerlar shoʻrlanmagan, biroq ayrim joylar botqoqlashgan. Grunt suvlari minerallashgan (yer yuzasiga nisbatan yaqin joylashgan-1,5-2,5 mgacha va oqimi sust, masalan, Sirdaryoning chap sohili) maydonlarda qayir yerlar shoʻrlangan va meliorativ tadbirlar oʻtkazishni taqozo etadi.
Tuzlarning oʻsimliklarga koʻrsatadigan taʼsiri koʻpgina tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan. Tadqiqotlar natijalari tuzlarning oʻsimliklarga koʻrsatadigan salbiy taʼsiri sulfat-xloridli tipdagi shoʻrlangan tuproqlarda xlorid-sulfatli shoʻrlanishga qaraganda birmuncha koʻproq ekanligini koʻrsatadi. Xloridli shoʻrlanishda esa sulfatli shoʻrlanishga nisbatan juda yuqoriligi isbotlangan. Tuzlarning oʻsimliklarga koʻrsatadigan taʼsiri xilma-xil. U oʻsimliklardagi qator biokimyoviy va fiziologik funksiyalarning, ularning suv va oziqlanish rejimlari, ildiz sistemalari holatini buzilishiga olib keladi. Tuzlar taʼsirida fotosintez jarayonlari jadalligi oʻsimliklarning nafas olishi pasayadi, modda almashinishi susayadi, organik moddalarning toʻplanishi kamayadi,transpiratsiya orqali suvlarning sarflanishi pasayadi.
Ekinlar tuz taʼsiriga chidamliligi boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi: a) Chidamsiz (mosh,loviya, noʻxat, bodring, kartoshka); b) Oʻrtacha chidamli (gʻoʻza, tariq, bugʻdoy, arpa, qovun); v) Chidamli (lavlagi, joʻxori, kungaboqar, pomidor, tarvuz, piyoz, karam, qovoq, mevalilardan nok va oʻrik). Tuzlarning oʻsimliklarga zararli taʼsiri urugʻ chigit unib chiqish fazasidan koʻrina boshlaydi. Tuproq shoʻrlanganlik yuqori darajada boʻlganda urugʻlarni unib chiqishi ancha davrga kechikadi. Urugʻ yaxshi oʻsishi zarur boʻlgan namlikni oʻzlashtira olmaydi. Shu bois urugʻlarning unib chiqish energiyasi kamayadi yoki urugʻ butunlay unib oʻsmaydi. Natijada ekinlarning yakka-dukka oʻsib chiqishi kuzatiladi, oʻsimliklarning gektar hisobidagi soni (qalinligi) kamayadi, tuproq yuzasida shoʻr dogʻlar paydo boʻladi, oʻsimliklarning halok boʻlishi kuzatiladi. Tuproq shoʻrlanishi qishloq xoʻjalik ekinlarining ildizlariga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tuz zaxiralarining katta miqdori ildizlarning pastki qatlamlarga oʻtishini kechiktiradi. Tuzlardan oʻsimlik ildizlariga eng zararli taʼsir etuvchi normal soda (Na2CO3) hisoblanadi. U ildizlarni kesib, ularni qoraytirib, halok boʻladi. Shoʻrlangan tuproqlar oʻsimliklarga ayniqsa vegetatsiya davrida katta taʼsir koʻrsatadi. Shoʻrlanmagan tuproqlarda oʻsimliklar tarkibida uglevodlarning umumiy miqdori va azotli moddalar ancha ortadi,shunga qaramasdan kraxmal kamayadi. Bu esa ildizdan oziqlanishning buzilishi oqibatidir.
Shoʻrlangan tuproqlarda oʻsimliklar tomonidan suvni oʻzlashtirishi sekinlashadi va transpiratsiyaga sarf qiladigan suvning miqdori kamayadi. Tuproqdan oʻsimliklarga suv ozuqa moddalari bilan ularning ildiz va barglarining soʻrish kuchi taʼsiri ostida soʻriladi. Soʻrish kuchi oʻsimliklarning hujayra shirasi soʻrish bosimi tufayli sodir boʻlib, u oʻsimliklarda bir xil emas. Masalan, bir qator sabzavot va poliz ekinlari uchun, jumladan bodringlarda soʻrish kuchi bor-yoʻgʻi 2-5 atm., shoʻrlanmagan tuproqlardagi gʻoʻzada 10-15 atm., shoʻrlangan tuproqlardagi 15-25 atm. Tuproqlarda yana suv ushlab turuvchi kuchlar mavjud boʻlib, bu kuchlar katta oraliqda oʻzgarib turadi. U tuproqda qancha tuz koʻp boʻlib, nam kam boʻlsa, shuncha katta boʻladi. Shoʻrlanmagan tuproqlarda namlik 9,4% boʻlsa, bu kuch 20 atm. ni va kuchsiz shoʻrlangan tuproqlarda 35 atm. ni va kuchli shoʻrlangan tuproqlarda 143 atm. ni tashkil etadi (jadval №18). Tuproqning suv ushlab turuvchi kuchi va oʻsimliklarning soʻrish kuchi koʻrsatkichlari nisbati oʻsimliklarni suv bilan taʼminlanishini aniqlaydi. Agar tuzli eritma konsentratsiyasi va tuproq eritmasining soʻrish bosimi yuqori boʻlsa,oʻsimliklar suvni oʻzlashtira olmaydi yoki juda oz miqdorda oʻzlashtiradi. Bunday hollarda tuproqda namlikning boʻlishiga qaramay tuproqda oʻsimliklarni nobud boʻlishiga (nimjon oʻsishiga), ularning oʻsish va rivojlanishini susaytiruvchi “fiziologik quruqlik” sodir boʻladi.
Shoʻrlangan tuproqlarda mineral oziqlanishning buzilishi sodir boʻladi Bu holat oʻsimliklarning qator muhim ozuqa elementlarining yetarli darajada oʻzlashtirolmasliklari (kaltsiy, fosfor, marganes, temir) va aksincha zararli elementlarning (xlor, natriy, magniy) koʻplab oʻzlashtirilishi bilan ifodalanadi. Kuchli shoʻrlangan tuproqlardagi oʻsimliklarda xlor miqdori meʼyoridan 3-4 marta, natriy 5-10 marta ortib ketishi mumkin. Oʻsimliklarda tuzlarning katta miqdorda toʻplanishi, ularni tuzlar bilan zaharlanishiga olib keladi. Tuproqdagi tuzlarning yuqori konsentratsiyasidan oʻsimliklarning zaharlanishi asta-sekin ortib boradi, barglarning soʻlishi va nihoyat qurishi boshlanadi. Koʻp holatlarda barglarning buralib qolish holatlari kuzatiladi. Kuchli zaharlanish natijasida oʻsimliklar barglari sargʻayadi, ularda tuzli dogʻlar paydo boʻladi. Bunday barglar keyinchalik toʻkilib ketadi.
Tuzlar taʼsirida tez, bir necha soat davomida yosh nihollarning kuchli jabrlanishi va halok boʻlishi hollari uchraydi. Bunda yosh, yaxshi rivojlangan niholning katta normalardagi birinchi sugʻorishdan yoki kuchli yoqqan yomgʻirdan soʻng nobud boʻlish hollari uchraydi. Bunday hollarda oʻsimliklarning nobud boʻlishi sabablari tuproqlarda ishqoriylikning vaqtincha ortib ketishi hisoblanadi. Ishqoriylikning birdan ortib ketishi tuzlari yaxshi yuvilmagan tuproqlarda namlikning keskin koʻpayishi natijasida natriy sulfat va kaltsiy karbonat tuzlarining oʻzaro almashinish reaksiyasidan sodir boʻlishi mumkin. Bunda tuproq eritmasida soda, natriy ishqori va gidrooksil ionlari hosil boʻlib, oʻsimliklarga oʻta zaharli, halok qiluvchi taʼsir koʻrsatadi. Ayrim hollarda oʻsimliklarning jabrlanishi (zaharlanishi) tuzlarning bevosita emas, balki bilvosita taʼsiri ostida tuproqni fizikaviy xossalarining yomonlashuviga va tuproq eritmasidagi ishqoriylikning ortib ketishiga sabab boʻluvchi tuproqning singdirish kompleksidagi singdirilgan natriydan hosil boʻlgan soda hisobiga sodir boʻlishi mumkin. Tuzlarni oʻsimliklarning biokimyoviy va fiziologik jarayonlariga, hamda tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga koʻrsatadigan zararli taʼsiri, oxir oqibatda oʻsimliklarning yomon oʻsishi, ularning rivojlanish fazalarining kechikishi, unumdorlikning pasayishi va qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligining kamayishini belgilaydi.
Maʼlumki, kuchsiz shoʻrlangan tuproqlarda paxta hosildorligi shoʻrlanmagan tuproqlarga qaraganda 10-15, oʻrtacha shoʻrlangan tuproqlarda 30-35, kuchli shoʻrlangan tuproqlarda 60-65% ga va undan ortiq kamayadi. Tuproqda tuzlarning, shu jumladan xlor ionining koʻp miqdorda boʻlishidan, oʻsimliklarning koʻp qismi nobud boʻladi, qolgan qismlarining hosildorligi keskin kamayadi. Shoʻrlangan tuproqlar hosildorlikning nafaqat miqdoriga, balki sifatiga ham taʼsir koʻrsatadi. Tuproq shoʻrlanganligi darajasining ortib borishi bilan oʻsimliklar sifati yomonlashib boradi. Jumladan, paxtaning tola uzunligi kamayadi, bir tekislik darajasi yomonlashadi va tolaning mustahkamligi (qattiqligi) pasayadi. Shoʻrlangan tuproqlar kartoshka mevasi sifatini ham yomonlashtiradi. Shu bilan bir qatorda, ayrim oʻsimliklarda tuproq shoʻrlanishining kamroq miqdori mahsulotlar sifatini yaxshilaydi. Masalan, qovunlarda qand moddasi, gʻallaekinlarida oqsil moddasi ortadi, qand lavlagi, uzum, mevalarda qand miqdori koʻpayadi. Qishloq xoʻjalik ekinlarining tuzga chidamliligi deganda tuproqdagi va tuproq eritmasidagi tuzlarning ularni normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarar yetkazmaydigan miqdori tushuniladi. Turli tuproq sharoitlarida oʻsuvchi oʻsimliklarning tuzga chidamlilik darajasi bir xil emas. Ular bir qator omillarga: oʻsimlik turlari va biologik xossalariga, aynan oʻsimliklar navi, oʻsimliklar yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, ozuqa moddalari va namlikka, ayniqsa, tuproqdagi organik moddalar miqdorga bogʻliq. Madaniy oʻsimliklar, umuman olganda, shoʻrga chidamsiz yoki kam chidamliligi bilan xarakterlanadi. ular ichida dukkakli ekinlar (mosh, loviya, noʻxat) tuzga juda kam chidamli hisoblanadi. Ayrim oʻsimliklar tuzga oʻta chidamli, masalan, lavlagi (qand lavlagi, oshxona lavlagisi, yem sifatida ishlatiladigan lavlagi), oq joʻxori. Nisbatan shoʻrga chidamli ekinlarga paxta, ayniqsa uning ingichka tolali navlari (Gossipium barbadense L) oʻrta tolali (Gossipium hisutum L) navlarga nisbatan shoʻrga chidamli hisoblanadi. Shoʻrga chidamlilik oʻsimliklarning yoshiga qarab oʻzgarib turadi. Oʻsimliklarning tuzni oʻzida sezishi, urugʻlarning unib chiqish, nihollarning oʻsish va vegetatsiyaning boshlanish davrlariga toʻgʻri keladi.
Oʻsimliklar uchun nisbatan zararsiz boʻlgan sulfat tuzlari koʻp boʻlgan tuproqlarda (Fargʻona vodiysi, Buxoro viloyati) ekinlarning tuzga chidamliligi yuqoriroq, xlor tuzlari koʻp boʻlgan tuproqlarda esa kamroq. Oʻsimliklarning shoʻrga chidamliligini belgilovchi muhim omil tuproq namligi sanaladi. Tuproqlarda tuzlar tarkibining bir xilda boʻlishiga qaramay, oʻsimliklarning tuzga chidamliligi tuproq namining ortib borishi bilan ortadi, chunki bu vaqtda tuproq eritmasining konsentratsiyasi ortadi. Oʻsimliklarning tuzga chidamliligi borasida tuproqdagi ozuqa moddalarning miqdori ham ahamiyatga ega. Yuqori unumdor tuproqlarda va dalalar organik moddalar bilan oʻgʻitlanganda oʻsimliklar tuzlarning salbiy taʼsiriga kamroq duchor boʻladilar. Biroq yuqori darajada shoʻrlangan tuproqlarga katta normalarda mineral oʻgʻitlarni bir tomonlama solish foyda keltirmaydi. Aksincha, zarar keltirishi mumkin, chunki shunday ham tuproq eritmasining yuqori konsentratsiyasi yana-da ortib ketishi mumkin. Oʻsimliklarning shoʻrga chidamlilik darajasiga ularning oʻsish va rivojlanish hamda muhit sharoitlarining katta taʼsiri yuqorida aytilgan fikrlardan va quyidagi jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdi. Tuproq shoʻrlanishini mavsumiy tiklanishini takrorlamaslik va barcha dala ekinlaridan, shu jumladan tuzga kam chidamli oʻsimliklardan yuqori hosilni taʼminlash uchun xlor ionini miqdori 0,01%dan katta boʻlmasligi kerak.
Poliz va sabzavot ekinlarining tuzga chidamliligi ham turlicha. Bu xil ekinlardan bodring, pomidor, tarvuz tuzga juda kam chidamli; karam, qovunlar koʻproq chidamli hisoblanadi. Bogʻ mevali daraxtlar (urugʻli mevalar) ichida olma va nok tuzga kamroq chidamli. Danakli mevalar (oʻrik, olcha, togʻolcha) tuzga ancha chidamli. Eng koʻp chidamli uzum hisoblanadi.
Fargʻona vodiysi va Buxoro viloyatlari tuproqlarida tuzlarning yuqori meʼyoriy miqdori (0,75-1,0%gacha), bu viloyatlar tuproqlardagi tuzlar tarkibida sufat tuzlarining oʻsimliklar uchun kam zararli tuzlarning koʻp boʻlishi bilan, xlorning yuqori meʼyoriy miqdorining Xorazm va Qoraqalpogʻiston rayonlarida koʻp boʻlishi esa (0,03-0,04%gacha) bu rayonlar tuproqlari va grunt suvlarida tuzlarning toksik (zaharli) taʼsirini susaytiruvchi kaltsiy kationining koʻp miqdorda boʻlishi bilan bogʻliqdir. Har bir meliorativ mintaqa uchun shoʻrlanish darajasining alohida-alohida shkalalari mavjud. Masalan, Mirzachoʻlning xloridli shoʻrlangan tuproqlarida gʻoʻzani ekishdan oldin yoʻl koʻyilishi mumkin boʻlgan tuzlar miqdori 0,3-0,4 % yoki xlor boʻyicha 0,01-0,02 % boʻlsa; Fargʻona vodiysining sulfatli shoʻrlangan tuproqlarida bu koʻrsatgichlar tegishli ravishda 0,6-0,8 % va xlor boʻyicha 0,03-0,04% ni tashkil etadi.
Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasi va Xorazm viloyatining shoʻrlangan tuproqlarida bu koʻrsatgichlar yana-da yuqoriroq boʻlishi mumkin, chunki bu tuproqlarning singdiruvchi kompleksida kaltsiy kationi koʻproq uchraydi, kaltsiyli tuzlar oʻsimliklar uchun zararsiz hisoblanadi. K.Gedroyts fikriga koʻra shoʻrxok tuproqlarda anionlar emas, balki kationlar oʻsimliklarga koʻproq zarar keltiradi. U kationlarning zararlilik taʼsirini S1- Na+ Mg K tartibida kamayishini koʻrinishi. Shoʻrhoksimon tuproqlarda esa tuzlarning anionlari oʻsimliklarga koʻrsatadigan zararli taʼsiri, koʻpincha kationlar taʼsiri kuchliroq boʻladi. Anionlar orasida xlor-ion (SI) oʻsimliklarga koʻproq zaharlidir.
Ekinlarni tuz taʼsirida chidamliligi tuproqdagi tuzlarning turi va miqdoriga bogʻliqdir. Tuzlar orasida oʻsimliklar uchun zararli tuz kir sodasi (Na2SO3)dir. Uning suvdagi eritmasi oʻyuvchi natriy (NaON) hosil qiladi va uning gidroksil ioni oʻsimlikka zararli taʼsir etadi. Na2SO3+N2O↔NaON+NaNSO3 Tuproqda kir soda 0.005% dan koʻproq boʻlganidayoq oʻsimliklar oʻsishidan toʻxtaydi; 0.01% dan koʻp boʻlganda oʻsimliklar nobud boʻladi. Ammo, shoʻrlangan, sugʻoriladigan tuproqlarda kir soda ancha kam uchraydi. Oʻsimliklar uchun NaSl ham juda zararlidir. Sulfatli tuzlar, (Na2SO4 va MgSO4) ning zarari xlorid tuzlariga qaraganda biroz kamdir. MgSO3 va Mg(NSO3)2 tuproqda koʻp boʻlganidagina oʻsimliklarga zararli taʼsir koʻrsatadi. Ammo kaltsiy bikarbonat Sa(NSO3)2 tuzining zarari juda kamdir. Gips (SaSO4) va ohak (SaSO3) tuproqda koʻpayib ketganda ham zararli taʼsir koʻrsatmaydi.V.A.Kovda oʻsimliklar uchun tuzlarning zararlilik darajasini kamayishi boʻyicha quyidagicha qatorga joylashtirgan: Na2SO3; NaNSO3; NaC1; NaNO3; CaC12; Na2SO4; MgC12; Mg SO4
Shoʻrlangan tuproqlarda natriyli tuzlar koʻproq uchraydi. L.Rozov natriyli tuzlarning nisbiy zararligini quyidagi son nisbatlari bilan ifodalagan. Na2SO3: NaNSOz:NaS1:Na2SO4=10:3:3:1 Tuzlarning oʻsimliklarga zararli taʼsiri maʼlum darajada ularning suvda eruvchanligiga ham bogʻliq. Zararsiz va kam zararli tuzlar (SaS04, SaS03, MgS03) suvda juda qiyin eriydi, qolgan boshqa tuzlar suvda yaxshi eriydi va oʻsimliklarga zararli taʼsir etadi 4. Oʻsimliklarni oʻsish sharoitlarini oʻzgartirish yoʻli bilan ularni tuz taʼsiriga chidamliligini oshirish mumkin. 1) Ekish oldidan urugʻlarni tuz eritmasida ivitish yoki ishlov berish (NaS1 eritmasida). 2) Minerallashgan suv bilan urugʻlarga ishlov berish (3,0-4,0 g/l). 3) Superfosfat oʻgʻiti eritmasida urugʻlarni ivitish. 4) Shoʻrlangan yerlarda ekinlar urugʻini ekish meʼyorini 25-30 % ga oshirish. 5) Shoʻrlangan yerlarda ekinlar sugʻorish meʼyorini 30 % gacha oshirish. 6) Yuqori sinfli saralagan urugʻlarni ekish. 7) Tuzga chidamli navlarni tanlab ekish. Tuzlar oʻsimliklarning bioximik, fiziologik funksiyalarini va suv, ozuqa rejimlarini, nafas olish, fotosintez jarayonlarini buzadi.Tuz taʼsirida oʻsimliklarda fotosintez sekinlashadi va natijada quruq modda kam toʻplanadi. Ekinlarning tuz taʼsiriga chidamliligi oʻsimliklarning yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, tuproq namligiga, tuproq unumdorligiga, iqlimiy sharoitlarga, ekin turiga bogʻliq boʻladi. Ekinlar tuz taʼsiriga chidamliligi boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi: chidamsiz, oʻrtacha chidamli va chidamli. Oʻsimliklarni oʻsish sharoitlarini oʻzgartirish yoʻli bilan ularni tuz taʼsiriga chidamliligini oshirish mumkin.

Download 39.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling