Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish


Reja 3: Suvda sirg’anish mashqlari


Download 164.39 Kb.
bet4/19
Sana23.04.2023
Hajmi164.39 Kb.
#1392576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish.

Reja 3: Suvda sirg’anish mashqlari


Vaznining solishtirma og’irligi o`rtacha bo`lgan kishilarga o`z muvozanatini suvda saqlash oson bo`lsa, gavdasi og’ir kishilarga qiyin bo`ladi. Ko`pchilik odamlar gavdasining gorizontal holatini faqat sirg’anish orqali saqlashadi, depsinganda olingan sirg’anish tezligi pasayishi bilan oyoqlar sekin-asta suvga bota boshlaydi. Suv yuzasida yotgan odam siljimasdan turib, muvozanat saqlab turgan paytda gavdaning biror joyini o`zgartirmoqchi bo`lsa, muvozanati buziladi. Chunki bosim markazining holati og’irlik markaziga nisbatan o`zgaradi.
Suzuvchi sirg’anish mashqida depsinib, gavdasi bilan suv sathida cho`zilib yotadi, ko`p kuch sarflamasdan oldinga asta siljiy oladi. Tabiiyki, gavdaning erkin
holati boshni qanday tutishga va o`pkaning havo bilan to`lish darajasiga bog’liq bo`ladi. Bosh ortiqcha ko`tarib yuborilsa, gavda muvozanati buziladi, bunda oyoqlar pastga tushadi va yelka-bo`yin muskullari taranglasha boshlaydi. Natijada, odam yaxshi suza olmaydi. Demak, suvda sirg’anish mashqlarini to`g’ri bajarish zarur.
1-mashq. Suvda (belgacha chuqurlikda) ikki oyoqlab qattiq depsining (albatta, chuqur nafas olib), suv yuzasida cho`zilgancha ko`krakda yoting, qo`llar oldinda, bosh qo`llar orasida bo`lsin, oyoqlar uchini ichkariga sal bukib sirg’aning. 2-mashq. Chalqancha yotgan holatda sirg’anish. Ko`krakkacha suvda turib, qo`llarni yuqori ko`taring, chuqur nafas oling, nafasni tutib, orqaga suv tagidan depsinib, sirg’anib chalqancha yoting. Bosh tepaga qaragan: oyoqlar birlashgan, uchlari cho`zilgan bo`ladi. Mashqlar basseyn devoridan itarilib, bir necha marta
takrorlanadi va kim uzoqroqqa sirg’anish o`ynaladi.

Suzish usullari


Yuqorida aytib o`tilganlardan ma`lum bo`ldiki, har qanday sportdagi suzish texnikasi ma`lum qoidaga asoslangan harakat va holatlar majmuasidan iborat ekan. Bu harakat va holatlar asosan beshta bo`lib, bular: 1) gavda holati; 2) oyoqlar harakati; 3) qo`llar harakati 4) nafas; 5) harakatlarning umumiy uyg’unlashuvidan iborat. Har qanday sportdagi suzish usullarining negizi deyarli shularga asoslanadi. Shulardan kelib chiqib, butun suzish usullarini ikki guruhga bo`lish mumkin. 1. qo`l va oyoqlarni navbatma-navbat harakatlantirib suzish. Bunga: a) ko`krakda krol’ usulida suzish va b) chalqancha krol’ usulida suzish kiradi; 2. qo`l va oyoqlarni bir vaqtda harakatlantirib suzish. Bunga: a) brass usulida suzish va b) batterflyay usulida suzish (buni del’fincha suzish ham deyiladi) kiradi (del’finlarning suzishini ko`z oldingizga keltiring). Yonboshlab suzish sportda o`z ahamiyatini yo`qotgan. U ba`zi o`yinlarda va maxsus talab qo`yilgan paytlarda qo`llaniladi, xolos. Endi bularga alohida-alohida to`xtab o`tamiz.

Download 164.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling