Mavzu: Ta`lim printsiplari ta’lim jarayonini tashkil etishning metodik asoslari «Didaktika»
Download 56.71 Kb.
|
2-amaliy
3. Ta’limning tizimlilik prinsipi. Ta’limning tizimlilik prinsipi о‘quvchilardagi ilmiy bilimlarni mustahkam va chuqur bо‘lishiga asoslanadi. О‘quvchilardagi atrof-muhat tо‘g‘risidagi bilimlar, о‘quv materiallari о‘quv jarayonida ketma-ketlik asosida chuqurlashtirilib borilsagina ularda mantiqiy fikrlash rivojlanib boradi va ular о‘quv materialini oson о‘zlashtiradilar.
О‘quvchi bilimlarining ilk manbaini, narsalarning, hodisalarning о‘zaro munosobatlarini tasavvur eta bilishlari shart. О‘quv materiali fanning maxsus ishlangan asoslari, qismlari, qoidalari, bо‘linmalaridan iboratdir. Fandagi bilimlarning maktabdagi о‘kuv materialiga asos qilib olinishini tо‘g‘ri tushinib yetish shart. О‘quvchi tomonidan materialni о‘zlashtirish о‘qituvchining tushuntirish usullariga bog‘liqdir. О‘qituvchining mahorati va yaxshi tayyorgarligi о‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta va tizimli tarzda о‘zlashtirishga asos bо‘ladi. Bir hildagi bilim turli xil metodlar, vositalar bilan berilishi mumkin. Bunda о‘kituvchi tushuntirishning eng maqbul metodini tanlab oladi. О‘kuvchilarga bilim berish ularning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan reja asosida amalga oshirilishi shart. Har bir mashg‘ulotda ta’lim tizimi mahsuldor bо‘lishi kerakligidir. Bu demak, rejadagi bilimni chuqur о‘rganish, fikrlash, xotirani, hissiyotni, tasavvurni tarbiyalash hamda о‘kuv faoliyati davomida paydo bо‘lgan qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan xislatlarni hosil qilishdir. Amaliy faoliyatga tizimlilik va ketma-ketlik prinsiplarini tadbiq etishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim: - о‘quvchilarni bilimlarni о‘zlashtirishlari uchun dars jarayonida reja, sxema va jadvallardan foydalaning. О‘quv materialini mantiqan tugallangan qismlarga ajrating va uni ketma-ketlik asosida ularga о‘rgatib boring; - darsda va dars rejasiga har tomonlama tо‘liq ochib beriladigan masalalarni kiriting; - dars о‘tish jarayonida dars mazmunini ketma-ketligini buzilishiga yо‘l qо‘ymang; - ta’lim jarayonida fanlararo bog‘liqlikdan foydalaning; - ta’limda tizimlilik va ketma-ketlikni ta’manlash uchun о‘tilgan mavzularni tez-tez takrorlab boring; - takrorlashdan dars boshida о‘tilgan mavzuni о‘zlashtirilish darajasini tekshirish va dars yakunida olingan ma’lumotni mustahkamlash maqsadida emas, balki dars davomida har bir qismni о‘tib bо‘lgandan sо‘ng ham foydalanish zarur; - fanni bir bо‘limini о‘tib bо‘lgandan sо‘ng umumlashtiruvchi va tizimga soluvchi dars о‘tkazing; - о‘quvchilarni og‘zaki javoblari va yozma ishlarida uchragan xatolarni doimiy ravishda xushmuomilalik va chidamlilik bilan tо‘g‘rilab boring; - dars davomida о‘quvchilarni aqliy faolliklarini rivojlanish qonuniyatlariga, aqliy faollikni pasayishi va kо‘tarilish jarayonlarini tо‘g‘ri rejalashtiring; - о‘quvchilarga yangi bilimlarni ketma-ketlik tarzida о‘rgating shundagina bu bilimlar о‘quvchilar ongida mustahkamlanib boradi. Download 56.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling