Mavzu: Sug’urta tashkilotining iqtisodiyoti va uni moliyaviy barqarorligi Tayorladi: mm-73 guruh talabasi


Download 210.72 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi210.72 Kb.
#118301
Bog'liq
sug'urta

Mavzu:Sug’urta tashkilotining iqtisodiyoti va uni moliyaviy barqarorligi

Tayorladi:MM-73 guruh talabasi

Umurzoqov I

Reja:

1.Sug’urta tashkiloti haqida tushuncha

2.Sug’urta tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari

3.Sug’urta tashkilotining moliyaviy barqarorligi

Sug’urta nima?

  • Sugʻurta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi.

Sug’urta tashkiloti hayotni sug’urta qilish borasida tuzilgan har bir shartnomada turli darajadagi sug’urta tarifini qo’llashi yoki daromadlilik me’yorini har bir shartnoma bo’yicha mustaqil ravishda hisoblab chiqishi va belgilashi mumkin.

Sug’urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan daromadlari tarkibi:


  • bank jamg’armalari foizlari;
  • aksiyalardan dividend foizlari;

  • - qimmatli qog’ozlardan daromadlar;
  • ko’chmas mulkdan olingan daromadlar kabilardan iborat bo’ladi.

Sug’urtachi sug’urta operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi mumkin. Bunday daromadning manbalari:

- depo mukofotlar hisobiga o’tkazilgan foiz summalari;

- regress tartibida olingan summalar;

- asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda;

- ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar;

- sug’urta zaxiralarining qaytim summalari;

- o’qitish, maslahat ishlarini olib borish bo’yicha undirilgan to’lovlar hisoblanadi.

Sug’urta tashkiloti xarajatlarining tarkibi ham xilma-xildir (2-chizma). Sug’urta tashkilotining xarajatlari sakkiz turdan iborat bo’lib, har bir tur o’z navbatida, asosiy va maqsadli faoliyat hamda xarajatlarning amalga oshirilishi vaqtiga qarab guruhlanadi. Sug’urta tashkiloti xarajatlarining turlariga to’xtaladigan bo’lsak, ular o’z ahamiyatiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

a) sug’urtani amalga oshirish xarajatlari. Bu xarajatlar sug’urtachi faoliyatini moliyalashtirish uchun amalga oshiriladi. Sug’urta tashkiloti faoliyatini tahlil etishda mazkur xarajatlar tarkibini ma’lum belgilariga ko’ra guruhlash maqsadga muvofiqdir.

Sug’urtachining faoliyati jarayonida mablag’lar sarf etilishi yuzasidan belgilangan vazifalarga ko’ra, sug’urta tashkiloti daromadi va zararlari haqidagi hisobotiga mos ravishda sug’urta ishini yuritish xarajatlari tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin:

- shartnomalarni tuzish va bajarish xarajatlari;

- investitsiya faoliyati bo’yicha xarajatlar;

- boshqaruv xarajatlari.

b) sug’urta ishini yuritish xarajatlari sarflanishiga ko’ra quyidagicha bo’lish mumkin:

- ish haqi to’lovlari;

- davlat fondlariga ajratmalar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari, reklama hamda marketing xarajatlari, xo’jalik xarajatlari va boshqalar;



Sug’urta ishini yuritish xarajatlarining yuzaga kelishi davriga ko’ra, ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

Moliyaviy barqarorlik

  • Moliyaviy barqarorlik bu – sug'urta kompaniyasining uning faoliyatiga noqulay ichki va tashqi ta’sirlar o’tkazilganda ma’lum vaqt davomida to’lov qobiliyatining mavjud darajasini saqlab qolish imkoniyati deyishimiz mumkin.
  • Moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari (kapital tuzilmasi)-kompaniyani moliyalashtirish manbalarida xususiy va qarz mablag’lari nisbatini aks ettiradi,ya’ni kompaniyaning moliyaviy mustaqillik darajasini ifodalaydi.Bu esa kompaniyalar barqarorligining muhim xususiyati hisoblanadi.Uni ifodalash uchun asosan to’lov qobiliyati va moliyaviy mustaqillik koeffisientlaridan foydalaniladi.

Sug’urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingi kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida,shuningdek “SAIPRO” ishonchli deb lozim topgan ochiq manbalardan olingan ma’lumotlar asosida beriladi.Shu bilan bir qatorda quyidagi ma’lumotlar manbalari reyting baholash uchun tanlab olinadi: -moliyaviy hisob-kitob shakllari -buxgalterlik balansi -moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot

Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va uni samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi takliflarni berish mumkin:

  • Debitor qarzlarning shakllanishiga mutlaqo yo’l qo’ymaslik lozim.Buning sababi shundaki,debitor qarzlar sug’urta tashkilotlarida pul mablag’lari oqimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Sug’urtalovchilarning investitsiya portfelida dividend shaklida foyda keltirmaydigan qimmatli qog’ozlarnin “jonsiz kapital”tarzida saqlanib turishini oldini olish lozim.
  • Sug’urta tashkilotlari va davlat budjeti o’rtasida soliq to’lash bilan bog’liq moliyaviy resurslar oqimini to’g’ri va qonunchilikka rioya etgan holda tashkil etish zarur.
  • Bizning fikrimizcha, sug’urta tashkilotlarida moliyaviy resurslarni boshqarish va nazorat qilish funksiyasi yuklatilgan alohida bo’linma tashkil etish maqsadga muvofiq.Bu bo’linma kompaniya miqyosida moliyaviy resurslar oqimini samarali tashkil etish,muvofiqlashtirib borishva nazorat qilish bilan shug’ullanadi.

Sug’urta qildiruvchilardan kelib tushgan sug’urta mukofotlari hisobidan shakllantiriladigan sug’urta zaxiralarini boshqarishda ularni to’g’ri hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

  • Sug’urta qildiruvchilardan kelib tushgan sug’urta mukofotlari hisobidan shakllantiriladigan sug’urta zaxiralarini boshqarishda ularni to’g’ri hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
  • Sug’urtalovchilarning investitsiya faoliyatidan olgan daromadlarini soliqqa tortiladigan bazadan chiqarishni taklif etamiz.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 210.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling