Mavzu: Suv xo‘jaligi ob’ektlarini loyihalarining qurilish bo‘limlarining tartibi. Reja


Loyihani kelishi va tasdiqlanishi


Download 55 Kb.
bet3/4
Sana02.02.2023
Hajmi55 Kb.
#1146507
1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu

Loyihani kelishi va tasdiqlanishi. Tuzilgan loyiha me’yoriy xujjat bo‘yicha, belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Yirik inshootlar qurilish loyihasi tarmoq vazirligi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlanishidan oldin tegishli ekspertizaga beriladi. Qurilish loyihasining yirikligiga bog‘liq holda buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Loyihaning “qurilishni tashkil qilish” qismi hamda smeta va chizmalari ham bosh bajaruvchi tashkilotning buyurmachisi tomidan kelishiladi. Buyurtmachining topshirig‘iga asosan loyihachi qurilishining loyiha smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Buyurtmachilar va bosh bajaruvchi tashkilot o‘rtasida loyiha bo‘yicha kelishmaydigan fikrlar paydo bo‘lsa bu masala belgilangan tartibda yuqori tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilaridi. Tasdiqlangan loyiha (ishchi loyiha), ya’ni inshootning loyihasi qurilishni rejalashtirish va moliyalashtirish uchun asos bo‘ladi, shu jumladan kapital qurilishni bajarish uchun ham.
Qurilishni tashkil qilish va ishni bajarish loyihasi. Obyekt qurilishi ishlab chiqilgan qurilishni tashkil qilish va ishni bajarish loyihalariga to‘liq mos kelishi kerak. Qurilishni tashkil qilish loyihasi hamma ishlar kompleksini tashkillashtirish, kapital quyilmalarni rejalashtirish, qurilish tayyorgarligining tashkiliy texnik masalalarni yechish uchun asos hisoblanadi.
Gidrotexnik inshoot qurilishiga ta’lluqli qurilishni tashkil qilish loyihasida quyidagi masalalar hal etiladi:

  • qurilish materiallari uchun kerakli manbalarini aniqlash va materiallarni tashish uchun transport turini va qulay yo‘llarni aniqlash;

  • qurilish uchun zarur bo‘lgan energiya manbalarini aniqlash va boshqa suv, issiqlik kabilar, ularning manbalari;

  • noruda materiallarini aniqlash;

  • yordamchi koxonalar va inshootlari tarkibini aniqlash;

  • qurilish va ishlatish kadrlarni joylashtirish uchun yashash posyolkasi tarkibi, qurilishdagi ishchi xizmatchilar sonini aniqlash;

  • qurilish xo‘jaligi bosh rejasini tuzish;

  • injenerlik tarmog‘i va qurilish ichki transport kommunikatsiyasini loyihalash;

  • vaqtinchalik inshootlarini loyihalash;

  • boshqa ish turlari ketma-ketligini bajarish uslubining texnologik sxemalarini belgilash;

  • qurilish uchun manbalarga bo‘lgan iste’mol talabining kalendar rejasini tuzish;

  • kapital mablag‘larni taqsimlab qurilishni moliyalashtirish grafigini tuzish.

Alohida murrakkab sharoitlarga, yangi texnologiyalarni birinchi marta qo‘llanish sharoitlarida kalendar grafikka qo‘shimcha kompleks tarmoqli grafik tuziladi, qaysiki barcha ish turlarining bog‘lanishlari ko‘rsatiladi. Yuqorida keltirilgan ishlarning har xilligi qurilishni tashkil qilish loyihasini tuzishda turli xil injener texnik xodimlar, mutaxassislar zarurligini ko‘rsatadi. Ishni bajarish loyihasi, loyihaning ishchi chizmalarini ishlab chiqish bosqichida amalga oshiriladi. U qurilishni tashkil qilish loyihasi asosida bajariladi. U rahbariyatga qurilish montaj ishlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borish uchun xizmat qiladi, hamda hisobot, nazorat va qurilishni bajarishni tezkor rejalashtirish uchun ham xizmat qiladi. Qurilishning ishni bajarish loyihasi bosh bajaruvchi tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Uning qismlari esa tegishli subpodriyat tashkilotlarining bosh muxandislari tomonidan bosh bajaruvchi tashkilot bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling