Mavzu: Sug’urtaning iqtisodiy mohiyati. Sug’urta funksiyalari


Download 254.55 Kb.
bet1/6
Sana09.02.2023
Hajmi254.55 Kb.
#1180092
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya fanidan mustaqil ish


Moliya fanidan mustaqil ish
Mavzu: Sug’urtaning iqtisodiy mohiyati. Sug’urta funksiyalari.
Mustaqil ish shakli: tushunchalar tahlili.
Tayanch tushunchalar:

Sug’urta

noqulay (tasodifiy) hodisalar va voqyeliklar sodir bo'lganda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish va ularga nisbatan yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash (tiklash) uchun pul mablag'larining maqsadJi fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo'yicha qayta taqsimlash munosabatlarining alohida sohasi.

Sug’urta shartnomasi

sug'urtaning aniq bir turi shartlariga
muvofiq o'zaro majburiyatlarni tartibga soluvchi sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchi o’rtasidagi bitim (yuridik kelishuv).
Sug'urtalanuvchining yozma arizasiga muvofiq tuziladi, ayrim hollarda og'zaki tuzilishiga ham yo'l qo'yiladi, sug'urta ob'ekti to'g'risidagi zaruriy ma'lumotlarni (manzili, miqdoriy va sifat tavsifnomasi, ahvoli yoki holati va boshqalar) va sug'urta riskini qabul qilishga sug'urtalovchining roziligini olish darkor.

Sug'urta himoyasi

ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining
tunnush darajasiga nisbatan yetkazilgan yo'qotmalarga barham berish yoki ularni qoplash (tiklash) bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining majmuini o'zida
mujassam etgan iqtisodiy kategoriya(keng ma'noda); konkret ob' ektlarga: moddiy boyliklar, hayot, sog'lik, fuqarolarning mehnatga
layoqatiiligi va boshqalarga yetkazilgan ziyonlaroi tiki ash va ularga barham berish borasidagi qayta taqsimlash munosabatlarining majmui (tor ma'noda).

Sug’urta mukofoti

qonun yoki sug'urta shartnomasiga muvofiq
ravishda sug'urtalanuvchining sug'urtalovchiga sug'urta riski uchun haq to'lovi. Tarif stavkasi, sug'urta summasi, sug'urta muddati va
boshqa omillarga bog'liq ravishda aniqlanadi.

Sug’urta guvohnomasi (sug’urtaviy polis)

tuzilga sug'urta shartnomasi va uning shartlari mazmunini o'zida mujassam etganligiga guvohlik beruvchi sug'urtalovchi tomonidan
sug'urtalanuvchiga o'rnatilgan namunaga muvofiq beriladigan hujjat. Sug'urtalanuvchiga u tomonidan birinchi 'marta yoki bir martalik
sug'urta badali to'langanidan so'ng beriladi. Unda sug'urtaning asosiy shartlari: sug'urtalanuvchining familiyasi va ismi sharifi, uning rekvizitlari, sug'urta hajmi, sug'urta majburiyati hajmi, sug'urta summasining miqdori, sug'urta tarifi, sug'urta qoplanmasini oluvchi va boshqalar o'z ifodasini topadi.

Sug’urta bozori

oldi-sotdi ob'ekti o'ziga xos tovar- sug'urta
xizmati-bo'lgan va unga nisbatan taklif va talab shakllanadigan pul munosabatlari sohasi. Sug'urta huquqiy munosabatlari ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikning shakli.

Sug’urta bozori assortimenti

sug'urtalanuvchi murojaat qilishi mumkin bo'lgan sug'urta turli ko'rinishlarining (turlarining) to'plami (majmui).

Sug’urta rezervlari

sug'urta badallari hisobidan shakllanadigan
va birinchi navbatda, sug'urtalanuvchilarga sug'urta to'lovlarini amalga oshirishga sarf (xarj) qilinadigan maxsus fondlar. Daromadlarga emas, balki sug'urtalovchining majburiyatiariga bog'liq
ravishda shakllanadi (tashkil qilinadi).

O’zaro sug’urta jamiyati

notijoriy tipdagi sug'urta tashkiloti, o'zlarining mulkiy manfaatlarini sug'urta himoyasi uchun badal asosida vujudga kelgan jismoniy va yuridik shaxslaming ixtiyoriy birlashmasi sifatida amal qiladi (faoliyat ko'rsatadi).

Qayta sug’urtalsh

balanslashtirilgan (muvozanatlashtirilgan)
sug'urta portfelini yaratish maqsadida sug'urta ob'ekti bo'yicha sug'urtalovchi majburiyatlarining bir qismini boshqa sug'urtalovchiga berish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar tizimi.

Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug’urta qilish

Quyidagi hollarda:

  1. baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sog’liqning qattiq shikastlanishi, yoxud;

  2. baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;

v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yo’qotish, shu jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2-klass va IV klass bo’yicha sug’urta shartnomalarini istisno qilgan holda, sug’urta qilingan shaxsga sug’urta ta’minotining belgilab qo’yilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari

Kasallikdan ehtiyot shart sug’urta qilish

Sug’urta ta’minotining belgilab qo’yilgan pul summasi to’lanishini yoki kasallik yoki sog’liqning izdan chiqishi munosabati bilan sug’urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni ta’minlovchi sug’urta turlari jami, biroq hayotni sug’urta qilish tarmoqlarining IV klassi bo’yicha
shartnomalarni istisno qilgan holda

Er usti transport vositalarini sug’urta qilish

Transport vositalari, o’zi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yo’l tarkibi bundan mustasno, yo’qotilganda yoki
shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari

Aviatsiya sug’urtasi

Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yo’qotilganda yoki shikastlanganda
sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami

Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug’ur- ta qilish

Yong’in, portlash, bo’ron, dovul, jala, ko’chki, tuproqning cho’kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk (3 va 7- klasslarda ko’rsatilganlar bundan mustasno) yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami

Kreditni sug’urta qilish

Sug’urta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yoki debitorning sug’urta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari

Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida byudjet siyosatining xususiyatlari va vazifalari.


Mustaqil ish shakli: Chizmalarda


Mamlakatning mudofa qobilyatini oshirish uchun lozim darajada ta’minlash

Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash

Tashqi dunyo milliy biznesni qo’llab-quvvatlash

Rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, maqbul investitsion va tadbirkorlik muhitini ishlab chiqish

Byudjet soliq va kredit pul siyosati bilan iqtisodni stabillashtirish

Iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun umumiy asoslarni yaratish

Iqtisodiyotni tartibga solish bo’yicha asosiy funksiyalari

Resurslarni taxminiy taqsimlash, xususiy sektor tomonidan qamrab olinmagan ishlab chiqarishni tashkil etish

Ijtimoiy mudofaa va ijtimoiy kafolatni ta’minlash




O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti




Respublika byudjetini

Qopraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjet



Davlat byudjet







Daromadlar tarkibi



Xarajatlar tarkibi

To’gri soliqlar Ijtimoiy sohaga


Egri soliqlar Ijtimoiy himoyaga
Mulk solig’i va resurslar
Ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish uchun soliq
Boshqa daromadlar



Davlat byudjet moliyaning tarkibi qismi sifatida 2 xil funksiyani bajaradi





Taqsimlash funksiyasi

Nazorat funksiyasi



Byudjet defitsitini moliyalashtirish ikki guruhga bo’linadi





Ichki manbalar



Tashqi manbalar

Mavzu: Xalqaro moliya munosabatlari.


Muistaqil ish shakli: glossarylar.



Download 254.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling