Mavzu: Tabiatda suvning tarqalishi va taqsimlanishi


Suvning tabiatda aylanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan tuproq, o’simlik, hayvonot olami­ning ehtiyojlari ta’minlanadi, jilg’alar, soylar, daryolar va ko’llar suvga to’ladi


Download 0.93 Mb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1483030
1   2   3   4
Bog'liq
Tabiatda suvni tarqalishi va taqsimlanishi

Suvning tabiatda aylanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan tuproq, o’simlik, hayvonot olami­ning ehtiyojlari ta’minlanadi, jilg’alar, soylar, daryolar va ko’llar suvga to’ladi.

  • Suvning tabiatda aylanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan tuproq, o’simlik, hayvonot olami­ning ehtiyojlari ta’minlanadi, jilg’alar, soylar, daryolar va ko’llar suvga to’ladi.
  • Okean yuzasidan bo’lgan bug’lanish, kondensatsiya va okeanga tushadigan yog’indan iborat kichik aylanishdan tash­qari suvning yana ikki xil aylanishi­alohida olingan ma­terik doirasidagi va katta, ya’ni butun Yer kurrasi miqyosidagi aylanma harakati farq qiladi. Suvning materik doirasidagi aylanishi unga chetdan namlik kelishi, yog’in­sochinlar, atmosfera oqimi, ya’ni namlikning chekka hududlardan materik ichkarisiga olib borilishi, bug’lanish va daryo oqimidan tashkil topadi. Suvning katta aylanishi ham materiklardagi, ham okeanlardagi suvning barcha turdagi aylanishini o’z ichiga oladi. Quruqlikdan daryo oqimi ko’rinishida okeanlarga yoki ular bilan tutash bo’lgan dengizlarga qaytib tushgan suv katta suv aylanishi jarayonini tugallaydi. Shunday qilib, Dunyo okeani, atmosferadagi namlik va quruqlik suvlari yago­na tizim sifatida o’zaro bog’langandir.

Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo’lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar va dengizlarga quyilsa, bir qismi materiklar ichida qoladi. Quruqlik yuzasining katta qismi (78 foizi) Dunyo okeaniga tomon qiya bo’lib, u yerda hosil bo’lgan daryo oqimi okeanlarga kelib tushadi. Quruqlikning bu qismi okeanga tutash yoki chekka oqimli hududlar deb ataladi. Daryolari suvi bevosita okeanga kelib tushmaydigan hududlar ichki oqimli hududlar yoki berk (okeanga nisbatan) hududlar deb nomlanadi.

  • Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo’lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar va dengizlarga quyilsa, bir qismi materiklar ichida qoladi. Quruqlik yuzasining katta qismi (78 foizi) Dunyo okeaniga tomon qiya bo’lib, u yerda hosil bo’lgan daryo oqimi okeanlarga kelib tushadi. Quruqlikning bu qismi okeanga tutash yoki chekka oqimli hududlar deb ataladi. Daryolari suvi bevosita okeanga kelib tushmaydigan hududlar ichki oqimli hududlar yoki berk (okeanga nisbatan) hududlar deb nomlanadi.
  • Yer kurrasida chekka oqimli hududlar 117 mln.km2 ni, ichki oqimli (berk) hududlar esa 32 mln.km2 ni tashkil eta­di. Eng katta ichki (berk) oqimli hududlarga Orol­Kaspiy havzasi, Afrikadagi Chad ko’li havzasi, Sahroi Kabir, Ara­biston va Markaziy Avstraliya cho’llari misol bo’ladi. Yer kurrasining suv muvozanati
  • Yuqorida gidrosferada mavjud bo’lgan umumiy suv hajmi 1,386109 km3 ga teng ekanligi qayd etildi. Lekin, tabiatdagi yillik suv aylanish jarayonida uning nisbatan juda kam qismi, ya’ni 518600 km3 yoki umumiy suv hajmi­ning 0,037 foizi ishtirok etadi.
  • Dunyo okeani suvi sathining doimiyligini e’tiborga olib, ayni geologik davr uchun gidrosferadagi suv zahira­sini hamda suv aylanish jarayonida ishtirok etadigan suv hajmini o’zgarmas deb hisoblash mumkin. Natijada Yer kur­rasida namlik aylanishi jarayonida iishtirok etayotgan kirim (atmosfera yog’inlari) va chiqim (bug’lanish) qismlari o’rtasida ma’lum tenglik­muvozanat mavjud bo’ladi. Ushbu tenglik (balans)ni Yer kurrasi va uning ayrim qismlari (Dunyo okeani, chekka oqimli hudud, ichki oqimli hudud) uchun suv muvozanati tenglamalari ko’rinishida ifodalash mum­kin.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling