Mavzu: Tafakkur Reja


Download 36.79 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi36.79 Kb.
#1282848
  1   2   3   4
Bog'liq
2.Оқытылатугын пәнниң тийкарғы теориялық материаллары


Mavzu: Tafakkur
Reja:
1. Tafakkur haqida tushuncha
2. Tafakkur jaraen sifatida
3. Tafakkurning turlari
4. Tafakkur formalari
5. Tafakkurning operatsiyalari
Tayanch tusincha:
Tafakkur, insayt, konvergent va divergent tafakkur, mantiq, erkin fikrlash, nostandart fikr. Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, hukm, xulosa chiqarish, tushuncha, tafakkur sifatlari, tafakkurning mazmundorligi, tafakkurning chuqurligi, tafakkurning kengligi, tafakkurning mustaqilligi, tafakkurning ixchamligi, tafakkurning tezligi, tafakkurning turlari.

İnson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun malum mano va moh’iyatga ega bwladi. Aks xolda u eslab qolmaydi h’am, keyingi safar analogik obekt bilan twqnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi h’am, figura fonga aylanib qolaveradi. Yani, biz kwrgan, eshitgan, h’is qilgan narsalarimizning barchasi manoli, kerak bwlsa, manili bwlishini xoh’laymiz. Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va h’odisalarga biz tomondan beriladigan mano h’ar bir aloh’ida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, olim uchun h’ar qanday kitob - h’aёtining manosi bwlsa, dexqon uchun er va undan olinadigan h’osil - ah’amiyatli h’isoblanadi. h’attoki, bitta narsaning wzi turli odamlar uchun turli xil mano va mazmun kasb etadi. Wsha kitob misolini oladigan bwlsak, kitob industriyasi bilan shug’ullanuvchi muh’andis uchun - ishlab chiqarish mah’suloti, kitob dwkoni sotuvchisi uchun - tovar - mah’sulot, wquvchi uchun - ilm manbai, muallif olim uchun - ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir. Har bir aloh’ida narsaga bwlgan munosabatimiz uning biz uchun qadr-qimmatiga bevosita tasir etadi, u gox ijobiy, gox salbiy bwlishi mumkin. Shu nuqtai nazardan h’am biz narsa va h’odisalarga tanlab munosabatda bwlamiz. Tilshunoslikni kasb etib tanlagan talaba uchun kibernetik modellashtirishga bag’ishlangan maruza qanchalik zerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi bwlganlar uchun pul, foyda va daromad olish ywllari h’aqidagi malumotlar shunchalik ah’amiyatli, oddiy swzning morfologik tah’lili - shunchalik befarqlik h’olatini keltirib chiqaradi. Demak, bizning dunёni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va h’odisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ah’amiyatliligi darajasi ёtadi. Ana shunday dunёni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izxor qilishimizga aloqador bilish jaraёni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi.


Tafakkur - inson ongining bilish obektlari h’isoblanmish narsa va h’odisalar wrtasida murakkab, h’ar tomonlama aloqalarning bwlishini taminlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir. Tafakkur muammolari uzoq vaqtgacha wzining murakkabligi bilan psixologlar nazaridan chetda bwlgan, u asosan faylasuflar va mantiqshunoslar fikr yuritadigan masala h’isoblangan. Psixologiya ilmining otaxoni h’isoblanmish nemis olimi Vilgelm Vundt h’am psixologiyani ikkiga bwlib - fiziologik psixologiya (eksperimental ywl bilan bilish jaraёnlarini wrganuvchi fan) va h’alklar psixologiyasi kismlariga bwlib, oxirgi psixologiyaning tarkibiga nutq va tafakkur psixologiyasini h’am kiritgan va uni eksperimental tarzda wrganib bwlmaydi, ularni tushuntirish mumkin xolos deb h’isoblagan. Bu xulosalar aslida tafakkur va fikrlash jaraёnlarining naqadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bwlsa h’am shuni taqildash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash jaraёnlari - bu bilish jaraёnlari;

  • ikkinchidan, ular h’am shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli;

  • uchinchidan, bu jaraёnlar h’am eksperimental psixologiya tomonidan wrganiladi;

  • twrtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yuqori darajadagi shaklidir.1

Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.

Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o’ynaydi.


Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi" deb ta'riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
Keltirilgan ta'riflar orasida O.K.Tixomirovning darsligidagi ta'rif nisbatan to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi:
"Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir".
Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta'riflar mavjuddir. Ularning ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir. Muallif tafakkur operasiyalari shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub'ekt faolligining paydo bo’lishi deb ataydi.

Download 36.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling