Mavzu: Ta`lim printsiplari ta’lim jarayonini tashkil etishning metodik asoslari «Didaktika»


Ta’limning tarbiyaviy xususiyati prinsipi


Download 56.71 Kb.
bet2/7
Sana25.01.2023
Hajmi56.71 Kb.
#1118472
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy

1. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati prinsipi. Bu prinsip bir qancha yо‘nalishlar bо‘yicha amalga oshiriladi:
- material mazmunini Respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, mustaqil rivojlanish yо‘lidagi muvaffaqiyatlari, xalqning mehnatidagi yutuqlari, xozirgi zamon fani va texnikasi hamda madaniyati bilan bog‘lash;
-shaxsda ma’naviy fazilatlarni, intizomlilikni, qatiyatlilikni va mehnatsevarlikni tarbiyalash;
- ta’lim jarayonida hosil bо‘ladigan hissiyotlar, kechinmalar va taassurotlarning hosil bо‘lish jarayonini boshqarish;
- aqliy qobiliyatlarining rivojlantirilishi va shakillantirilishini amalga oshirish.
Bu yо‘nalishlarni amalga oshirish uchun о‘qituvchi о‘ziga quyilgan quyidagi talablarga tо‘liq rioya qilishi kerak:
Birinchidan. О‘quvchining dunyoqarashi, uning nuqtai nazari, e’tiqodi qanday shakillanishini bilishi kerak. О‘quvchi faqatgina darslik doirasida о‘ralib qolmasligi uchun, keng doirada fikrlash, tasavvur qilish qobiliyatini shakllantirish zarur.
Ikkinchidan. О‘quvchi shaxsining ma’naviy, mehnatsevarlik, nafosatlilik fazilatlarini takomillashtirishda har bir darsning ahamiyatini tushuntirib borishi kerak.
Uchinchidan. О‘quv jarayonida о‘quvchilarda his -tuygularning paydo bо‘lishi, yuzaga chiqishi va ifoda etilishini ta’minlash lozim.
Tо‘rtinchidan. О‘quvchilardagi qobiliyatlarni yuzaga chiqishini kо‘ra bilish va ularni takomillashishi uchun shart-sharoitlar yaratishi zarur.
Har bir о‘qituvchi mashg‘ulotni yuqorida aytilgan talablarga rioya qilgan holda tashkil etsa, ta’limning tarbiyaviy xususiyati maktab о‘kuvchisi shaxsini shakllantirishda asosiy ta’sirchan omil bо‘lishi amalga oshadi.
2. Ta’limning ilmiylik prinsipi. Bizni qurshab turgan borliqni bilish jarayoni murakkab, ziddiyatli bо‘lishi, har-xil bosqichlarni, shakllar va turlarni о‘z ichiga oladi. Ilmiy bilish narsaning tashqi tasviridan uning ichki tuzilishini tasvirlashga о‘tishidan iboratdir.
Ilmiy bilimlar qonuniyatlar sari, nazariya sari olib boradi.
Ilmiylik prinsipi ilmiy bilimlarning о‘quv faoliyatidagi о‘rnini ochib beradi.
Agar о‘quv materiali narsalarning faqat tashqi, kuzatiladigan xususiyatlarini yoritsa, bunday bilim ilmiylik darajasiga yetmagan bо‘ladi.
Agar о‘quv materialni bilan qonunlar, tushunchalar, formulalar va teoremalar olami bilan tanishtirsa, bunday bilimlar ilmiy bilimlar deb atalardi. Ular о‘kuvchini aqliy rivojlantiradi. Faqat ana shunday bilimlardagina о‘quv fanining ilmiy mazmunini о‘zlashtirib olishga kelgusida esa fanni egallab, mehnatda faol ishtiroq etishga imkon beradi.
2. Ilmiylik prinsipini amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim.
- О‘quvchilarni pedagogika, psixologiya, metodika fanlarining eng sо‘nggi yangiliklari bilan tanishtirib borish.
- О‘quvchilarga о‘rgatilgan, berilgan har bir ilmiy tushuncha doimiy ravishda takrorlantirilib borishi zarur.
- Ilmiy bilish metodlaridan foydalangan holda, о‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni о‘stirish va ularni ijodiy ishga tayyorlash.
- Doimiy ravishda о‘quvchilarni yetakchi olimlarni hayoti va ijodi va ilm-fanga qо‘shgan hissasi bilan tanishtirib borish kerak.
- Dars jarayonida yangi ilmiy iboralardan foydalaning va eng sо‘ngi ilmiy kashfiyotlar haqida tushunchaga ega bо‘ling.
- О‘quvchilarni qidiruv-tadqiqot ishlarini qо‘llab-quvvatlang. Ularni eng oddiy tajribalarni о‘tkazish asoslari bilan tanishtiring.

Download 56.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling