Mavzu: Suhbat turlari va uning mazmuni mundarija kirish. I-bob. Ta‘lim muassasalarida suhbat turlaridagi o’ziga xoslik va bolalar tarbiyasida tutgan o’rni


Download 135.5 Kb.
bet4/8
Sana09.01.2022
Hajmi135.5 Kb.
#264241
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
suxbat

Monologik nutq — soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini eʼtiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning Monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi. Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Nazmda esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Baʼzan Monologik nutqda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan oʻzaro bogʻliq, oʻziga xos kompozitsion qurilishga va mantiqiy tugallikka ega boʻlgan matnning maʼlum boʻlagi xos boʻladi. Monologik nutq ogʻzaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundaliklar) shaklida ifodalanishi mumkin. Monologik nutqning ogʻzaki shaklida ohang (intonatsiya) muhim oʻrin egallaydi, yozma Monologik nutqda esa ohang matnning sintaktik konstruk-siyasiga, mantiqiy urgʻu tushuvchi soʻzlarning joylashish oʻrniga bogʻliq. Monologik nutq notiqning asosiy nutqiy shakllaridan hisoblanadi; lingvo-stilistik usul boʻlib, bir qancha turlari mavjud. Mas, taʼsir qiluvchi (targʻib qiluvchi) Monologik nutq, dramatik Monologik nutq, lirik Monologik nutq, hikoya qiluvchi (axborot beru vch i) Monologik nutq Monologik nutqning ochiq nutq va ichki nutq kabi koʻrinishlari mavjud; ochiq Monologik nutqda personaj oʻz nutqini ovoz chiqarib bayon etadi; ichki Monologik nutqda monolog personajning ichki nutqi, oʻylari shaklida namoyon boʻladi.Didaktik maqsadiga ko‘ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi

turlarga bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan

faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida kirish suhbatidan foy-

dalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani

aniqlaydi, ulaming bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tu­

tilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga

doir vazifalami taqdim etadi. Umumlashtiruvchi suhbat bolalar­

ning biror mavzuda tashkil etilgan-o‘quv ishi natijasida qo‘lga kiri-

tilgan bilimlami jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadida

o‘tkaziladi.

Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va uni o‘tkazishi.

Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z

ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga

sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi

sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, de-

vordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old

ko‘makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar

(onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz

yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old

ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqqanidan qichqirib yubor-

di, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).

Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi:

bola oddiy gaplami, bir xil a’zoli gaplami to‘g‘ri tuzadi, bunda u birik-

tiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida

qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlami

ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gap-

lar - «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar - «Biz

oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar -

«Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.

0 ‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon

monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.

Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiy-

lashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o‘rinni egal-

lashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg‘ulotlarda

va boshqa faoliyat turlari bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi.

Aynan bir fikmi turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga

tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakl-

lantirishga doir ishlaming asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar

o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplami tu-

zish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Bolalar xur-

sand bo‘lib, osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki

ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir

. bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikmi turlicha ifo-

dalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir-

birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi.

i Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun did- k-

tik o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin.

I Aynan bitta fikmi ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ish ar

i yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini shad-

lantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim. !

■ Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlami qo‘llashni o‘rgat sh

< ular nutqini rivojlantirishga doir ishlaming ikkinchi yo‘nali; hi

bo‘lishi mumkin.

1 Bolalar nutqiga sifatdosh shakllami kiritish uchun bolalar, katia-

lar, hayvonlar, qushlaming turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan

foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugu-

rayotgan quyon va h.k.).

Bolalar surat asosida gap tuzadilar: Tarbiyachi ularga so‘z birik-

masini tuzishga yordam beradi. «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi so‘z

birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: «qaysi

bola?» - «o‘qiyotgan bola».

Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llami olish va ular-

dan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlami hosil qilish darkor. Bo­

lalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ular­

ning ayrim sifatdoshlami esda saqlab qolishlari va zamr bo‘lganda

ulami o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.


Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling