Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakillari. Reja: 1


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana13.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1352117
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiyot Karimov Rajabali 2

 
Konsorstium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning 
muvaqqat birlashmasidir. 


Konsalting xizmati bir marotabalik ogʻzaki maslahatlar ko'rinishida berilishi mumkin. Lekin ko'p hollarda bu 
maslahatlar konsalting loyihalari koʻrinishida berilib, oʻzida quyidagi bosqichlari aks ettiradi: 
- muammolarni aniqlash (diagnostika); - qaror va loyihalar ishlab chiqish; - qaror va loyihalarni amalga oshirish 
Loyihaning hajmiga qarab, yakuniy bosqich bir necha kundan boshlab bir necha oyni o'z ichiga olishi mumkin. 
Ayrim hollarda mijozlar bilan ishlash ko'p yillarga cho'ziladi. 
Konsultatsiya berish usullari. Bu usullar turlicha boʻlishi mumkin. Eng ko'p tarqalgani ekspert, Jarayon va o'qitish 
usulidir. 
Ekspert konsultatsiyasi-konsaltingning nisbatan passiv shaklidir. Bu yerda konsultant diagnostikani qaror va 
tavsiyalarni ishlab chiqishni oʻzi mustaqil 
allalga oshiradi. Mijoz esa konsultantni zarur axborotlar bilan ta'minlaydi xolos. 
Jarayonli konsultatsiyada esa konsalting firmasining mutaxassislari loyihani ishlab chiqishning barcha 
bosqichlarida mijozlar bilan faol munosabatda ish olib borib, ularning gʻoya va takliflarini hisobga oladi, konsultantlar 
mijozlar bilan birgalikda 
muammolarni tahlil qiladi
, takliflami ishlab chiqadi, o'qitish konsultatsiyasida esa 
mutaxassislarning asosiy vazifasi g'oyalar kelib chiqishiga zamin yaratishdir. Shu maqsadda ular mijozlar uchun 
ma'ruzalar qiladilar, seminarlar o'tkazadilar, mijozlar uchun o'quv qo'llanmalari ishlab chiqadilar va shu tariqa nazariy 
va amaliy axborot bilan ta'minlaydilar. 


Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari Konsalting xizmati bozorining o'ziga 
xos 
xususiyati shundaki
, tadbirkorlikning bu turi bilan shug'ullanuvchi firma «O'z tovarining namunasini, xizmat 
namunasini ko'rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb 
etish masalasi, o'ta muhimdir. Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga oʻz imkoniyatlarini reklama 
qilish, mijozlari vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan foydalanish kabilar kirishi 
mumkin. IV.UZ 
Eng oddiy va keng qo'llaniladi gali reklamadir. Firma turli reklama ma'lumotlarini tarqatadi, reklama 
e'lonlarini beradi, bu reklamalarda konsultatsiya berish soqasidagi narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalarga 
ishoralar aks ettiriladi. Mijozlarni jalb etishning yana bir keng tarqalgan usuli vositachilardan foydalanishdir. 
Vositachilar-firma mijozlari, rahbariyat ishonchini qozongan xodimlari bo'lishi mumkin. RXIV.UZ G'arb 
mamlakatlarida bunday vositachilami topishning maxsus uslubiyati ishlab chiqilgan. Bu maqsad uchun 
maxsus mablag'lar ajratiladi. Albatta, firma-konsultant shon-shuhratini belgilashda hal qiluvchi omil uning 
muvaffaqiyatli yakunlangan avvalgi faoliyati hisoblanadi. Yirik yoki xatto o'rta mijozlarning ijobiy bahosi eng 
yaxshi reklamadir. Vizit kartochkalari, prospektning mavjudligi, ofisdagi tartib-intizom, tashqi koʻrinish, 
xodimlarning o'zini tuta bilishi, kiyinishi, muomalasi buyurtmachilarni firma konsultant bilan hamkorlikda ish 
olib borishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Umuman olganda firma - konsultantlar kerakmi? Iqtisodiyotning 
hozirgi rivojlanish bosqichida, ya'ni ayrim korxonalarning iqtisodiy ahvoli va faoliyati oʻzgarib borayotgan, 
yangidan yangi muammolar chiqayotgan sharoitda yuqoridagi savolga faqat «ha», «zarur» deb javob bermoq 
tabiiydir. Lekin aksariyat firmalar moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligini hisobga olib, konsultantlar 
asosan korxonani muammolarini muhimligi darajasini belgilab berish uchun taklif qilinadi. 


• Adabiyotlar 

1.С.Н.Усмонов, Ю.Т.Додобоев, А.Худайбердиев. “Тадбиркорлик асослари”. “Фарғона", 
2000 

С.С.Ғуломов.“Тадбиркорлик ва кичик бизнес". Т.:"Шарқ", 200 

3.Э.Эгамбердиев, Ж.Хўжақулов."Кичик бизнес ва тадбиркорлик". Т.:"Маънавият”, 2003. 
АРХІVU 

4.В.В.Волгин. “Торговые операции". Москва, 2004 5.Н.В.Ласкина. “Международное 
торговое дело". М.:"Экзамен", 2004 

6.www.cer.ru 
7.www.uz.bussines.unitech.uz 8.www.torg.uz9.www.edu.nl 



ETIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling