Mavzu: ta’lim jarayonining tuzilishi reja: Kirish


Download 134.5 Kb.
bet1/10
Sana09.02.2023
Hajmi134.5 Kb.
#1180290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
тимурга 2 Таълим


MAVZU: TA’LIM JARAYONINING TUZILISHI
Reja:
Kirish

  1. Ta’limning zamonaviy texnik vositalar yordamida bajarilishi

  2. O‘quv faoliyatini motivatsiyalash

  3. Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari

  4. Jismoniy tarbiya darsining tuzulishi va uni o‘tkazish metodikasi

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va jadallikda hayotga tadbiq etib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori shular jumlasidandir. Buning natijasida yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarsi keng qaror topib, sportning ommoviyligi ta’minlanmoqda.O’zbekiston sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g’alabalarni qo’lga kiritib, mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Hоzirgi kundа аmаldа o’z ijrоsini nаmоyon etаyotgаn O’zbеkistоn Respublikasi Kоnstitutsiyasi, qаtоr Qоnunlаr, jumlаdаn, “Tа’lim to’g’risidа”gi vа “Jismоniy tаrbiya vа spоrt to’g’risidа”gi qоnunlаr, Prеzidеnt fаrmоnlаri hаmdа hukumаt qаrоrlаri mаmlаkаtimizdа jismоniy tаrbiya vа spоrt sоhаsini bоzоr munоsаbаtlаrigа mоslаshtirish vа uni rivоjlаntirish sur’аtini jаdаllаshtirishgа qаrаtilgаn mоddiy-huquqiy imkоniyatlаrini yarаtib bеrmоqdа.
Butun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining turli qatlamlarini qamrab olgan samarali milliy tizim vujudga kelgani va u hozirdanoq yaxshi natijalar berayotgani xorijiy mamlakatlar tomonidan ham tan olinib, e’tirof etilayotgani quvonarli holdir. Sport turlarini rivojlantirish uchun ko’plab qonunlar va qarorlar ishlab chiqarildi. Jumladan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni, 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqilishi buning yaqqol dalilidir. Mazkur qaror va farmonlar jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning ''Davlat sport-ta'lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora tadbirlari tog'risida'' gi 2022-yil 6-iyundagi PQ-268-sonli qarori ta'sis etilgan. Bunda bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport ta’limi tizimini yangi metotlar orqali tubdan takomillashtirish iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning yangi mexanizmlarini joriy qilish, sportchilarning Olimpiya va
Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oyinlarida, boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash, bu borada trener va sport mutaxassislari mehnatini adolatli asosda rag'batlantirish maqsadida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoniga binoan ''O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish” konsepsiyasi joriy qilindi. Ushbu farmonga binoan Respublikada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 fevraldagi farmon va qaroriga binoan, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
O'zbekiston Respublikasi ''Ta'lim to'g'risida''gi qonun 1992-yil 2-iyulda 636-
XII-son qarori qabul qilinndi. Ushbu qonunga muvofiq umumiy o'rta talim maktablari uchun kerak bo'lgan eng muhum ko'rsatkichlar amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir.
Talim O‘zbekiston Respublikasida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatini umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini, madaniy va fan bobidagi an’analarini, jamiyatning istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda yurgizadi. Ta’lim ilm berish va tarbiyani o‘z ichiga oladi, u respublikaning zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
O'zbekiston Respublikasi ''Ta'lim tog'risida'' gi O'zbekiston Respublikasi qonunni amalga kiritish hamda ''Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi to'grisida'' gi 465 - I - sonli qonunga 1997- yil 29- avgust kuni turli xil ta'lim tizimiga oid o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Bundan maqsad ta'lim tizimini yanada islox
qilish hamda bolalarga bilim, malaka hamda konikmalarni egallashlari uchun yanada yaxshiroq shart sharoitlar yaratishdan iborat hisoblanadi.
Ushbu qonunga kora :
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning umumiy o‘rta ta’lim olishga, uch yillik akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga taalluqli 12, 13 va 14-moddalaridagi qoidalar Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan muddatlarda joriy etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga
zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, qonun hujjatlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi.
5. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil,9-son, 342-modda; 1993-yil, 6-son, 268-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin deya qarorlar qabul qilindi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan ''Ta'lim to'g'risida'' gi O'RQ-637-sonli qonunga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev tomonidan 2020- yil 23- avgust kuni o'zgartirish va qoshimchalar kiritiash tog'risida qarorni imzoladilar qarorga kora :
Qonunga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim I-XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Shuningdek, mazkur Qonun bilan, 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi
hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O'zbekiston Respublikasining '' Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida'' gi 513-XII-sonli qarori 1992- yil 14-yanvar kuni jismoniy tarbiya hamda spotga oid ko'plab ishlarni amalga oshirishda yordam beradigan qonun ishlab chiqildi.
Unga binoan :
Jismoniy tarbiya O‘zbekiston Respublikasi xalqlari milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va ma’naviy kamolotning muhim vositasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining xalqlari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot ishiga xizmat qiladi.
Ushbu Qonun jismoniy tarbiya va sport, shu jumladan sportning texnik turlari sohasidagi munosabatlarning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
O'zbekiston Respublikasi ''Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida'' gi 76- II-sonli qonunga 2000- yil 26- mayda o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritildi.
Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi deya ozgartirish va qoshimchalar kiritildi.
O'zbekiston Respublikasi ''Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida'' gi
O‘RQ-394-sonli qonunga 2015- yil 4- sentabr kuni o'zgartirish va qoshimchalar kiritildi.



Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling