Mavzu: Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari Reja


Jismoniy madaniyat darsiga qo’yiladigan talablar va ta’lim jarayonida sodir bo’ladigan xatolar ustida ishlash


Download 0.54 Mb.
bet11/16
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1587854
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-mavzu

Jismoniy madaniyat darsiga qo’yiladigan talablar va ta’lim jarayonida sodir bo’ladigan xatolar ustida ishlash

Jismoniy madaniyat darsiga qo’yidagi talablar qo’yiladi:

  • Jismoniy madaniyat darslari muayyan umumiy va xusu­siy vazifalarga ega bo’lishining shartligi;

  • umumiy vazifalar o’quv xaftasi, o’quv choragi, choraklariga mo’ljallanishi yoki qator darslar turkumida, xususiy va­zifalar esa bir dars uchun qo’yilishi va shu darsning o’zida hal qilinishi;

  • darsni uslubiy tomondan va tarbiyaviy jihatdan to’g’ri tashkillashga erishish, oldingi o’qitilganni keyingi darsda o’qitilganga (mashg’ulotlarga) izchil ulab o’qitish va ayni paytda ularni yaxlit tugallangan, muayyan darajada bo’lg’usi yangi darsning vaziflari va mazmuni bilan bog’lash (mustahkamlash, takomillashtirish) yoki hosil bo’lgan malakani avtomatlashuv darajasiga erishish maqsadida mashqlanish talabi;

  • o’quvchilarning tarkibi, ularning yoshi, jinsi jismo­niy rivojlanishi, sog’lig’ini mustahkamlash, qaddi-qomatini shakllantirish, tarbiyalash uchun yordam beruvchi mashqlar va ularni qo’llash metodlarini to’g’ri tanlash;

  • darsni o’quvchilar uchun qiziqarliligini oshirish bilan ularni harakat faoliyatga da’vat etishi, shug’ullanishga odatni shakllantirish talabi;

  • jismoniy madaniyat darslarining o’quv jadvaliga joylashtirishni (o’quv haftasining ikki kuniga ketma-ket dars joylashtirmaslik) belgilangan tizimiga rioya qilish bilan ularning organizmi oldingi darsda sarflagan quvvatini tiklanishiga erishish;

  • jismoniy madaniyat darsini o’quv kuni dars jadvali tarkibidagi boshqa umumiy ta’lim darslari bilan muvofiqlashtirish, uzviy bog’lab olib borilishiga erishish jismoniy tar­biya darsining asosiy talablaridir.

Xatolar va ularning ustida ishlash. Jismoniy tarbiya ma­shg’ulotlari jarayonining jismoniy mashqlar bilan shug’ulla­nish mashg’ulotlarida, jumladan, umumiy ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida o’quv materialini o’zlash­tirish xatolar sodir bo’lishi bilan kechadi. Bunday xatolar asosiy va asosiy bo’lmagan xatolar deb guruhlanadi:

  • asosiy xatolar deganda o’rganilayotgan harakat faoliyati yoki jismoniy mashqning texnikasining asosida yo’l qo’yilgan xatolar;

  • asosiy bo’lmagan xatolar esa harakat akti, harakat fao­liyati texnikasining zvenolari yoki uning detallarida sodir bo’ladigan xatolar tushuniladi.

Xatolarni sodir bo’lishining sabablari:

  • jismoniy tarbiya o’qituvchisining mashq texnikasini tushuntirishda o’rganilishi lozim bo’lgan harakatning hayotiy-amaliy ahamiyatini o’quvchilar ongiga yetkiza olmasligi orqali;

  • ta’lim jarayoni motiviga urg’u bera bilmasligi;

  • o’quvchilarni o’qituvchining tushuntirishga nisbatan e’tiborsizligi oqibatida;

  • mashq texnikasining asosini, uning zvenolarini, detallarini qism, bo’laklarga ajrata olmaslik hamda ular hakida shug’ullanuvchilarning nazariy bilimlari yoki boshlang’ich tasavvurlarining pastligi;

  • yangi harakatlarni muvofiqlashtirish (chaqqonligi) qobiliyatining yaxshi rivojlanmaganligi;

  • mashqni yoki uning texnikasining ijrosi haqidagi tasavvuriga ega bo’la turib, uni bajarish uchun jismoniy tayyorgarligi va harakat koordinatsiyasi zahirasining yetarli emasligi kamligi;

  • o’qituvchi tomonidan tanlangan o’qitish uslubiyotlarining ta’lim jarayoni uchun mos emasligi va boshqalar.

Ta’lim jarayonida sodir bo’lgan xatolarni aniqlash va ularni to’g’rilash o’zining qonuniyatiga ega. Ularni tuzatish uchun avvalo harakat texnikasi tarkibidagi asosiy xatolar aniqlab tuzatiladi. So’ng, asosiy bo’lmagan xatolar aniklanadi va tuzatiladi. Ta’lim jarayoning amaliyoti shundan guvohlik beradiki, asosiy xatolarni tuzatilishi asosiy deb xisoblanmagan xatolarni o’z-o’zidan to’g’rilanib ketishiga sa­bab bo’lishi mumkin.
Demak, avval asosiy xatolar aniqlanadi va tuzatiladi, so’ngra ikkinchi darajali ya’ni, harakat faoliyati texnikasi­ning zvenolari va detallaridagi xatolar tuzatiladi.

  1. Jismoniy mashqlar bilan o’quvchilarni mustaqil shug’ullanish malakalarini shakllantirish

Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonining asosiy mashg’uloti sanalmish jimoniy tarbiya darsida mustaqil shug’ullanish malakalarini shakllantirish kelajakda uni hozirda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan «Sog’lom turmush tarzi jismo­niy madaniyati» sohibiga aylantirishga oid bilimlarining zahirasini oshirishga xizmat qiladi.
O’quvchilarning mustaqil shug’ullanish mashg’ulotlarini uyushtirilishiga mashg’ulotning alohida shakli sifatida qarab, qo’yilgan vazifani hal qilishga ularni faoliyatini turlicha tashkil etish, uyushtirishni - o’quvchi faoliyatini tashkil­lash uslubiyotlari deb ham qarash qabul qilinganligini yozdik.
Mustaqil shug’ullanish (ishlash)ga o’rgatishning asosiy va xususiy maqsadlari mavjud. Mustaqil shug’ullantirish orqa­li jismoniy tarbiyalash nazarda tutiladi.
Mustaqil shug’ullanishning asosiy maqsadi mamlakat jis­moniy tarbiya tizimining umumiy maqsadidan - «ijodiy mehnat va vatan mudofasiga tayyorlash»dan kelib chiqadi. Ijodiy mehnatga tayyorlash kasbiy tayyorgarligining talablari bilan bog’liq. Qaysidir kasb sohibiga kuch-chidamliligi zaruriyat bo’lsa, boshqa kasb egasiga tezkorlik - chidamliligi zarur. Shunga qarab mustaqil shug’ullanish malakasi va unga kerak bo’ladigan bilimlar, amaliy malakalarni o’quvchiligi davridayoq egallashiga vosita bo’lishi nazarda tutiladi. Mustaqil shug’ullanish mashg’ulotlarining asosiy maqsadi ham shunga yo’naltirilgan.
Mustaqil shug’ullanish mashg’ulotlarining xususiy vazifa­lari o’zining yoshiga munosib jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlikning ayrim bo’g’inlaridagi kamchiliklar, ularni aniqlashni bilish, o’zlashtirilgan, mustaxkamlangan harakat malakalarini shakllantirishdagi kamchiliklarni tuzatish, mashg’ulotlar, ularda qo’llash uchun vositalarni tanlash, ular­dan maqsadli foydalanishni bilishni nazarda tutadi.
O’quvchi faoliyatida mustaqil mashg’ulotlardan so’ng harakat malakasini yuzaga kelganligining dastlabki belgilari, tashqaridan yordamsiz yoki ahamiyatsiz darajadagi yordam olish bilan mustaqil shug’ullanish uchun mashg’ulotlar mazmuni va uning strukturasiga lozim bo’lgan o’zgartirishlarni qila olishidir. Mustaqilligining darajasi esa uning yoshiga xos anglash imkoniyatlari va o’quv materialining mazmunini taxlil qila olishi bilan bog’liq.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda mustaqil shug’ullanish eng avvalo ularni tahlil qilish qobiliyati va harakatni turli hildagi ko’rinishlar tarzida takrorlay olishlar, qaytarishlar sifatida amalga oshiriladi.
O’rta va katta maktab yoshida mustaqil o’zining ustida ishlashi quyidagicha yo’lga qo’yiladi:

  1. nazariy bilim olishning turli xil manbalari - jismoniy tarbiya jarayonining darsliklari, o’quv va ko’rgazmali qurollari, axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalanishni bilishi orqali;

  2. amaliy o’quv materialidan foydalanish - belgilangan uy vazifalarni oldindan tayyorlangan o’quv - kartochkalari orqali bajarishi, tanlangan buyurtma tarzidagi mashqlarni o’rganish va uning nazorat - kartochkalari, o’quv dasturni o’rgatuvchi algoritmlar printsipi asosida tuzilgan vazifalarni hal qilish va boshqalar bilan mustaqil o’zining ustida ishlashi orqali amalga oshiriladi.

O’quvchilarni o’quv ishlari (dars) materiali bo’yicha amalda mustaqil shug’ullanganligining darajasi - matnda ifodalangan mazmunni o’rganganligi, erishgan natijasi, ko’rgaz­mali qurol bilan ishlay olishi, o’qituvchining o’quvchilarni bilimlarini nazorat qilish dasturidan tanlab olingan savollarga va uning turli variantlariga shug’ullanuvchilar tomonidan berilgan javoblari orqali mustaqil shug’ullana olish mahorati baholanadi.
O’quv vazifasi kartochkalarining mazmunida (oldin o’zlashtirilgan harakat faoliyatlarining texnikasini mustaxkamlash, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun), har bir shug’ullanuvchini bitta dars (yoki bir necha dars) davomida bajaradigan jismoniy mashqlarining xajmi (miqdori) qayd qilingan bo’ladi.
Kartochkalar bo’yicha muvaffaqiyatli ishlash faqat o’qituvchi bilan o’quvchilarni bir-birlarini to’la tushunishlarini yo’lga qo’yish va mavjud moddiy texnik bazaning talab darajadaligi bilan amalga oshiriladi.
O’qituvchi tomonidan mustaqil ishlar uchun tayyorlangan o’quv kartochkalari o’quvchilarga ham mustaqil shug’ullanish, ham o’quv mashg’ulotlari (darslar) paytida bir-biriga xalaqit bermay, u yoki bu snaryadda navbat kutmay, qo’yilgan vazifani kar­tochka orqali o’rganish bilan berilgan mashqlarni bajarishga imkon beradi.
Kartochkalar mazmuniga kiritiladigan buyurtma tarzidagi mashqlar shunday mashqlarni - ular o’quvchi individi uchun oldindan, uning jismoniy tayyorgarligi yoki rivojlanganligidagi ayrim kamchiliklarini bartaraf qilish ustida ishlash maqsad qilib tayyorlanadi.
Ularni ijrosi orqali shug’ullanuvchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi yo’lga qo’yiladi, turli xildagi harakat sifatlarni rivojlantirishning oldi olinadi, shug’ullanuvchida mashg’ulotga nisbatan, uning mazmuniga kiri­tilgan mashqlarni bajarishga ongli munosabatni, ma’lum darajadagi xushyorlik, o’ziga ishonish xislatlarni tarbiyalanishiga imkoniyatlarni yuzaga keltiradi, maqsadli talablar qo’yadigan harakatlar (mashqlar)ni bajarish tavsiya qilinadi.
Nazorat qilib ta’lim beradigan topshiriqlar, ko’rsatma­lar, yo’naltirilgan vazifalar qo’yish orqali, darsning vazifasini xisobga olish bilan o’quvchilarni mustaqil ijodiy harakat faoliyatga yo’naltiriladi. Nazorat qilish bilan qo’yiladigan bunday topshiriqlar har bir, ularning belgi­langan darslari (darsi), jismoniy tarbiya ta’limning aniq bir tanlangan etaplari (davri) uchun ishlab chiqiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling