Mavzu: Tafakkur operatsiyalari Reja
Download 28.54 Kb.
|
psixologiyadan3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassifikatsiyalash
- Sistemalashtirish
- tasdiqlovchi xukm
- jo‘z’iy xukm
Konkretlashtirish - xodisalarni ichki boFlanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
Psixologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishiga qaralganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob’ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz "oq" deganimizda ko‘z oldimizga kor, kogoz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq bo‘lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxuri, o‘zumni mevalar qatoriga stol- stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga kushamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izoxlash chog‘ida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o‘zidir. Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir- biriga uxshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorkin misoldir. Bunda olim elementlarni atom ogirligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O‘rganish uchun qo‘laylik to‘g‘dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko‘pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik narsalarni xodisalarni guruhlarga bo‘lish klassifikatsiyalash yoki turkumlarga bo‘lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar mo‘qovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlariga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari bo‘yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo‘ladilar. Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bo‘nda ayrim narsalar, faktlar, xodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibdajoylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o‘tkazilishi, makoniy tizimga namuna bula oladi. O‘tmishda bo‘lib utgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bula oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqka doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir. Maktab ta’limida o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu ish bir necha boskichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo‘yicha, so‘ng yahlit holda o‘quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga uxshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi boskichda bir necha predmetlar yuzasidan to‘plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning uxshash va farqdi tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to‘rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda to`tiladi. Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pogonasi hisoblanadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, shu boisdan to xozirgi kunga shdar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo‘lib hisoblanadi. Tafakkurning mantiqiy shakllari Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida xukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Masalan, metallar elektr tokini utkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin xukmlardir. Chunki elektr tokini o‘tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir. Moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa xukmda bog‘liq qilib kursatilsa, bunday xukm xato xukm deb ataladi. Masalan, xozir tashqarida yomgir yogyapti; yer kuyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato xukmlar doirasiga kiradi. Borliqdagi narsalar, xodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror xukmda aks ettirilgan aloka va munosabatlariga qarab, xukm kuyidagi turlarga bulinishi mumkin: Xukmlar sifatiga ko`ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi xukm; xukmlarning miqdoriga qarab: yakka, jo‘z’iy, xususiy va umumiy xukmga; j xukmlarning munosabatiga ko`ra: shartli, ayruvchi, va qat’iy xukmlarga; m xukm taxminiy ko‘rinishga ega bo‘lishi ham mumkin. Xukmlarda tasdiklangan yoki inkor qilingan narsalar, xodisalar, alomatlar xukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bog‘liqligi borligi aks ettirilgan xukm tasdiqlovchi xukm deb ataladi. Masalan, O‘zbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qo‘rilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi xukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolgiz narsa va xodisa to‘g‘risidagi xukm yakka xukm deb ataladi. Masalan, Toshkent - O‘zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir. Belgining biror turkumigagina taallukliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi xukm jo‘z’iy xukm deb ataladi. Masalan, ba’zi metallar elektr tokini utkazmaydilar. Qarzdor talabalar sessiyaga kuyilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalarni majburiyatga yarasha mehnat kilmaydilar. Download 28.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling