O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Download 0.64 Mb.
bet1/6
Sana21.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1107237
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulla oripov sherlarida


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI



________________________________________UNIVERSITETI
__________________________________________FAKULTETI
____________________________________GURUH TALABASI
_________________________________________________NING
_____________________________FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: ABDULLA ORIPOV SHERLARIDA FALSAFIYLIK VA FOJIAVIYLIK

Bajardi:


Qabul qildi:
_________________-2022


Mundarija


KIRISH 3
I.BOB. ABDULLA ORIPOV

2.2.Abdulla Oripov she`riyatining jozibasi 28

1.1. Abdulla Oripov haqida 5
1.2.Abdulla Oripov sheriyati 9
II.BOB.ABDULLA ORIPOV SHERLARIDA FALSAFIYLIK VA FOJIAVIYLIK 17
2.1. Abdulla Oripov sherlarida falsafiylik va fojiaviylik 14
2.2. Abdulla Oripov she`riyatining jozibasi 18
Xulosa 28
Foydalanilgan adabiyotlar 29
KIRISH
She’rlarni gohida sharhlashdan ko‘ra o‘qish va uqishning o‘zi maroqlidir. She’r shoirning yurak urishidan darak beradi, she’r shoirning dunyoqarashidan, dididan, insonni, borliqni, go‘zallikni anglashidan darak beradi. Shoir boshqalar anglamagan haqiqat asrorini, boshqa birovlar tushunmagan sirlarning ranglarini, o‘zgalar ko‘rmagan ranglar jilosini ta’sirli, obrazli so‘z vositasida anglatadi, tushuntiradi, ko‘rsatadi. Zero, bunday she’riy so‘zning yurakdan yurakka ko‘chishi, olam va odamni chuqur anglashga yordam berishi tabiiydir. Abdulla Oripov o‘z she’rlaridan hamisha dunyo holidan, inson tabiatidan so‘z ochadi. So‘z yo‘lini dunyoning buqalamunligi, bebaqoligi va o‘tkinchiligiga, odamning bir lahzada turli liboslar kiyishiga, sadoqati va vafosi, xiyonati va jafosi tomonga yo‘naltiradi. Olam va odam tabiatidagi chigal, murakkab va ziddiyatli holatlar xususida nisbatan sodda, tushunarli va iyjozli she’riy so‘z aytadi. Haqiqiy badiiy so‘zni tafakkurning g‘adir-budir so‘qmoqlari, jarlik va changalzorlari tomon burishni istamaydi. Shu bois so‘z haqiqati va haqiqat so‘zi Abdulla Oripov she’riyatida hayotiy va adabiy hikmatlarga do‘nadi.
Abdulla Oripovning shoir sifatidagi adabiy fenomenini qaysidir ma’noda chuqur lirik pafos bilan yo‘g‘irilgan hikmatlar namoyon qiladi. Lirika quruq gap bilan murosa qilmaydi; lirika bo‘sh so‘zdan, darak gapdan qochadi, lirika xayolni, hayotni, haqiqatni, hikmatni suyadi. Shunda so‘z sehrli, she’r hikmatli bo‘ladi. Lirika tubanlik, pastkash, badbinlik bilan kelisha olmaydi; lirika – baland badiiy so‘z san’ati; lirika - ma’no va mazmun, ohang va rang, kuch va quvvat, hayrat va hayajon, mantiq va hikmat o‘zagi. Abdulla Oripov she’riyati shunday ulkan adabiy-estetik, ruhiy- psixologik, ijtimoiy-falsafiy tushuncha va hodisalar ortidan bunyod bo‘lgan she’riyatdir. Bu she’riyat – haqiqiy iste’dod egasining ko‘ngli, tafakkuri va tasavvuri hosilasidir. Shoirning ayrim she’rlari ixchamligi, hikmatlarga yo‘g‘irilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Odam ko‘nglidagi, yuragi tubidagi, aytishi lozim, zarur va shart bo‘lgan ichki tuyg‘ularini shoir she’rga soladi.
Abdulla Oripov she’riy fenomeni hali ko‘p yillar odamlarning asil qiyofasini yasamasidan ajratib olish uchun xuddi mahaktoshdek xizmat qiladi. Shoirning she’riy meros bir dunyo, shaxsiyati va uning tegrasida bo‘ladigan chin va to‘qima xotiralar, mubolag‘alarga ko‘milgan yodnomalar - bularning o‘zi bir dunyo. Zotan, hamma zamonlarda, ulkan iste’dod egalari o‘ziga ilakishgan xas-xashaklardan aslo holi bo‘lgan emas. Ulkan adabiy siymolar tarix sahnasida hamma vaqt o‘z shaxsiyatiga ilova qilingan ildirgiyu kuydirgilar bilan birga yashaydi.
Ulkan allomalar shoirlar yoki shaxsiyatlar bu olamni tark etgach, bir zumda uning qadrdonlari, unga kuyinadiganlar, do‘sti sodiqlari paydo bo‘ladi. Taassufki, bizda hamma vaqt hol shunday yoki shunga yaqin. Abdulla Oripov yozgan har bir she’r, har bir misra assotsiatsiyasidan shu zaylda bir dunyo fikrlar quyilib keladi odamning xayoliga. Ayrim kimsalar yoki narsalarni ta’rif va tavsiflaganida bir dunyo obrazlar ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Shoir she’rining quvvati shunda, shoir so‘zining haqiqati va hikmati shunda.
―Abdulla Oripov o‘z sozi, o‘z tuyg‘usi bilan she’riyatga kirib keldi. Shuning uchun ham u ―birovlardan olmadim tuyg‘u deb faxr bilan aytishga haqli. U sertuyg‘u qalb egasi. Uning asarlarini o‘qigan yo eshitgan she’rxonda shunday taassurot tug‘iladiki, shoirning his va tuyg‘ularining cheki yo‘q. U tuyg‘ular bilan to‘lib toshgan, toshqin daryodek jo‘shqin qalb egasi...
Abdulla Oripovning o‘z ovozi bor. Sinchkov she’rxon she’riyat gulshanidan Abdullaning ovozini bemalol ajrata oladi – bu akademik Matyoqub Qo‘shjonovning Abdulla Oripov adabiy siymosi - fenomeniga bergan baholaridan bir parcha, xolos. Chin iste’dodga xos fazilatlarni o‘z vaqtida anglab olish va uni qo‘llab-quvvatlash ham zarur. Abdulla Oripov iste’dodini o‘z vaqtida Matyoqub Qo‘shjonov, Ozod Sharafiddinov kabi ulkan adabiyotshunoslar qo‘llab quvvatladi. Shu bois ham minnatdor shoir bu xususda she’riy ta’zimini bayon qildi:
―Dunyoning aslida doim biri kam, Bilmadim bu yo‘lda kim erur hakam, Ijod yo‘llarimda Oybek qo‘llagan, To abad qo‘llagan Matyoqub akam...
Xuddi shu mazmunda Ozod Sharafiddinov haqida A.Oripov muashshah yozib, ustozini ta’riflab tavsifladi. Bular shoirning o‘z ustozlariga she’riy dil izhori, lirik minnatdorchiligidir.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling