Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish
Download 164.39 Kb.
|
Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Del’fincha suzish
AdabiyotlarN.J. Bulgakova. Sportivnoye plavaniye. Uchebnik – М. 1996. V.M.Korbut, R.G.Israilova, V.I. Voljin. Suzish. – Toshkent, 2018. B.B.Ibragimov, M.B.Ibragimov. Jismoniy madaniyat va sport (Jismoniy tarbiya). – Buxoro, 2019 G.Kuvaldin (Leningrad), V.Mazapov (Moskva), YU.Gromak (L’vov), L.Barbiera (Kiev), T.Lekveishvili (Tbilisi), Nadejda Stavko (Dnepropetrovsk), I.Omel’chenko (Batumi), S.Mashkovtsev (Leningrad), E. Belkovskiy, B. Lksepov (Gor’kiy), I.Potyakin, L.Dobroskokin va hozirgi kundagi suzuvchilarimiz V.Dolgov, O.Gavrilenko, V.Kuznetsov, V.Shemetov, I.Polyanskiy, S.Zabolotnov, qizlardan L.Gorchakova, E.Kruglova, I. Orlyuk, I. Shibaeva va boshqalar shular jumlasidandir. Del’fincha suzishDel’fincha suzish yoki batterflyay usulida suzish brass usulida suzishning bir turi sifatida maydonga keldi. Uning sportcha suzish turi o`rnida rivojlanib, takomillashib borishida ko`pgina sportchilar salmoqli hissa qo`shdilar. Masalan, 1936-yili B. Boychenko 100 metrga, 1941-yili 200 metrga suzish bo`yicha olib borilgan musobaqalarda o`sha davrning jahon rekordchisi bo`ldi. Ammo bu paytlarda suzishning bu usuli hali mustaqil sport turi deb tan olinmagan edi. Faqat 1953-yili FINA maxsus qaror qabul qilib, suzishning bu del’fincha usulini suzish sportining mustaqil turi ekanligini rasmiy xabar qildi. Shundan keyin olimpiada o`yinlarida bu usulda bellashuvga ayollar uchun 100 metr, erkaklar uchun 200 metrli dastur kiritildi. 1968-yildagi Mexiko (Meksika)da bo`lgan XIX Olimpiadada yana ikkita programma: ayollar uchun 200 metr, erkaklar uchun 100 metrli masofada musobaqalashish qo`shildi. Shu yo`sinda suzishning bu usuli rivojlanib bordi, uni bajarish texnikasi esa takomillashaveradi. Natijada 1972-yilgi Myunxen (GFR)da, 1976-yilgi Monreal’ (Kanada)da o`tkazilgan XX va XXI Olimpiada o`yinlarida ikki zarbli texnika usuli amaliy jihatdan eng afzal usul deb tan olindi. Bunda qo`llar yordamida qattiq zarb bilan eshish, eshish vaqtida tirsaklarni yuqori tutish, o`rtacha amplitudada gavda bilan to`lqinsimon harakat qilib borish, ikki zarbli del’fincha suzish usulining eng zarur elementlari sifatida ma`qullandi. Del’fincha suzish usuli ikkala qo`l va ikkala oyoq bilan bir vaqtda, simmetrik ravishda bajarilgan tananing to`lqinsimon harakatlari majmuasini o`z ichiga oladi. Uning ayrim harakat elementlari borki, bular ko`krakda krol’ usulida suzishdagiga o`xshash bajariladi, tezligi jihatidan undan keyingi, ya`ni ikkinchi o`rinda turadi. Biz quyida ikki zarbli del’fincha suzish usulining texnikasi xususida to`xtalamiz. Bunda har bir tsikl bir marta qo`llar bilan harakatlanib, ikki marta oyoqlar bilan zarb berish va bir marta nafas olib, bir marta nafas chiqarish bilan tugaydi. Suzuvchining gavdasi suv yuzida qo`l - oyoqlari uzatilgan, boshi yuzni suvga botirgan holatda bo`ladi (3.3-rasm). 3.3-rasm Download 164.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling