Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati, uning turlari va asosiy belgilari


 Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari


Download 52.72 Kb.
bet3/6
Sana04.11.2023
Hajmi52.72 Kb.
#1745961
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Tadbirkorlik faoliyati, uning turlari va asosiy

2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari
Hozir jahonda xo’jalik yuritish shakllarining turli tumanligiga mos ravishda
tadbirkorlikning davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash shakllari mavjud.
Hozir jahonning ko’pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligiga, milliy
daromadning 20 foizidan 50 foizigacha ulushi to’g’ri keladi. Davlat korxonalari
ko’pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan yoki
katta kapital qo’yilmalar talab qiladigan tarmoqlarda tuziladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga
bo’lish mumkin:
–byudjet korxonalari;
–davlat ishlab chiqarish korxonalari;
–aralash kompaniyalar;
Byudjet korxonalari huquqiy va xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lmagan
korxonalardir. Ular davlatning ma’muriy – boshqarish tizimiga kiradi va olgan
foydadan soliq to’lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali
o’tadi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng tarqalgan
tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular mol-mulkka ega bo’lib, xo’jalik faoliyati bilan
birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini
ham bajaradi, ya’ni davlat korporatsiyalari o’zida tijorat korxonalari va davlat
organlari belgilarini mujassamlashtiradi.
Aralash kompaniyalar. Ular hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan
shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aktsiyalar paketi davlatga taalluqli bo’ladi. Shu
bilan birga, ular ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bular davlat tomonidan pul va
dotatsiyalar berilishi, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat
korxonalari bilan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy belgilangan narxlarda



8
o’zaro yetkazib berish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan


ta‘minlanganlik va shu kabilar.
Jamoa tadbirkorligi jamoa mulkiga asoslanadi va uning a’zolari faoliyatida o’z
mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona korparatsiya tomonidan
xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va
ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo’ladi.
Shaxsiy tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish
o’zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi
uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy
javobgar bo’ladi. Bu odatda kichik savdo shahobchalari xizmat ko’rsatish sohasidagi
korxonalar, dehqon xo’jaliklari, hamda huquqshunos va hakamlarning malakaviy
kasbi doirasida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Faoliyat turining mazmuniga bog’liqlikda tadbirkorlikning quyidagi turlari
farqlanadi:
- Ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik. Tadbirkorlikning mazkur shaklida
tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, axborot berish va ma’naviy qimmatliklar
yaratish amalga oshiriladi.
- Tijorat sohasidagi tadbirkorlik tovar va xizmatlarni sotish bo’yicha
bitimlarni amalga oshirishga qaratiladi;
- Moliyaviy tadbirkorlikda sotish-xarid qilish vositasi pul, valyuta, qimmatli
qog’ozlar hisoblanadi;
- Vositachilik tadbirkorligi tomonlarning o’zaro bitimlaridan manfaatdorligini
bog’lovchi faoliyatda namoyon bo’ladi.



9
Tadbirkorlikning tashkiliy-iqtisodiy shakllari tadbirkorlar faoliyatini tashkil


qilish sohasi bo‘yicha kelishuvlarni tavsiflab, ular Kartel
1
, Sindikat
2
, Konsorsium
3
,
Konsern
4
to‘pida bo‘lishi mumkin:
Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik
(aksionerlik) jamiyatlaridir.
Ancha katta va yirik ishlarni bajarishlari uchun qatnashchilar o’zlarining
mehnatini, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul
resurslarini birlashtirishlari lozim bo’ladi.
Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo’jaligi va
avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya va
G’arbiy Yevropadagi barcha yetakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari sanoat,
savdo, sug’urta ishi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning yetakchi
tashkiliy-huquqiy shakli bo’lib qoldi.
Aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim
tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining hissasini
qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish, korxonani
boshqarish va tugatilganda mulkiga sheriklik huquqi borligiga guvohlik beruvchi
qimmatli qog’ozdir.
Aksiya kursi. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati
deyiladi, aksiya bozorida sotiladigan narx aksiya kursi deyiladi.
1
Kartel (ital. cartelio – qog’oz, hujjat) bitta sanoat tarmog’ida bir nechta korxonalarning uyushmasi
2
Sindikat (lot. sindicatus – ishonchli vakil) bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi
3
Konsorsium (lot. consortium - shirkat, ishtirok etish) tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda
amalga oshirish maqsadida birlashuvi
4
Konsern (concern- ishtirok, manfaat) rasmiy jiahtdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalarning majmuini o’z
ichiga oluvchi birlashma



10
Aksiya kursi olinadigan dividend miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda foiz


stavkasiga esa teskari mutanosiblikda bo’ladi. Aksiya bo’yicha olinadigan daromadi
bankka qo’yilgan puldan keladigan foizdan kam bo’lmasa, u sotib olinadi.
Ssuda foizi o’sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda
yuqori darajada ortsa, aksiya kursi ko’tariladi.
Aksiyaning haqiqiy bozor kursiga dividend va ssuda foizi darajasi bilan birga,
unga bo’lgan talab va taklif nisbati ham ta’sir qiladi. Hissadorlik jamiyatlari aksiya
bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul
qo’yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy mablag’larini
ko’paytirish uchun chiqariladi.
Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori
hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aktsiyadan farq qilib, o’z egasiga yillik
kafolatlangan daromad keltiradi, ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda
ovoz berish huquqini bermaydi.
Ta’sischilik foydasi. Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi
kabi daromad turining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan
aktsiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori
o‘rtasidagi farqdan iborat.
Dividend. Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend
ham shakllanadi. Dividend (lotincha dividendus – bo’lishga tegishli) – aksiya
egasiga to’lanadigan daromad. Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli
qog’ozning shu turiga qo’yilgan pul mablag’larining tegishli qismiga o‘zining
mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat
hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi
jamg’arishga, soliq to’lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan
foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog’liq va uning darajasi odatda ssuda
foizidan yuqori bo’ladi.



11
Odatdagi aksiyalar bo’yicha dividend miqdori hissadorlik jamiyati joriy yilda


olgan foyda miqdoriga bog’liq. Imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividend miqdori esa
joriy yildagi foyda miqdoridan qat’iy nazar qayd qilingan foiz shaklida o’rnatiladi.
Jamiyat tugatilgan taqdirda imtiyozli aksiya egasiga shu maqsadda qo’yilgan
mablag’ uning nominal qiymati bo’yicha qaytariladi.
Respublikada aksionerlik jamiyatlarni rivojlantirishning asosiy yo’nalishi davlat
mulkchiligidagi yirik va o’rta korxonalar negizida ochiq hissadorlik jamiyatlari
tuzish hisoblanadi. Shu bilan birga ilgari tuzilgan yopiq turdagi jamiyatlar ochiq
turdagi aktsionerlik jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko’zda tutilgan.
Buning ma’nosi shuki, aksionerlik jamiyatiga o’tish jarayoni respublika
aholisining keng qatlamlari uchun, shuningdek, xorijiy jismoniy va huquqiy shaxslar
uchun ochiq bo‘lishi lozim. Bunga qimmatli qog’ozlarning ochiq savdosini o’tkazib
turish, fond birjasining faoliyatini kengaytirish, investitsiya kompaniyalari,
investitsiya fondlari, kliring va agentlik tarmoqlarini tashkil qilish orqali qimmatli
qog‘ozlar bozori infratuzilmasini vujudga keltirish orqali erishiladi.


12




Download 52.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling