Mavzu: Sug’urtaning iqtisodiy mohiyati. Sug’urta funksiyalari


Download 254.55 Kb.
bet5/6
Sana09.02.2023
Hajmi254.55 Kb.
#1180092
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya fanidan mustaqil ish

Birinchidan, ma’lum moliyaviy prinsiplar va qonunlarni bilish shaxsiy
mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. Shunday ekan, kim bunday
imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamaydi, deysiz?! Siz biror bir moliyaviy bilimsiz
yashay olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo, odam moliya sohasida butkul omi
(savodsiz) bo‘lsa, boshqalarga to‘liq qaram bo‘lib qoladi.


Ikkinchidan, “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning sababi shundan iboratki,
moliya sohasida asosiy bilimga ega bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham
zarur. Hatto moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun ham
moliyachilar foydalanadigan konsepsiya, usul va terminologiyani bilish zarur.
Masalan, o‘zingiz to‘laydigan daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida, hech bo‘lmaganda, eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda soliqchi yoki soliq organi tomonidan “chalingan har qanday musiqa”ga o‘ynashdan o‘zga chorangiz qolmaydi. Olayotgan pensiyangizga nisbatan ham xuddi shunday fikrni bildirish mumkin va h.k. “Musiqa” qonuniy chalingan bo‘lsa-ku, yaxshi-ya, ammo aksincha bo‘lsa-chi? U holda, hech bo‘lmaganda, bu unga shu mutaxassislar bilan bemalol muloqot qilish va o‘z muammolarini hal qilish uchun ularni jalb qilish imkonini beradi.
Uchinchidan, ajab emas (ehtimol), Sizni zamonaviy (amaliy) moliya
sohasida karera qilish qiziqtirib qolsa. Sir emas, bu sohada karera qilish uchun ulkan imkoniyatlar borki, kelajakda ular o‘z samarasini beradi, albatta. Buning uchun inson zamonaviy moliyaning barcha sir-asrorlarini egallashi lozim.
Moliyachilarning aksariyat qismi iqtiso-diyotning moliya sohasida – banklarda, sug‘urta kompaniyalarida yoki investi-tsiyalarni boshqarish sohasida ishlaydi.
Ammo ko‘pchilik moliyachi mutaxas-sislar xoh xususiy bo‘lsin, xoh davlat
tashkiloti, nomoliya tashkilot-larining moliya bo‘yicha boshqaruvchisi sifatida
faoliyat yuritadilar. Ba’zilar esa akademik karerani afzal ko‘radilar.
Uy xo‘jaliklari, xususiy firmalar va hukumat tashkilotlari doimo moliyaviy
maslahatchilar maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar (ehtiyoj sezadilar). Bundan
tashqari, moliya sohasida ta’lim olish kelajakda tashkilot rahbari sifatida karera ilish uchun ishonchli poydevor bo‘lishi mumkin va bo‘ladi ham. Shu o‘rinda, bilib qo‘ying: dunyodagi yirik korpo-ratsiyalarning oliy toifadagi rahbarlari o‘z mehnat faoliyatini, dastlab, aynan moliyachi sifatida boshlaganlar.

Download 254.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling