O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Download 0.64 Mb.
bet3/6
Sana21.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1107237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulla oripov sherlarida

1.2.Abdulla Oripov sheriyati
Bugun A.Oripov yonidan o‘ziga joy izlayotganlar qavmi paydo bo‘ldi. Shoirning davrdoshlari o‘zini unga dildosh, darddosh, davradosh sifatida ko‘rsatishga urinishmoqda. Har kimning mozori bo‘lak, har kimning savol-javobi o‘zi bilan. Ulkan shaxsiyatlar ortida turib, o‘z obro‘sini oshirishga qaratilgan holatlar hamma zamonlar ham bo‘lgan. Bo‘ladi ham. Abdulla Oripov fenomeni tegrasiga ham yillar o‘tgani sayin turli toifa odamlar jamlanadi. Inson tabiatan har vaqt ulug‘lar davrasiga intiladi. Buni ayb sanash kerakmas. Bunday pallalar uchun shoir ―bir qarasam, yordu do‘stdan ko‘nglim to‘qday, deb yozadi. Ammo Xudo ko‘rsatmasin, shu ulug‘lardan birortasi allaqanday
―tabarruk ro‘yxatga tushib qolsa yoki mansabidan ketsa, bormi, ana tomoshani shunda ko‘ring. Eng sodiq do‘stga o‘xshab yurgan munofiqnusxa kimsalar ham, shogird obraziga kirgan artistlar ham, atrofdagi girdikapalak hassakashlar ham - hamma-hammasi bir lahzada ipidan bo‘shalgan o‘jakdek shataloq otib tum-taraqay qochib qoladi. Shunda shoir hayratlanadi, tevaragiga qaraydi va ―bir qarasam, atrofimda hech kim yo‘qday deb nadomat bilan yozadi. Yuksalgan ruhi pasaladi, ishidan unum ketadi, g‘azablanadi. Goh g‘azabdan hikmatli qo‘shmirsa bunyod bo‘ladi. ―Ishlash qiyin siniq ruh bilan, Qarg‘ish tekkan bir guruh bilan, degan kabi ehtimol. Darvoqe, Abdulla Oripov fenomeniga ziddiyatlar xos. Bu hol uning she’rlarida aks etishi tabiiy. Yaxshi bilan yomon, o‘ng bilan chap, sodiq bilan sotqin bunday tazodli lirik obrazlar A. Oripov she’riy merosida ko‘p.
Shoir ko‘ngli maymunsifat kimsalardan bezor bo‘lgan mahali nafratini she’rga soladi. She’r hamisha ruhiy-psixologik jihatdan chegaralarda maydonga keladi. Oddiy hodisa bilan favqulodda go‘zallik chegarasida, oddiy tekislik bilan jarlik yoqasida she’rlar yoziladi. A.Oripovning nafratidan tug‘ilgan she’rlari - buning o‘zi alohida mavzu.
Dunyoni ―bir ko‘lmak hovuz deb bilgan dunyoqarashi tor, fikri noqis, olamni kezib ko‘rmagan, ko‘rsa ham undan ibrat olmagan bir kimsa qismati, ehtimol, ―tilla baliqchadir. Tilla baliqcha va ko‘lmak tushunchasini bitta odam doirasidan kengaytirib, bir oila, bitta mahalla, biror mamlakat to‘g‘risidagi she’r sifatida talqin qilish ham mumkin.
Shoir ismini o‘ziga adash bo‘lganlar ulug‘lar bog‘lab, undan ham hikmat topadi:
―Ulug‘ otdoshlarim maqomi yuksak, Men shogird erurman garchand alarga. Har nechuk, bir gapni aytmog‘im kerak:
Oson bo‘lmagan hech Abdullalarga... (―Ism haqida 1987)
Abdulla Oripovning har bir she’rida hikmat, qo‘yma fikr, o‘ziga xos hayot falsafasi bor. Muallim to‘g‘risida yozib, u zoti sharifni ―hayot ganjida durri bebaho deb ta’riflaydi. Dorbozni ―qilichning damiday arqon ustida kiprikdagi yoshday turishini faqatgina shoirlar ko‘ra oladi va uning langarcho‘pni tutib turishidan faqatgina shoirlar falsafa topa biladi. ―Shoir umri to‘g‘risida yozib: ―Oh, shoir umriga havas qilmagil, U quyun ichida ungan bir daraxt degan o‘xshatishni taqdim etadi.
―Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan, deydi mashhur bir she’rida. Ammo A.Oripov dunyodagi juda ko‘p sirlarni anglagan va o‘z she’rlari vositasida ulkan hayotiy hikmatlarni anglatgan alloma shoirdir. Yaxshi she’rdandan yaxshi fikr tug‘iladi. Bular shoir ijodi to‘g‘risidagi ayrim mulohazalar, xolos.
Abdulla Oripovning o‘zbek xalqi hayoti va orzu-armonlarini ona tili imkoniyatidan mohirona foydalanib yuksak badiiy saviyada ifodalagan, milliy ruh bilan sug‘orilgan ijodini, ayniqsa, she’riyatini lingvistik va lingvopoetik planda ham tadqiq etish fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan.
Zamonaviy o‘zbek adabiyoti, avvalo, voqealar san’ati bo‘lgan g‘arb adabiyotidan farqli ravishda so‘zlar va tashbehlar san’ati. Lisoniy imkoniyat esa badiiy so‘z san’atining asosi. Demak, adiblar ijodini lingvistik yo‘sinda tadqiq qilish har qanday badiiy san’at namunasini ilmiy o‘rganishning asosini tashkil etmog‘i lozim. Lingvistik tahlil va tanqid o‘zbek so‘z san’atining mohiyatini ochib berishi kerak. Bugun badiiy so‘zning estetik va mantiqiy qimmatiga e’tibor urfdan qolayotgan bir paytda uni baholaydigan lingvistik tanqid yo‘nalishiga kuchli ijtimoiy ehtiyoj mavjud.1
Abdulla Oripov ijdodining jozibasini ta’minlagan bosh omil – uning o‘z tili imkoniyatidan bemisl foydalanish mahorati. G‘arb shovinistlarining millat tafakkur tarzi tilining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi deb flektiv til sohiblarini agglyutinativ, amorf va polisintetik til egalaridan ustun qo‘yganlarining biryoqlama va asossiz ekanligiga Hazrat Navoiy, G‘afur G‘ulom va Abdulla Oripov kabi ijodkorlarning tafakkur tarzi, ulardagi tafakkur va til dialektikasi asosida amin bo‘lish mumkin.
Ma’lumki, badiiy asar tilining ifodaviylik, ta’sirchanlik darajasida poeziya ustuvor fazilati bilan ajralib turadi. Badiiy tasvir vositalarining ko‘p qo‘llanishi va rang-barangligi, obrazli va yuksak estetik qiymatga ega bo‘lgan til birliklaridan fikrni lo‘nda, qisqa va o‘ta ta’sirchan tasvirlash maqsadida mohirona foydalanish ijodkordan fikr ifodalash va so‘z qo‘llashda hassos va xasis bo‘lishni talab qiladi. Abdulla Oripov she’riyati ana shu fazilatlarning yuksak namunasi ekanligi bilan e’tiborli.
Yetakchi ijodkorlar badiiy nutqida qo‘llangan til ifodalarini chuqur o‘rganmay turib, davr tiliga, tilning muayyan davrdagi holatiga munosib baho berib bo‘lmaydi. Zero, Alisher Navoiy o‘z asarlarida mumtoz o‘zbek tilining imkoniyatlaridan mohirona foydalandi. Tilning boy xazinasini ishga solib, uni yanada boyitish, bu boylikni ko‘z-ko‘z qilish borasida hayratomiz talant, ma’naviy jasorat va shaxsiy fidoyilik namunasini ko‘rsatdi. Shu boisdan eski o‘zbek adabiy tili umuman o‘zbek tili taraqqiyotining markazi va misli ko‘rilmagan yuksalish nuqtasi sifatida tan olinadi. Adabiyotshunos va tilshunoslar tomonidan Alisher Navoiy ijodini chuqur va har tomonlama o‘rganish asosidagina eski o‘zbek adabiy tiliga munosib baho berildi. Shu boisdan o‘zbek tilining o‘tmishi va buguni ijodkor yashagan davr tilining umumiy yo‘nalishi va taraqqiyot qonuniyatlarini belgilashda, lisoniy tadrijiyotni o‘zida aks ettirgan mohir so‘z san’atkorlari badiiy nutqini tadqiq qilish katta ahamiyatga ega. Bu fikr boshqa ilg‘or adiblar qatorida hozirgi o‘zbek adabiy tilining taraqqiyot darajasini, o‘zbek tafakkuri va tili dialektikasini yorqin namoyon qiluvchi Abdulla Oripov ijodiga ham bevosita taalluqli.
Abdulla Oripov o‘z qarashlarida har doim ona tilini himoya qilib keldi. ―Men italiyaliklarga shunday savol berdim: – Aytinglar-chi, sizlarda shamolning necha xil nomi bor? Ular ikki-uch so‘zni aytishdi. Shunda men ularga shamol, bo‘ron, dovul, yel, nasim, shabboda, sabo... deb sanab berdim. Va, nihoyat, bobomiz Alisher Navoiyning ―Muhokamatul lug‘otayn asariga tayanib so‘radim: ―Sizlar necha xil yig‘laysizlar? Biz, dedim, misol uchun 19 xil yig‘laymiz. Yig‘lamoq, bo‘kirmoq, siqtamoq, bo‘lamoq, ingramoq, o‘kramoq, faryod chekmoq... Bu so‘zlarning har biri har xil holatni berishini tushuntirib berdim. Shunda ular tilimizning quvvati, ifoda qudrati, imkoniyatiga tan berishdi. Bizning tilimiz ana shunday pahlavon, go‘zal va so‘lim til dedim. Bu so‘zlar millatning yig‘loqiligini emas, tafakkur darajasini ko‘rsatadi, albatta.
Abdulla Oripov ijodining ilk davrlaridayoq o‘zbek tili imkoniyatidan mahorat bilan foydalangan adib sifatida poetik ifodaning individual va asil namunalarini ko‘rsatishga erisha olgan edi. Uning
―Muhabbat, ―Birinchi muhabbatim, ―Onajon, ―Onajonim, she’riyat,
―O‘zbekiston vatanim manim kabi lirik she’rlari, ―Jannatga yo‘l, ―Hakim va ajal dostonlari, bir qancha tarjimalari ona tili imkoniyatlari namoyon bo‘lgan go‘zal badiiy asarlar sifatida allaqachon o‘zbek mumtoz adabiyoti xazinasidan joy olishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardagi chuqur falsafiy tafakkur mahsuliga go‘zal badiiy shakl bergan jonli xalq tiliga xos har bir so‘z, ibora o‘zining odatiy va noodatiy qo‘llanishlarida shoirning ona tili boyligidan nechog‘lik mahorat bilan foydalanganligini ko‘rsatdi.2
O‘zbek tili xazinasi, xususan, leksikasi nihoyatda boy. Bugungi izohli lug‘atlarimiz kundalik adabiy so‘zlarni qamrab olgan, xolos. Biroq bu boylikdan o‘z o‘rnida oqilona foydalanish, ota-bobolarimizdan meros muqaddas xazinadagi har bir javohirni avaylab-asrash, undan birni olib, o‘nni qo‘shish millatning Abdulla Oripovdek sohir so‘z ustalariga xos fazilat. Shuning uchun ham u ―men italiyalik ziyolilarga ona tilimizning imkoniyatlari naqadar keng ekanligini tushuntirib berdim va, tabiiyki, bu tilning imkoniyatlarini bilmaysizlar deb Navoiyning ―Xamsasini misol qilib keltirdim deb o‘z tilini ko‘z-ko‘z qilishdan tolmaydi. Buni ijodida ham, qarashlari bayonida ham ko‘ramiz.
Abdulla Oripov so‘zi – tom ma’noda xalq dilidagi va tilidagi ona so‘z. Adib bejiz ―Pushkin she’riyati yashovchanligining eng asosiy sabablaridan biri – uning tuyg‘ular ifodasi xalq nutqi asosida qurilganligidadir demagan edi. Bu tamoyil uning butun ijodini qamrab olgan. Shoir o‘z she’rlarida ona tilining har bir so‘zini ardoqlab, unga tazyiq o‘tkazmasdan, majburlamasdan o‘z holiga qo‘yib ishlatdi. Biroq tilning voqelanish me’yorlari doirasida shoirning badiiy maqsadlar uchun qo‘llanilish doirasi chegaralangan so‘zlarni o‘z badiiy-estetik maqsadlari uchun undash, ularga ustuvor faollik berish, so‘zlarni mutlaqo yangi qurshovlarda ishlatish, shuningdek, yangi so‘zlar yasash hollari kuzatiladi. Bu
– til imkoniyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi hodisa. Rus tilshunosi Yu.S.Stepanov ta’kidlaganidek, poetik nutq taraqqiyotining boy va murakkab tarixining guvohlik berishicha, tilga ―tazyiq qilish qilishning ikki xil mutlaqo qarama-qarshi ko‘rinishi bor. Ularning biri tilga
―salbiy zo‘rlik qilish bo‘lsa, (bir paytlar rus futurist shoirlari (V.Xlebnikov) til qonuniyatlariga sig‘maydigan so‘zlar, so‘z ko‘rinishlari, sintaktik qurilmalar tuzib (masalan, Dobrыy utra, On xoju kabi), ―biz sintaksisni zaiflashtirdik deb iftixor qilishgan), ikkinchisini esa ijobiy ta’sir deyish mumkin. Bunda adiblar neologizm, yasama so‘z hosil qilib, so‘zlarga mutlaqo noodatiy qo‘llanishlar baxsh etishadi, sintetik metaforalar, oksyumoronlar qo‘llashadi. Abdulla Oripov badiiyotida so‘z qo‘llashlarning bunday turi Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Mirtemir, Erkin Vohidov ijodida bo‘lgani kabi anchayin salmoqli. Bu, albatta, shoirning betakror, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan belgilanadi. Masalan,
Chehrai zarrin sira ko‘rmakka hojat qolmadi,
Shams narvoni uza ag‘yor erur paydo bu kun (YA, 204)
baytida qo‘llangan shams narvoni – birikuvi shoir tomonidan ixtiro etilgan poetik birikma. Birikma ko‘chma ma’nosi bilan, avvalo, vazn talabiga, so‘ngra shoirning badiiy maqsadiga to‘lig‘icha uyg‘un.
Baytdagi beishq so‘zi shoir tomonidan odatdagi ishqsiz birligining o‘rnida ishlatilgan. Odatdagi nutqda unli bilan boshlanuvchi ishq so‘ziga be- so‘z yasovchisini qo‘shish o‘ng‘ay emas. Biroq nutqiy yasalma bo‘lgan beishq so‘zi avvalo vazn talabiga ko‘ra qo‘llangan. Aks holda u ramal bahrida yozilgan g‘azalning foilotun rukniga muvofiq bo‘lmas edi. -dim beishq tan- kesmasi foilotun ruknini to‘ldiradi. –dim ishqsiz tan- shaklida birinchi cho‘ziq bo‘g‘in qisqarib, rukn an’anasi buziladi. Ikkinchidan, ifodaviylik va ekspressivlik noan’anaviy beishq so‘zida an’anaviy ishqsiz so‘zidagiga nisbatan kuchli ekanligi tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolmagan. Ko‘rinadiki, she’riyatga xos bo‘lgan ushbu yuksak obrazlilik va ko‘tarinkilikda Abdulla Oripovga xos bo‘lgan iqtidor bilan ona so‘zning kuchi va qudrati uyg‘unlashgan.3
Zamonaviy o‘zbek she’riyati so‘zlar tarixiy-etimologik nuqtai nazardan mumtoz poeziyadan tubdan farqlanadi. Asosiy tafovut – zamonaviy she’riyatida fors-arab poetik leksikasi ta’sirining kuchsizlangani. Abdulla Oripov forsiy-arabiy qatlamga mansub an’anaviy leksik birliklar (samo, boqiy, maskan, falak, koshona, nihon, zarrin, shukrona, visol, nasim, daho, zavol, navqiron, firoq, vafo, nogoh, ajib, bokira, sarxush kabi leksik birliklar tizimida nahot, surur, alvido, rangin, xilqat, dilkash, pokdomon, ummon, siyna, ruxsor, purviqor, g‘anim, hilol, mahvash, betimsol, fido, abad, sargashta, jahoniy, g‘addor, g‘orat, bimisli, azaliy, jahannamiy, samoviy) ni o‘ziga xos tarzda faollashtiradi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling