Mavzu: Suv xo‘jaligi ob’ektlarini loyihalarining qurilish bo‘limlarining tartibi. Reja
Loyiha ishlarini avtomatlashtirish
Download 55 Kb.
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Loyiha ishlarini avtomatlashtirish.
Loyihani avtomatlashtirish deb loyiha ishlariga avtomatikani qo‘llash tushuniladi. hozirgi vaqtda loyiha ishlariga har xil rusumdagi avtomatik usullar qo‘llanilgan. Loyihani avtomatlashtirishdan tashqari kompyuterlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Loyihada chizma ishlari ham avtomatik tizimda bajarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Suv xo‘jaligi inshootlari qurilishi, giroenegetika sohasidagi inshootlar qurilishi murakkab va xilma – xildir. Shu sababli yirik inshootlarni loyihalashda loyihalash sifatini oshirish maqsadida avtomatik tizimlardan foydalanilmoqda. Ularni loyihalash ishlariga qo‘llanishi ish sifatini va aniqlik darajasini oshiradi, qo‘l mehnatini yengillashtiradi. Loyihalash ishlarida loyihalashning avtomatik tizimi (SAPR-система автоматизированного проектирования) ishlab chiqilgan. U elektron hisoblash mashinalari, har xil proнektorlar, displeylar va boshqa texnik va texnologik vositalarni loyihalashda mujassamlanishidir. SAPR avtomatik rejimda va inson bilan aloqasiz EHMda ishlashi mumkin. SAPR ning ishlash sharoitidan kelib chiqib uni gidrotexnika inshootlarini loyihalashda inshootning bir qismini loyihalash uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Odatda loyihachi EHM bilan muloqatda ishlaydi. SHuning uchun loyihachi inshoot to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni operativ tarzda olishi kerak. SAPRdagi loyiha dasturlari qurilish obyektining modeli hisoblanadi. Loyiha ishlarida avtomatlashgan tizimni qo‘llanilishi inshoot bo‘yicha bir qancha variantlarni tezda ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Shuning asosida tannarxi arzon variantlarni tanlash asoslashadi. Nazorat savollari Loyiha to‘g‘risida umumiy tushuncha va suv xo‘jaligidagi ahamiyati nimada? Loyihalash bosqichida qanday ishlar bajariladi? Loyihaning tarkibi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? Loyihini bajarish va tasdiqlash kimlar o‘rtasida amalga oshiriladi? Qurilishni tashkil qilish loyihasining maqsad va vazifalari nima? Loyihalarning turlari va ulardan foydalanish to‘g‘risida nimani bilasiz? Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling