Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish
Suv muhiti bilan tanishtiruvchi mashg’ulotlar
Download 164.39 Kb.
|
Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish.
Suv muhiti bilan tanishtiruvchi mashg’ulotlarBunday mashg’ulot odatda, besh bosqichda: basseyn yoki ochiq suv havzasining eng sayoz, suvning oqim tezligi minutiga 10 m dan oshmagan, suv harorati 25-28°S (yozda 18-24°S)dan past bo`lmagan maskanda olib boriladi. Ma`lumki, suzishni bilmagan odam hech qachon suv bilan tanishmay turib, suzishni o`rganib keta olmaydi. Shuning uchun suzishga o`rgatishda yuqoridagi bosqichlarga asoslanish zarur. Jadvallardan ko`rinib turibdiki, mashqlar asta-sekin murakkablashib borgan. Chunki suv bilan tanishuvda har bir bosqichdagi mashqlar oldiga ma`lum maqsad va vazifalar qo`yilgan. Masalan: I bosqichda yurish va yugurish mashqlarini o`tishdan maqsad bolalarni basseynning chuqurligi bilan tanishtirish, oyoq ostida tayanch borligiga ishonch hosil qilish va suvdan cho`chimaslikka o`rgatishdir. Qo`llarni har xil holatda tutib yurishda esa suvning qarshiligini his etish, qo`llar bilan eshish harakatini bajarganda suvda yengil va tez yura olishni sezishga o`rgatish kerak bo`ladi. Bir- biriga suv sepishda esa suvning tomchilaridan, sakraganda esa suvda sirpanib ketishdan cho`chimaslikka o`rgatiladi. bosqichda asta-sekin suvdan cho`chimaslikka, suv yuzida gavdaning ma`lum vaqtgacha qalqib tura olishi, so`ng oyoq qismlar nima uchun cho`ka boshlashi tushuntiriladi. Anatomiyadan ma`lumki, og’ir suyaklar, ya`ni chanoq, son va boldir suyaklari asosan odamning bel qismidagi pastda joylashgan. Gavdaning yuqori qismida esa tog’aylar va yengil a`zolar joylashgan. «Po`kak» mashqini bajarganda chuqur nafas olib, g’ujanak bo`lib tizzani quchib tursak, xuddi po`kak, koptok yoki shar singari suv yuziga qalqib chiqish mumkin. «Meduza», «Yulduzcha» mashqlarida ham chuqur nafas olinsa, (ko`krak qafasi kengayadi, ammo tana vazni oshmaydi), ma`lum vaqtdan so`ng oyoq uchlari cho`kib, odam asta-sekin vertikal holatga kelib qoladi. Demak, odam gavdasi quyi qismining solishtirma og’irligi ko`krak qafasi joylashgan yuqori qismining solishtirma og’irligidan ortiq. bosqichda suvda bolalarni sirg’anish va gavda muvozanatini saqlashga o`rgatiladi. Chunki sirg’anishni to`g’ri bajargan bolalar sportcha suzish usullari texnikasini tez o`rganadilar. Bu esa keyinchalik start va burilish paytlarida masofadan yutishga yordam bedadi. Masalan, 25 metrli basseynda 50m suzish kerak deylik, bunda bolalar startdan chiqqanda 5-6 metr sirg’ansalar, katta yutuqqa erishgan bo`ladilar. Download 164.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling