Mavzu: Suv oluvchi inshootlarning turlari va ularning joylashtirish joyini tanlash


Suv manbasini sanitar qo‘riqlash ishlarini tashkil etish


Download 63.94 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi63.94 Kb.
#1555940
1   2   3

Suv manbasini sanitar qo‘riqlash ishlarini tashkil etish.


Har qanday suv manbasi va suv ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan inshoot sanitariya va epidemiyalogiya nuqtai nazaridan qo‘riqlanishi shart. Ochiq havzalardan suv olinganda bunday ishlar 2(ikki) zonadan iborat bo‘lgan hududda olib boriladi.
Birinchi zona - suv manbasining ishlatiladigan qismi, suv qabul qilish inshootlari joylashgan hudud kiradi. Bu joylar o‘rab olinadi va qo‘riqlanadi. Bu zonada quyidagilar ta’qiqlanadi:
-har qanday qurilish ishlari,

    • oqova suvlar tashlash,

    • chorvachilik bilan shug‘ullanish, aynan qoramollarni sug‘orish,

-baliq ovlash,

    • shu joydagi o‘simlik va daraxtlar uchun har xil zaharli ximikatlar qo‘llash.

Joy topografik va daryo gidrogeologik sharoitlarini hisobga olgan holda birinchi zona chegaralari quyidagicha belgilavnadi.
-oqimga qarshi tomonga inshootdan 200 m.
-oqim bo‘yicha inshootdan 100m.

    • inshoot o‘rnashgan qirg‘oqda 100 m.

    • qarama-qarshi qirg‘oq agar daryoning eni 50 m dan kam bo‘lsa daryo enidan qirg‘oqdan yani m agar daryo eni 100 m bo‘lsa inshootdan100 m.

Ikkinchi zona – suv manbasi va uning to‘yinish basseynini o‘z ichiga oladi. Bu shunday hududki suv olish va uni iste’molchiga uzatishgacha bo‘lgan masofani o‘z ichiga oladi. Demak bu bir qancha katta masofa.
Ikkinchi zona asosan suvni va suv manbasini har tomonlama toza saqlash uni qo‘riqlash kabi ishlarni amalga oshirish uchun xizmat qilidi.
Bu zona chegaralari quyidagicha o‘rnatiladi:

    • Oqimga qarshi tomonga :inshootdan 3-5 sutkalik oqim yo‘li,

    • oqim bo‘yicha -250 m .

    • yon tomondan – suv manbasi va uning qirg‘oqlari.

Er osti suvlarining hosil bo‘lishi va er ostida joylashuvi.

Tabiatda er osti suvlari turli holatlarda uchraydi. Ularning asl to‘yinish manbalari er usti suvlari bo‘lib, joy gidrogeologik tafsilotiga bog‘liq holda ularning er qatlamlarida hosib bo‘lishi, to‘planishi va umumiy gidravlik nishablik bo‘yicha harakati yuzaga keladi. Ular er ostida joylashuvi asosida quyidagi qo‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: Aeratsiya sohasi va grunt suvlari. Bu suvlar er sathiga yaqin joylashgan bo‘lib, yuqoridan yaxshi himoyalanmagan va atmosfera yog‘inlari, oqova suvlar ta’sirida tez ifloslanishi mumkin. SHu sababli ular suv ta’minoti tizimida ishonchli manba bo‘la olmaydi.


Artezian suvlari va qatlamlararo bosimsiz suvlar. Bu suvlar er sathidan ancha chuqurlikda, erning o‘rta qavatlarida joylashgan bo‘lib, suv manbasi sifatida ishonchlilik darajasi ancha yuqori. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, suv zaxiralari katta, atmosfera yog‘inlariga bog‘lik emas, deyarli doimiy haroratga ega, har xil oqova va boshqa qatlam suvlaridan ishonchli himoyalovchi suv o‘tkazmaydigan qatlamlar bilan chegaralangan. Artezian suvlarining to‘yinish havzalari avtonom bo‘lib, ularning sifat va miqdor ko‘rsatgichlari boshqa suvlarga nisbatan yuqoridir.
Buloq suvlarining barcha ko‘rsatgichlari ular oqib chiqayotgan qatlam suvlari ko‘rsatgichlariga mos keladi. Harakatiga bog‘liq holda buloq suvlari quyidagi sinflarga ajratiladi:
* bosimsiz qatlamlardan to‘yinadigan, otilib chiqmaydigan buloqlar;

  • bosimli qatlamlardan to‘yinadigan, otilib chiqadigan buloqlar.

Suv sarfi bo‘yicha buloqlar kichik (suv sarfi 1 l/sek dan kam bo‘lsa), o‘rtacha ( suv sarfi 1 - 10 l/sek ) va katta ( suv sarfi 10 l/sek dan katta bo‘lsa ) toifalarga ajratiladi
Download 63.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling