Mavzu: Tafakkurning buzilishi (demensiya)
Demensiya (aqliy zaiflik)ning besh alomati
Download 237,86 Kb.
|
Tafakkurning buzilishi (demensiya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demensiyaning turlari
Demensiya (aqliy zaiflik)ning besh alomatiBoshlanadigan demensiyani koʻrsatadigan beshta belgi mavjud va ular 40 yoshda ham paydo boʻlishi mumkin. Bu haqda Alsgeymer kasalligini oʻrganadigan Britaniya xayriya tashkilotining maʼlumotlariga asoslanib Daily Express nashri yozmoqda. Avvalo, odamda koʻrish qobiliyatining buzilishi, obyektlarning harakatlanish masofasi va tezligini baholash bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi. Ikkinchidan, nutqni toʻliq yoki qisman yoʻqotish, shuningdek fikrlarni ifoda etish uchun soʻzlarni topish qiyin boʻladi. Uchinchidan, odam tushkunlikka tushishi, asabiylashishi va oʻziga ishonmasligi mumkin. Toʻrtinchidan, demensiya rivojlanayotgan bemor vaqt va joyni yoʻqotib qoʻyaveradi. Beshinchi alomat — bu xotirani yoʻqotish. Ilgari oʻrtacha yoshdagi muntazam uyqusizlik qarilikda demensiya xavfi ortishi bilan bogʻliqligi tan olingan. Demensiya — bu orttirilgan aqliy zaiflik. Ilgari olingan bilim va amaliy koʻnikmalarning u yoki bu darajada yoʻqolishi bilan aqliy faoliyatning doimiy pasayishi. Koʻpincha, bu holat keksalik davrida kuzatiladi. Har yili dunyoda oʻn millionga yaqin demensiya kasalligi qayd etiladi. Tashxis qo‘yishda qanday xatoga yo‘l qo‘yiladi? Ma’lumki, xotira buzilishi aholi orasida ko‘p uchraydigan holat, fikrlash buzilishi esa kam uchraydi. Xotirasi pasaygan ba’zi odamlar qo‘rqib “Menda demensiya yoki Alsxaymer kasalligi rivojlangan shekilli” deb qo‘rqib yurishadi. Demensiyada xotira bilan bir qatorda fikrlash jarayoni ham buzilishi kerak. Xotirasi buzilib, fikrlash qobiliyati saqlanib qolgan bemorlarga hech qachon demensiya tashxisini qo‘yish mumkin emas. Demensiya yoki Alsxaymer kasalligi tashxisini bir necha oylik kuzatuvlarga asoslanib neyropsixolog qo‘yadi. Agar bu tashxisni nevropatolog qo‘ymoqchi bo‘lsa, albatta bemorga maxsus neyropsixologik tekshiruvlar o‘tkazishi lozim. Demensiyaning turlariDemensiyaning rivojlanishiga turli xil buzilishlar va omillar yordam beradi. Neyrodegenerativ kasalliklar neyronlar va miya faoliyatining progressiv va qaytarilmas yo'qolishiga olib keladi. Hozirda bu kasalliklarni davolovchi vositalar yo'q. demensiyaning eng keng tarqalgan besh shakli:
© Ibodullayev Z. Professor. © «Asab va ruhiyat» kitobi. Download 237,86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling