Mavzu: tadbirkorlik faoliyati, uning uning turlari va asosiy belgilari


Download 492.03 Kb.
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi492.03 Kb.
#1491887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TADBIRKORLIK FAOLIYATI, UNING UNING TURLARI VA ASOSIY BELGILARI

Mavzuning dolzarbligi: Kurs ishimizning mavzusining dolzarbligi shundan iboratki tadbirkorlik faoliyati turlari va shakllari haqida o’rganishdir.
Kurs ishi mavzusining maqsad va vazifalari: Kurs ishimizning mavzusining maqsad va vazifalari shundan iboratki tadbirkorlik faoliyati turlari va shakllari haqida o’rganib chiqib zarur kerakli xulosalarni berishdan iborat.
Kurs ishining hajmi: Ma'ruza matni ko'rsatilgan maqsad va vazifalarga muvofiq tuzilgan: 4 bob, kirish, xulosa va hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.


  1. TADBIRKORLIK KATEGORIYASINING MOHIYATI.



Bozor iqtisodiyotining bosh bo’g’ini tovar ishlab chiqarish va unga asoslangan tovar ayirboshlashdir. Tovar ishlab chiqarish faqat bozor uchun mo’ljallanganmoddiy mahsulotlarni yaratish bilan cheklanmay, turli nomoddiy shaklga ega bo’lgan xizmatlarni ko’rsatishni ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish esa tadbirkorlik faoliyati orqali yuz beradi.
Tadbirkorlik, odatda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida asrlar davomida evolyutsiyasi natijasida vujudga kelgan boshqaruvning ma'lum bir usuli sifatida tushuniladi. Dastlab, tadbirkorlarni baquvvat, qimor o'yinlari, xavfli operatsiyalarga moyil odamlar deb atashgan. Kelgusida biznes foyda olishga qaratilgan va qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni o'z ichiga boshladi. Tadbirkorlik murakkab va qarama-qarshi shaklda rivojlandi. Bozor munosabatlarining shakllanishi bilan birga uning dastlabki kurtaklari ham yorila boshladi. Biroq, tadbirkorlikning barqaror barqaror hodisa sifatida paydo bo'lishi 17 asrga tegishli.

Tadbirkorlik bozor iqtisodioyotiga xos bo’lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo’lib, bu ishlab chiqarishni resurslar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlatilishini tashkil etish yo’li bilan tovar va xizmatlarni yaratish, ularni bozorga yetkazib berish va foyda olishga qaratiladi.


Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.




Tadbirkorlik o’z mablag’lari yoki qarzga olingan mablag’larni biron-bir ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish sohasiga safarbar etib, foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Demak, tadbirkor- biron bir ish bilan shug’ullanuvchi inson. Shuning uchun ularni biznesmenlar yoki ishbilarmonlar deb ham yuritiladi. Biznesmen inglizcha so’zdan olingan bo’lib “business”- ish, mashg’ulot, “man”-odam) degan ma’noni bildiradi. Ayrim turkiyzabon mamlakatlarda, xususan, Turkiyada ularni ish odamlari deb atashadi. Tadbirkorlar, avvalambor, o’z manfaatlarini ko’zlab, foyda olishga intiladilar. Aksariyat hollarda ular xatarli ishga qo’l urishga tayyor bo’lgan, tashabbuskor, ishning siru asrorlarini biladigan, serg’ayrat, iqtisodiy jihatdan savodxon va huquqiy madaniyatni egallagan insonlardir.
Tadbirkorlik mehnat faoliyatining bir turidir. Lekin bir muncha murakkab va hatarli va juda ulkan masulyatli mehnat turidir. Sh sababli tadbirkorlik qobilyati ishlab chiqarishning omillaridan biri desak tog’ri bo’ladi. Tadbirkorlik yollanma mehnatdan farqlidir, boshqacha qilib aytganda u tovar va xizmatlarni yaratish bilan bevosita shug’ullanmaydi, balki ishlab chiqarishning moddiy va insoniy omillarini birikishini tashkil etish, uning yaxshi natija berishini taminlaydi.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining katagoriyasidir, chuinki bu bozor qonun- qoidalariga asoslangan faoliyat hisoblanadi. Buni umumiqtisodiy kategoriya bo’lgan tejamkorlik va ishbilarmonlikdan farqlantirish kerak. Bular azaldan bo’lgan, ular cheklangan resurslardan yaxshi foydalanib, cheksiz ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Biroq bunga har hil vositalar yordamida erishiladi. Tadbirkorlik bozo iqtisodiyotiga xos bo’lgan usuldir, chunki bu bozor qonun – qoidalariga asoslanadi, u yaratgan iqtisodiy vositalar yordamida amalga oshadi. Tadbirkorlik maxsus guruhga mansub kishilarning foyda topish borasidagi iqtisodiy xatti harakatlarni anglatadi.
Tadbirkorlik mohiyatan biznesning asosiy turidir. Ammo har qanday biznesni tadbirkorlik, deb bo’lmaydi. Buning uchun biznes yaratuvchanlik belgilariga ega bo’lishi lozim. Biznes keng ma’noda puldan foyda chiqarishga qaratilgan faoliyat, Ammo bunday faoliyatda yaratuvchanlik bo’lganda tadbirkorlik yuzaga keladi, ya’ni birorta ishga kapital qo’yib, resurslarni samarali ishlatib tovar va xizmatlarni yaratish tashkil etilganda buni tadbitkorlik, deb aytish mumkin. Agar kapitalning yoki boshqa bir resurslarning egasi uni ijaraga berib pul topsayu, o’zi hech narsa qilmasdan faqat riskka borish bilan cheklansa, garchi biznes bo’lsada, bu yerda tadbirkorlik yuz bermaydi. Agar biron bir inson o’zining moddiy resurslarini tovar va xizmat ishlab chiqarishga yoki yaratishga sarflasa va buldan qandaydir manfaat ko’rsa, bu tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Masalan, katta puldorlar borki, bular rante, deb yuritiladi. Ular o’z pulini bankka qo’yib foiz hisobidan mo’may daromad olib boy badavlat yashaydilar. Ular pul biznesini amalga oshiradilar. Lekin tadbirkor bo’lmaydilar. Bu yerda pulni amalda kapital sifatida aylantirib bundan foyda olgan bank tadbirkorlik qilgan bo’ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini mablag’siz amalga oshirib bo’lmaydi. Buning uchun meros qolgan mablag’ ham kor qiladi, beminnat vaqtincha foydalanish uchun berilgan mablag’ ham xalaqit bermaydi. Lekin unisi ham bunisi ham bo’lmasachi ? Unda nima qilish kerak? “Olma pish, og’zimga tush qabilida ish tutib go’yibdan keladigan baxtni kutib o’tiraverish kerakmi? Yo’q aslo bunday emas. Rivojlangan mamlakatlarning mashhur tadbirkorlari ichida o’z biznesini ko’chadagi yo’lovchi avtomashinalarni yuvish yo’li bilan, gazeta va jurnallar sotuvchi kioskalarda ular ni sotib olib, odamlar gavjum bo’lgan joylarda ustiga o’zining xizmat haqqini qo’shib yo’li orqali boyiganlar.
Shu narsani unutmasligimiz kerakki, mamlakatning obod va xalqning to’q bo’lishi, qolaversa, davlatimizning buyuk kelajagini yaqinlash ko’p jihatdan fuqorolar ning tadbirkorligi va uddabironligiga bog’liq. Prezidentimiz shunday deganlar:” Tadbirkor xalq – farovon hayotning kafolatidir”.


Download 492.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling