O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Abdulla Oripov she`riyatining jozibasi


Download 0.64 Mb.
bet5/6
Sana21.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1107237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulla oripov sherlarida

2.2.Abdulla Oripov she`riyatining jozibasi


"Abdulla Oripovning she'riyati - adabiyotning katta bayrami" deb yozganda naqadar haq edi bolqar shoiri Qaysin Quliyev. Abdulla Oripov o'zbek she'riyatining zabardast vakillaridan biridir. Uning asarlari adabiyotimizning yangi bosqichga ko'tarilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu ijod siyosat va mafkura ustuvor bo'lgan tuzum sharoitida ham toza iqtidor tufayli badiiy ijodning ajoyib namunalari yaratilishi mumkinligini ko'rsatgan o'zbek adabiyoti misolidagi o'ziga xos noyob hodisadir.
Abdulla Oripov she'riyatining tomirlari suv ichgan manbalar, shubhasiz, o'zbek xalqining hayoti va taqdiridir, uning o'tmishi va bugunidir, mumtoz she'riyatimiz va hozirgi adabiyotimizdir. Ayni vaqtda, bu she'riyatning shakllanishi va ravnaqiga ta'sir ko'rsatgan omil sifatida jahon she'riyatining ilg'or an'analarini ko'rsatish ham o'rinlidir.
Adabiyotshunosligimizda XX asr 60-yillar avvalidan o'zbek adabiyotida hayotga yaqinlashish, haqqoniylik kuchaya boshladi, degan fikr ko'p takrorlanadi. Biroq yana bir narsani unutmaslik lozim: badiiy adabiyot hech qachon hayotga intilishdan yuz o'girgan emas. Shunday ekan, yuqoridagi fikrni 60-yillarning avvalidan adabiyotimizda hayotni, haqiqatni tasvirlashda badiiylikka intilish, unda rang-barang izlanishlar olib borish tamoyili kuchaydi, degan ma'noda tushunishimiz kerak.
Shu ma'noda, 60-yillardan boshlanuvchi yangi bosqich o'zbek she'riyatida haqqoniylik hamda insonparvarlik tamoyillarining chuqurlashuvida, badiiylikning yangi-yangi imkoniyatlarini izlash, topish va qo'llashda kenja avlod, ayniqsa, uning peshqadam vakili Abdulla Oripov asarlari ahamiyatlidir.
Kuchli ehtiros, fikr va tuyg'uning uzviy birligi, pafos darajasiga ko'tarilgan dardli tug'yon, mavzu va maqsadning zo'rma-zo'rakilikdan xoliligi, lirik qahramon hayajonlari va fikrlash yo'sini bilan uning badiiy talqinidagi ajib tabiiylik Abdulla Oripov uslubining o'ziga xos belgilari sifatida namoyon bo'ldi. Bu xususiyatlar shoir ijodiy konseptsiyasidagi falsafiy teranlik bilan birlashgan holda asarlaridagi g'oya tiniqligi va aniqligini belgilovchi poetik mukammallik darajasiga ko'tarila bordi. Bu mukammallik Abdulla Oripov she'rlarida, ayniqsa, badiiy yaxlitlikda, so'z, fikr, tuyg'u jozibasining, g'oya va lirik qahramon sajiyasining o'zaro mutanosibligida namoyon bo'ladi. "Munojot"ni tinglab", "Yuzma-yuz", "Ona sayyora" singari she'rlarida murakkab davr va Vatan taqdiri uchun kuyunchak, loqaydlik va qing'irlikka beshafqat faol zamondoshlarimiz qiyofasi tasvirlanadi. Shunisi e'tiborliki, shoir og'ir sharoitlarda ham istiqlol g'oyalarini kuylashga harakat qiladi.
Shoir qalamida hasratlar qat-qat,
Shoirni chulg'aydi o'ylar daf'atan.
Yashab qolarmikin she'rim oqibat?
Ozod bo'larmikin notavon Vatan?
70-yillarining avvalida yozilgan ushbu misralarda shoirning hasratlari qat- qat ekani ifodalangan. Bu davrdagi sho'ro siyosatining temir qonuni bor edi: shoir faqat xursandchilikni kuylashi kerak bo'lib, hasrat qilishga, nadomat chekishga umuman haqqi yo'q edi. Vatanning notavon ekanini e'tirof etish-u, uning ozod bo'lishini orzu qilish esa, aqlga sig'maydigan gap edi. Xo'sh, unda Abdulla Oripov bu misralarni qanday yoza oldi-yu va e'lon qildi? Hamma gap shundaki, shoir bu fikrni "Nekrasov hasrati" nomli she'rida aytgan bo'lib, Nekrasov bahonasida o'z dardini, millat orzusini kuylagan.
Shoir asarlarining asosiy qismi barmoq vaznida yaratilgan bo'lsa-da, u ko'p asrlik an'anaga ega bo'lgan aruzdagi g'azalga ham, masnaviyga ham, sarbastga ham murojaat qilgan. Lekin uning o'zi kamtarlik bilan"to'rtlik" deb atagan she'rlari tom ma'nodagi go'zal ruhli, chuqur falsafiy ruboiydir.
Tug'ilsang baxt bilan kamol o'shadir,
Tark etsang olamni zavol o'shadir.
Oxir chog' tuprog'ing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa, iqbol o'shadir.
Bu asarlar Sharq daholarining ruboiylari bilan bir qatorda turishga munosibdir.
Abdulla Oripov ijodini bosqichma bosqich tahlil qilar ekanmiz, uning 90-yillarda diniy-falsafiy ohangdagi asarlari kuchayganini ilg'aymiz.Adabiyotimiz tarixidan ma'lumki, Jomiy va Navoiy kabi she'r ilmining pirlari hadislarni she'riy usulda ifodalagan. Shoirning "Hikmat sadolari" turkumini ham ulug' ustozlarga ergashish samarasidir deyish mumkin. Chunki ushbu turkum hadislarning donoligi singdirilgan 40 ta she'rdan tashkil topgan(ushbu turkum she'rlar vaqtli matbuotda e'lon qilib borilgan va jamoatchilik tomonidan kutilgandan-da iliq qarshilangan. Shoirga ushbu turkum she'rlari uchun O'zbekiston musulmonlar idorasi Haj ziyorati uchun bepul yo'llanma taqdim etgan). "Asl diniy dunyoqarash tirik tafakkurning hayotdagi jonli qo'llanmasidir" deydi shoir.
"Hikmat sadolari" turkumidagi "Ibodat" she'riga e'tibor qaratsak: Dunyodan roziman dema hech qachon,
Desang ham so'ylagil sahroga, toqqa. Chunki seni tinglab, kimdir o'sha on, Nega rozisan, deb tutgay so'roqqa.
Termiziy keltirgan 2461-hadisda Abu Ya'la Shaddod ibn Avsdan: "Aqlli kishi nafsini nazorat qilgan va o'limdan keyin beradigan hisobotini o'ylab harakat qilgan kishidir"- deyiladi. Mazkur hadis va yuqoridagi misraning sharhi aynan bir xil. Ya'ni mo'min kishi faqat bu dunyo uchun yaratilmagani, uning uchun haqiqiy quvonch o'limdan keyin keladigan mangu saodat ekanini biladi.11
Atoqli olim Matyoqub Qo'shjonov "Onajonim, she'riyat" nomli kitobida shoirning mo'jaz ijodiy qiyofasini yaratdi. Abdulla Oripovga ilk bor oq yo'l tilagan, uning kelajagiga katta ishonch bildirgan va ko'p o'tmay bu ishonch oqlanib, she'rlaridagi mahoratni hassoslik bilan tahlil qilgan Ozod Sharafiddinov maqolalari
shoir ijodini o'rganish bilan birga, tanqidchiligimiz ravnaqida muhim ahamiyat kasb etdi. Shoir "Sozim" she'rida shunday misralarni bitgan edi:
Men kuyladim bu olam aro, Sobit turgan xalqimni faqat.
Men kuyladim o'tmishning faqat, Zulmatida yo'qligin shafqat.
Bu misralardan ma'lumki, shoir mana shu Vatanning buyukligini, xalqining soddalik bilan bir qatorda, ulug'vorligini kuylab o'tdi.

Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, shoir she‘rlari keng qamrovli. Ularni har safar o‘qiganimizda yangidan-yangi ma‘no topamiz. Ayniqsa, shoir o`z ijodi bilan badiiy-estetik tafakkurning kuch va qudratini namoyish etadi. Xalqning ma‘naviy–axloqiy dunyosi aks etgan asarlarini xalqona poetik tafakkur nuqtai nazaridan jiddiy tadqiq etish adabiyotshunoslikdaga juda muhim va dolzarb muammodir.
Shoir she’rlaridagi asosiy g‘oya – har bir mo‘minlikka da’vo qiluvchi insonning Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning komil insonlik ibratini qalbga tuyishi, ko‘ngil ka’basining sofligiga erishishi, ezgu maqsadlar yo‘lida harakat qilishi, iymon-e’tiqodi butun insonlar ibratidan andoza olishi kerakligi bilan izohlanadi. Shoir o‘z she’rlariga singdirilgan irfoniy g‘oyalar orqali o‘quvchini ezgulik sari boshlar ekan, hadisi shariflar mazmuni tematik kompozitsiyada o‘z ifodasini topadi, natijada lirik kechinma ob’ekti nuqtai nazaridan tavsifiy lirikaning go‘zal namunalarini yaratadi. U garchand mumtoz arbainnavislardek hadisi sharifning asliyatini bermasa-da, bunday lirik syujetni tushunish o‘quvchidan maxsus tayyorgarlik talab etmaydi. Aksincha, quyma satrlardagi mazmun va ohang uning qalbiga, ongu shuuriga muhrlanadi va muallifning bu usuldan foydalanishi uning donishmandona islomiy- falsafiy qarashlarini aks ettiruvchi o‘ziga xos uslubga ega ekanligidan darak beradi. Shoir o‘z she’rlarida Qur’oni karim oyatlarini iqtibos sifatida olgan bo‘lsa, hadislar mazmunini esa aqd sifatida qo‘llaydi.
A. Oripov mustaqillik davri o‘zbek she’riyatining muazzam olamiga irfoniy ruh bilan sug‘orilgan mumtoz adabiyot g‘oyalarini yangicha talqinda olib kirdi. Alohida yo‘nalish sifatida palak yozgan uhroviy she’riyatda Haq vasliga yetish yo‘llarini targ‘ib etuvchi, islom ma’rifatini o‘zida mujassam etgan, iymoni butun lirik qaxramon vujudga keldi. Xullas, she’riyatimizga ilohiy ruh kirib keldi. Badiiy ongimiz olamlar ijodkorini bilish, tanish va tanitish sari yuz burdi

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling