Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish
Download 164.39 Kb.
|
Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish.
Chalqancha krol’ usuliChalqancha krol’ usuli ham ancha qadimiy sportcha suzish usullaridandir. Masalan, u olimpiada o`yinlari dasturida dastlab 1904-yili Sent-Luis (AQSH)da bo`lib o`tgan musobaqada kiritildi. Bu III Olimpiadada faqat erkaklar qatnashgan edi. 1924-yili Parij (Frantsiya)da bo`lib o`tgan Olimpiadadan boshlab, bunday musobaqalarda ayollar ham qatnashadigan bo`ldi. 1964-yili Tokio (Yaponiya)da bo`lib o`tgan XVIII Olimpiadada erkaklarning 100 m masofaga suzish dasturi 200 m qilib o`zgartirildi. 1968-yilgi Mexiko (Meksika)da bo`lgan XIX Olimpiadada mazkur usulda suzish bo`yicha ikki xil masofa belgilandi. Ya`ni ayollar ham, erkaklar ham 100 va 200 metrga musobaqalashadigan bo`ldilar. Bu dasturga keyinchalik 50 metr masofa ham kiritildi. Shunday qilib, hozir chalqancha krol’ usuli bo`yicha 50, 100 va 200 metr masofalarga suzish dasturlashtirilgan. Ammo bu usulda suzishning texnikasi borgan sari takomillashtirib borildi. Masalan, 1973- yili jahon chempioni bo`lgan, ikki marta olimpiada chempionligini qo`lga kiritgan AQSHlik M. Bellount va qator musobaqa sovrindorlari: S. Etvud (AQSH), A. D’yarmat (Vengriya), e. Brigita (Gollandiya) va boshqalar chalqancha krol’ usulida suzish musobaqalarida suzish texnikasiga o`zlariga xos elementlarni qo`shib, ajoyib san`atlarini namoyish etdilar. Masalan, ular qo`l bilan uzluksiz, chuqur eshishga, qo`lni tirsakdan 90-100° gacha bukishga, elka og’ishiga, tanani gorizontal holatda yaqinroq keltirishda ancha yutuqlarga erishdilar; boshlari suvda bir tekislikda turgani holda, oyoqlari kichik amplitudada ketma-ket muntazam harakat qildilar. Shunday qilib, suzishning bu usuli bo`yicha olib borilgan qator musobaqalarda sportchilar uning takomillashgan zamonaviy texnikasiga erishdilar. Chalqancha krol’ usulida suzish ko`krakda krol’ usulida suzishga o`xshashdir. Buning o`ziga xos ko`zga tashlanib turadigan tomoni odam suvda chalqancha yotib harakat qiladi. Oyoqlar bilan qo`llar to`xtovsiz navbatlashib harakat qiladi, nafas olish ham, chiqarish ham suvdan tashqarida bo`ladi, gavda gorizontal holatga yaqin turadi (8° atrofida), ensa suv ichida, yuz suv sathida, engak bo`yinga xiyol tortilgan bo`ladi (3.2-rasm). 3.2-rasm
Download 164.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling