Мавзу: suyuq va sochiluvchan moddalar sathini


RADIOIZOTOPLI SATH O‘LCHAGICHLAR


Download 429.24 Kb.
bet10/12
Sana19.06.2023
Hajmi429.24 Kb.
#1622579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-Ma’ruza Мавзу suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash

RADIOIZOTOPLI SATH O‘LCHAGICHLAR


Radioizotopli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi yutish qobiliyati turlicha bo‘lgan ikki muhitdan o‘tayotgan nurlarning qayd qilinishi va muhitlarning chegarasi o‘zgarishi bilan nurlanish o‘zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli sath o‘lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai va nurlarni qabul qiluvchilardan iborat. Nurlanish manbai sifatida o‘zidan j nurlar chiqaradigan Со60, Cs137, Се75 va boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul qiluvchi sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi, ssintilyatsion hisoblagichlar yoki yarimo‘tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor chiqishida paydo bo‘lgan impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va sath o‘zgarishiga muvofiq elektr signalga aylanadi.
j-nurlanish jadalligini kamaytirish qatlam qalinligiga qarab, quyidagi eksponensial munosabat bilan ifodalanadi:
Iх=I0ехр(-μх) (6.20)
bu yerda, I0 – j- nurlanishning boshlang‘ich jadalligi; μ – moddaning tabiati va uning қатлами qalinligi x ga bog‘liq bo‘lgan j-nurlanishning kuchsizlanish koeffitsiyenti.
Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 6.12-rasmda ko‘rsatilgan. U radioaktiv nurlanish manbai 1, ionlovchi nurlanishni qabul qiladigan hisoblagich 2, elektr toki manbai 3, qarshilik 4, elektron kuchaytirgich 5 va o‘lchash asbobi 6 dan iborat. Hisoblagich metalldan yasalgan silindr bo‘lib, ichi inert gaz bilan to‘ldirilgan. Silindr markazida undan izolyator bilan ajratilgan metall sim o‘rnatilgan. Silindr devori elektr manbaining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan. Silindr inert gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lgani uchun hisoblagich zanjirida tok bo‘lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta’sir etib, undagi inert gaz ionlanishi boshlangandagina hisoblagich 2 va qarshilik 4 занжирида ток ҳосил бўлади. Бу ток миқдори инерт газнинг ионланиш даражасига боғлиқ bo‘ladi. Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbai bilan hisoblagich orasiga o‘rnatilgan idish ichidagi suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Idishdagi suyuqlik balandligi nur yo‘lini to‘la berkitsa, rezistordan o‘tadigan tok nolga yaqin bo‘ladi, nur yo‘li ochilishi bilan, ya’ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Idish ichidagi suyuqlik balandligi ana shu rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan o‘lchanadi. Buning uchun rezistordagi kuchlanish miqdori oldin elektron kuchaytirgich 5 yordamida kuchaytiriladi, so‘ngra esa o‘lchash asbobi 6 ga uzatiladi.
Radioizotopli sath o‘lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu asboblar sath o‘lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga oshiradi; ular ochiq va berk idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin, o‘lchanayotgan muhit bilan asbob orasida hech qanday mexanik bog‘lanish bo‘lmaganligi sababli agressiv suyuq va sochiluvchi moddalarning balandligini o‘lchash mumkin. Asboblar ko‘rsatishining aniqligi va stabilligi muhit holatining (harorat, namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik va boshqa fizik xossalarning) o‘zgarishiga bog‘liq emas. Barcha radioizotopli asboblarning umumiy kamchiligi radioaktiv nurlarning tirik organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning xatoligi ±0,5-1% dan oshmaydi. Bular asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish mumkin bo‘lmagan hollardagina qo‘llaniladi.



Download 429.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling