Mavzu: Surxondaryo mavsumiy marosimlariga bag'ishlangan tadbir ssenariysi mundarija: kirish
Muzey marketingini takomillashtirish yо‘llari
Download 298.5 Kb.
|
Surxondaryo mavsumiy marosimlariga bag\'ishlangan tadbir ssenariysi
1.3 Muzey marketingini takomillashtirish yо‘llari
Muzey marketingining asosini auditoriyani kengaytirish va chiptalar sotish hajmini kо‘paytirishga qaratilgan marketing tashkil qiladi. Auditoriyani kengaytirish uchun avvalam bor quyidagi maqsadli guruhlarni aniqlash va tahlil qilish lozim: oilalar; sayyoxlar va ziyoratchilar; о‘quvchilar; homiylar. Jahonning kо‘plab muzeylari oilaviy guruhlarga katta e’tibor qaratmoqdalar. Ota-onalar ishtiyoq bilan bolalarini muzeylarga tomosha qilish va kо‘ngil ochish uchun olib kelmoqdalar. Lekin, kо‘ngil ochish uchun boshqa joylar ham mavjud, misol uchun istirohat bog‘lariga kirish tekin. Muzey va galereyalar ular bilan raqobatlashga tо‘g‘ri keladilar. Buning uchun ular tomonidan tashkiliy masalalar bо‘yicha ayrim qarorlar ishlab chiqilishi darkor: maxsus kо‘rgazmalar dasturi, bolalar ijod qilishlari uchun alohida joylar, oilaviy uchrashuvlar uchun kafe va h.z. Oilaviy auditoriyani jalb etishda maxsus oilaviy dasturlar reklamasining о‘rni katta. Lekin, ayrim muzeylar gazetalarda reklama berishga yetarlicha mablag‘ga ega emaslar. Buning yechimlaridan biri bu о‘quvchilar uchun tashkil qilingan dasturlarda ular orqali oilasiga oilaviy dasturlar rejasini yetkazish bо‘lishi mumkin. Turizm kо‘p muzey va galereyalarga barqaror moliyaviy manbaa hisoblanib kelmoqda. Turizm bozorida muvaffaqiyatga erishish uchun turoperatorlarga muzey tо‘g‘risida tо‘liq ma’lumot berib turish lozim. О‘zbekistonda turistik xizmat kо‘rsatish sohasida beqiyos imkoniyatlar mavjud bо‘lishiga qaramay, ushbu soha о‘ta sekin rivojlanmoqda. Bunga hududlar bо‘yicha turistik xizmatlarni kо‘rsatuvchi tizimning yaratilmaganligi, ichki turizm reklamalari rivojlanmaganligi, respublika ichidagi turistik yо‘nalishlar (marshrutlar) aholiga ma’lum emasligi tо‘sqinlik qilmoqda. Prezidentimiz tomonidan ushbu muammoni hal etish uchun turizmni rivojlantirish tadbirlari belgilangan. Marketingning takomillashtirish yо‘llaridan biri brendni yaratishdir. Muzey yoki galereya uchun kuchli brendning yaratilishi tо‘rtta jarayondan iborat. Jarayon muzey tо‘g‘risida auditoriya kam eshitgan kabi istalmagan holatdan boshlanadi. Sо‘ngi bosqich esa nafaqat о‘zlari muzeydan foydalanadigan, balki boshqalarga ham uni tavsiya etadigan muzeyning katta guruhdan iborat bо‘lgan dо‘stlarining shakllanishi bilan tugaydi. Devid Leyn Keller modeli23 istyemolchi nuqtai nazaridan kuchli brendni yaratish uchun vositadir (3.2.5-chizma). Oldiniga tomoshobinlar muzey yoki galereya tо‘g‘risida ma’lumotga ega bо‘lishlari kerak, ya’ni, uning nomi, turi va h.z. Har kuni jahonga taniqli brendlarni turli vaziyatlarda kо‘rish mumkin. Misol uchun, xalqaro sport musobaqalarida turli kompaniyalarning logotiplari butun maydonga ilingan. Hatto sportchilar kiyimida ham belgilanganligini kо‘rish mumkin. Shu tufayli ham, insonlar doim bunday kompaniyalarni eslab turadilar.Lekin sport musobaqalariga homiylik huquqini sotib olishi shart emas. Muzeyning idetifikatsiyasini kuchaytirish uchun tez tez tomoshobin esiga soluvchi vaziyatlar yaratib turish lozim. Muzey identifikatsiyasi uchun birinchi navbatda uning logotipini ishlab chishish kerak. Agarda muzey о‘z brendiga ega bо‘lib kelgan bо‘lsa, unda unga bir muncha mazmun qо‘shish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, Boston muzeyi о‘zining yangi profilini kо‘rsatish uchun logotipiga “U tirik!” shiorini qо‘shib qо‘ydi. Istyemolchi profili ham brendga ta’sir etadi. Agarda muzey yuqori darajadagi ilmiy tadqiqot profiliga ega bо‘lsa, oddiy tashrifchi u yerga kirmaydi. Yoki muzeyning eskirgan eksponatlari hech kimni jalb qila olmaydi. Qiziqtiradigan va zavqli taklif, hamda yaxshi xizmat kо‘rsatishi bilan taniqli muzeylar tomoshabinlar diqqat e’tiborini torta oladilar. 3.2.5-chizma. Muzey brendining yaratish jarayoni Keyingi bosqich bu ta’sirlanish. Brendning ahamiyatliligi muzey mahsulining umumiy xarakteristikasi bilan bog‘liq bо‘lsada, brendan ta’sirlanish esa muzey mahsuli sifatining ma’lum darajasi, uning noyobligi, istyemolchining shaxsiy fikri va his-tuyg‘usiga qarashlidir. Brendning yaratish modelining uchinchi darajasiga erishish uchun muzey sifatning nufuzli sifatini kо‘rsata bilishi darkor. Tadqiqot natijalarining kо‘rgazma va nashriyoti ilmiy asoslangan, butun personal esa yuqori malakali bо‘lishi lozim. Bundan tashqari muassasa boshqa tashkilolardan qaysidir tomonidan, misol uchun о‘zining noyob kolleksiyasi yoki shahar bо‘yicha eng zо‘r kafesi bilan ajralib turishi kerak. Doimiy tashrifchilarning muzeyni о‘z tanish bilishlariga tavsiya etishi, iqtisodiy tomondan kо‘maklashishi, boshqa ishlarni xolisona bajarishi va umuman muzeyni hayotlarining bir qismiga aylantirishi kabi о‘zaro munosobatlarning о‘rnatilish vaziyati brendni yaratish modelida eng istalgan va sо‘ngi bosqichidir. Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling