Мавзу: suyuq va sochiluvchan moddalar sathini


ULTRATOVUSHLI VA RADIOTO‘LQINLI SATH O‘LCHAGICHLAR


Download 429.24 Kb.
bet11/12
Sana19.06.2023
Hajmi429.24 Kb.
#1622579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-Ma’ruza Мавзу suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash

ULTRATOVUSHLI VA RADIOTO‘LQINLI SATH O‘LCHAGICHLAR


Hozirgi paytda sanoatda ultratovushli sath o‘lchagichlari keng tarqalmoqda. Bu asboblar boshqa asboblarga nisbatan kontaktsizlik, yuqori aniqlik, kichik inersionlik, katta chegarada va agressiv suyuqliklarda ishlatilishi kabi bir qator muhim afzalliklarga ega. Ammo o‘lchash sxemalarining murakkabligi, shuningdek, yetarli darajada ishonchli bo‘lmaganligi sababli, bu asboblar boshqa qurilmalardan foydalanish mumkin bo‘lmagandagina ishlatiladi.



9.13 – rasm.Ultratovushli sath o‘lchagichning strukturaviy sxemasi.
Ultratovushli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik, gaz (havo) chegarasidan tovush to‘lqinlarining qaytish prinsipiga asoslangan. Ultratovush impulsining havo va o‘lchanayotgan muhit (suyuqlik) chegarasi sirtidan qaytish kattaliklari akustik qarshilikning keskin farqi natijasida sodir bo‘ladi. 6.13-rasmda ultratovushli sath o‘lchagichning strukturaviy sxemasi ko‘rsatilgan.
Impuls ultratovushli tebranishlar generatori 1 dan nurlatgich 2 orqali sathi o‘lchanayotgan sig‘imga uzatiladi. Ultratovush go‘lqinlar o‘lchanayotgan muhitda tarqaladi va suyuqlik-havo chegarasidan qaytadi. Qaytgan to‘lqinlar muhitdan teskari yo‘nalishda o‘tadi, nurlatgich 2 ga o‘xshash ultratovush tebranishlar qabul qilgichi 3 ga keladi, u yerdan ultratovushli impuls kuchaytirgich 4, vaqt oralig‘ini hisoblaydigan qurilma 5 va o‘lchash asbobi (potensiometr) 6 ga keladi.
Suyuqlik sathi o‘lchash impulsining yuborilishi va qaytishi orasidagi τ vaqt bo‘yicha aniqlanadi,

ya’ni
τ 2H
C

(6.21)


bu yerda, H suyuqlik sathi; C suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi.
Vaqt o‘lchagichda olinadigan akslangan (qaytgan) signalning kechikish vaqtiga mutanosib bo‘lgan o‘zgarmas kuchlanish shkalasi sath birliklarida darajalangan potensiometrga beriladi. Nurlatgich sifatida bariy titanat, pezokvars, magnitostriksion elementlar ishlatiladi. Ko‘pincha ultratovushli tebranishlarni yuboradigan va qabul qiladigan asbob sifatida bir qurilmadan foydalaniladi. Bu qurilma o‘lchash jarayonining boshida nurlatgich vazifasini bajarib, impuls yuborilganidan so‘ng qabul qilgich sifatida ishlaydi.
Ultratovushli sath o‘lchagichlar 45 mm dan bir necha o‘n metrgacha o‘lchash diapazoniga ega. Ulchanayotgan muhit harorati -50 °S dan +200 °S gacha yetishi mumkin. Yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolik ±2,5 %.

Download 429.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling