Mavzu: Tafakkur operatsiyalari Reja
Download 28.54 Kb.
|
psixologiyadan3
Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va xodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraksiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o‘zi tafakkurning mustakil ob’ekti bo‘lib koladi. Abstraksiya operatsiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to‘g‘risida emas, balki devorning oqligi to‘g‘risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yuldo‘z, elektr, olov ba’zi planetalar, ayrim tog` va xokazolarning ko‘z ungilarida yoritishni ko‘zata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to‘g‘risida muloxaza yuritiladi. Buyumlarni narsa va xodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan tatssoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va xodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, uakliga, tezligiga, ogirligiga, siymatiga va shu kabi uxshash sifatlarga sarab tatssoslanadi. Abstraksiya operatsiyasi bilan insonni surollantirish intellektual jixatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustatsil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo‘yicha yagona yunalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goxo uni guruhlarga bo‘lib o‘rganadilar. Shuningdek, maktab ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to‘g‘risida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta’limda nazariy jixatdan umumlashtirish usulini yoklab chiksalar, N.A.Menchinskaya, D.N.Bog`oyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qo‘llashni tavsiya etmokdalar. Ammo o‘quv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqozo qiladi. Psixologiyada umumlashtirishning keng qo‘llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko‘prok fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob’ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto‘g‘ri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta’kidlab kelmokdalar. O‘quvchi va talaba ba’zan predmetlarni muhim bo‘lmagan belgisiga asoslanib noto‘g‘ri umumlashtiradilar, vakolanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo`yilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari noto‘g‘ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar. Umumlashtirish, abstraksiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir bo‘lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo‘lishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va xodisalarning uxshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan uxshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va xodisalar birlashtiriladi. Umumlashtirish jarayoni so‘z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o‘z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tagin analiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko`ra turlarga bo‘lib o‘rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko`ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko‘rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo‘yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob’ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo‘ladi. Yaqqol-ko‘rgazmali umumlashtirishda narsa va xodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo‘yicha umumlashtiriladi. Umumiy mavxum belgi va xususiyatlarni yakka yolgiz ob’ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga kadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo‘lib hisoblanadi. Download 28.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling