Mavzu: Tabiiy va sun’iy ekosistemalar


Download 18.96 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi18.96 Kb.
#155296
Bog'liq
biologiya fanidan mustaqil ish


Mavzu: Tabiiy va sun’iy ekosistemalar.

Reja:

  1. Ekosistema nima?

  2. Ekosistemaning asosiy vazifalari

  3. Markaziy Osiyo regionining ekosistemasi.

Ekosistema (yunoncha oykos – yashash joyi, sistema - uyushma) moddalar, energiya va informatsiya oqimlari orqali o’zaro bog’langan har xil turga mansub organizmlar va muhit yig’indisidir. Ekosistema tushunchasi fanga 1935-yil A.Tensli tomonidan kiritilgan. Ekosistema va biogeotsenoz tushunchalari ko’pincha bir ma’noda ishlatilsa ham bu tushunchalar sinonimlar emas. Ekosistemalar o’z o’lchamlari va murakkabligi jihatidan xilma-xildir. Biogeotsenozlar ma’lum, aniq chegaralarga ega, ekosistemalarning aniq chegarasini ajratish qiyin. Bir tomchi suv o;zidagi mikroblari bilan, chiriyotgan to’nka o’zidagi mikroorganizmlari, zamburuqlari, mayda umurtqasiz hayvonlari bilan kichik ekosistemalarga misol bo’la oladi. Eng katta ekosistema biosferadir. Ekosistema tarkibiga bir nechta biotgeotsenozlar kirishi mumkin. Shunday qilib, ekosistema biotsenozga nisbatan keng ma’nodagi tushunchadir. Har qanday biogiotsenoz ekosistemadir, lekin har qanday ekosistemani biogeotsenoz deb bo’lmaydi.

Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy ekosistemalarga hovuzlar, dengizlar, o’tloqlar, chakalakzorlar, o’rmonlar va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

O’ziga hos o’simliklar dunyosi va landshaftiga ega bo’lgan biogeotsenozlar biogegrafik zonallik bilan ham chambarchas bog’liq bo’ladi. Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regional ekosistemalar yoki biosistemalar hosil bo’ladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, o’rmon, cho’l, dasht va tropic o’rmonlar misol bo’ladi.

Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga ko’llar, daryo va botqoqliklar kiradi. Juda katta maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, ichimlik suvi manbayi, sug’oriladigan yerlar uchun suv rezervi hisoblanadi.

Dengiz ekosistemalariga sathining 70 foizini egallovchi ochiq dengizlardan tashqari qirg’oqlar bo’yidagi continental shelf ham kiradi. Bunday ekosistemalar hayvon va o’simliklarning xilma-xilligi, plankton va bentosning (suvda muallaq bo’ladigan, suv tubida yashaydigan mikroorganizmlar), sodda hayvonlar va tuban suv o’tlari juda ko’p miqdorda bo’lishi bilan ta’riflanadi. Continental shelflarda asosan sanoat baliqchiligi rivojlangan. Dengiz limanlari – qirg’oq ko’rfazlari va daryolarning quyilish joylari baliqqa va boshqa dengiz organizmlariga juda boy bo’ladi.

Markaziy Osiyo regionining ekosistemasi. Bu regionning fizik – geografik sharoiti va lanshafti ham juda xilma-xildir. Shimolik-g’arbiy hududlar tipik cho’l va chala cho’llardan iborat bo’lib, quruq issiq yozi, juda sovuq qishi, yog’ingarchiligining kam bo’lishi bilan ta’riflanadi. Biologic maxsuldorlikni cheklovchi omili namlikning kamligi hisoblanadi. Yog’ngarchilikning yillik miqdori 200 mm dan oshaydi, asosan yog’ingarchilik qish - baxor faslida kuzatiladi. Markazik osiyodagi eng sersuv va katta daryolar: Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari.

Cho’l hududlarida yog’ngarchilik muqdorining ancha pastligi tufayli u yerlarga asosan lalimi ekinlar ekiladi. Markaziy osiyoda yangi yerlarning ochilish va suvning tartibli ishlatilmaganligi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvlari qishliq xojaligiga ko’p sarflandi. Buning oqibatida Orol dengiziga daryo suvlari yetib bormay qurib qoldi. Orol dengizi daryo suvlari quyilmaganligi sababli quriy boshladi va hozirda Orol dengizining 4dan 1 qismi qoldi.



Markaziy osiyo regioni 4 ga bo’linadi:

  1. Cho’l

  2. Yaylov

  3. Adir

  4. Tog’

Download 18.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling