Mavzu: Suhbat turlari va uning mazmuni mundarija kirish. I-bob. Ta‘lim muassasalarida suhbat turlaridagi o’ziga xoslik va bolalar tarbiyasida tutgan o’rni


Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar bilan suhbat olib


Download 135.5 Kb.
bet5/8
Sana09.01.2022
Hajmi135.5 Kb.
#264241
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
suxbat

1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar bilan suhbat olib

borish usullari.Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish.

lalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va

hodisalami kuzatish orqali ulami suhbatga о‘rgatish. Bolalar turli

mavzular yuzasidan o‘tkazgan suhbatlarda hosil qilgan tushunchala-

rini, taassurotlarini so‘z vositasida boshqalarga bildiradilar. «Mening

o‘yinchog‘im» «Avtobusda sayr», «Bizning hovli» « 0 ‘rtog‘imizga

ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqaryapmiz», «Chana uchyap-

miz», «Bozorda», «Akamning kabutarlari», «Mehmonda», «Yozda»,

«Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari bilan», «Quyonlar», «Mening

onam shifokor», «Mening dadam quruvchi» va boshqa mavzulardagi

suhbatlar jumlasiga kiradi. Ushbu mavzular bo‘yicha o‘tkazilgan

suhbatlarda bolalar yangi so‘zlami bilib olishadi. Suhbatlar nati-

jasida bolalar nimalami o‘zlashtirishlari lozimligini, qaysi yangi

so‘zlami esda saqlashlarini va uning mazmunini tushunib olishlarini,

bolalar diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan

savollami tarbiyachi o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa

va aniq boMishi. bolalar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritish-

ni, boshlang‘ich — oddiy xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak.

Shuningdek, tarbiyachi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotni qanday

boshlash va yakunlashni o‘ylab qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos

she’rlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, tez aytishlar, kichik hiko-

yalar ham tanlasui kerak bo'ladi.

Mashg‘ulotr i boshlashdan oldin bolalarni jonlantirish, suhbat

mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish

suhbati o‘tkazish mumkin, Masalan: «Mushuk o‘z bolalari bilan»

nomli suhbatni boshlashdan avval tarbiyachi bolalarga: Kimning

uyida mushugi bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni nima-

lar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi.

So‘ngra bolalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvir-

langan suratni olib keldim» - deb suratni ularga ko‘rinarli joyga

ilib qo‘yadi va bolalar uni yaxshilab ko‘rib olishlari uchun 1-2

daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab ko‘rib olishgach, tarbiya­

chi unda tasvirlanganlar bo‘yicha savollar bera boshlaydi. Savol­

lar bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini

hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkin-

chi kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilsa,

undan maqsad: bolalaming mushuk va uning bolalari haqidagi

tasavvurlarini aniqlash, tashqi ko‘rinishi, harakati, ovqatni qan­

day yeyishi haqida tushuntirish va lug‘atini faollashtirish bo‘Isa,

tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatib shunday savollar beradi: Su-

ratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk

yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik

gumh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari yana ushbu

savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qan­

day rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari

bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U ni-

madan sut ichyapti? U sutni qanday ichyapti? Ip kalavasi bilan

o‘ynayotgan mushuk bolasini ko‘rsatib: Bu mushukcha qanday

rangda? U panjalari bilan nima o‘ynayapti? Ip kalavalari qanday

rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida beriladigan savollar

esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni ко‘rib chiqish vaqtida bo­

lalar diqqati ayrim detallarga yo‘naltiriladi: Ona mushuk nimaning

ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning pan-

jalarida ninasi ko‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalavalari

qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa-

vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar ja­

vob berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o‘zi gapirib

beradi: «Mana bu ona mushuk - Mosh». Uning mushukchalari bor.

U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushuk-

chalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rang-

dagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib

yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi

va targ‘il mushukcha ko‘k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib

o‘ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning

yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va

«xur-xur» qilib xurillayapti». Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda

bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ichyapti,

chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyovlaydi, xu-

rillaydi va boshqa so‘zlami kiritadi.Suratlar orqali suhbat o‘tkazish usullari.


Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling