Mavzu: Ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo'lga qo'yilishi: yutuqlar va kamchiliklar. Reja
Boshqarishning markazlashgan tizimi
Download 111.5 Kb.
|
TS xalqaro hamkorlik ORG
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Boshqarishning markazlashgan tizimi Fransiya va sobiq ittifoqda yaqqol namoyon bо‘lgan. Mazkur tizimga muvofiq ta’lim dasturlari va о‘quv rejalari, pedagog kadrlarni tayinlash, kо‘chirish vaishdan bо‘shatish, ta’lim muassasasidagi tartib va boshqalar, Maorif vazirligining meyoriy hujjatlar, qarorlar, buyrqlar,farmoyishlar va yо‘riqnomalari bilan qat’iy chegaralangan.
Shunday markazlashgan boshqaruv muayyan vaqtgacha fransuzta’lim tizimining afzalligi bо‘lib kelgan. Lekin, ta’lim muassasalarining miqdori oshishi bilan boshqaruv tizimi sezilarli darajada kengayadi va xodimlarining tashabbusini cheklab qо‘yadi. Shuning uchun hozirgi paytda bu tizim ta’lim muassasalariga erkinlik berish, markazlashishdan chetlashish tomon qayta qurilmoqda. Markazlashmagan boshqaruv tizimi, AQSH, Angliya, Germaniya va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarda barqaror shakllangan. Bu tizim ta’lim muassasalariga keng imkoniyat berishni kо‘zda tutadi. Germaniyada ta’lim tizimi har bir federal yer tasarruvidadir. Lekin, federal yerlar о‘rtasida ta’limnnig turlarini uyg‘unlashtirishni ta’minlash uchun federal organ – Yer ta’lim va madaniyat vazirligi konferensiyasi mavjud. U ta’lim siyosati bо‘yicha kelishuv tavsiyalari ishlab chiqadi. Bu tavsiyalarga quyidagilar kiradi: kasb ta’limi tizimidagi bir xil tartibga soluvchi qonunlar (ta’lim muddati, о‘qishga ruxsat berish, diplomlar); ta’limdagi moddiy ta’minot; ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarini moliyalash; xalqaro hamkorlik. Germaniya OTMlari о‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash borasida keng imkoniyatga ega. Bir qolipdagi reja asosida, ya’ni fanlar rо‘yxatini va ular mehnat talabligini belgilovchi rejalar asosida professorlar о‘quv mashg‘ulotlari va fan mazmunining tuzilishini о‘zlari belgilaydilar. AQShda ta’lim muassasalari faoliyatiga maktablar okrugiga ajraluvchi Shtatlar tomonidan amalga oshiriladi. Okrugga Kо‘mita boshchilik qiladi, unga, odatda, bizmensmenlar, ziyolilarning barcha – byudjet, о‘qituvchilarni ishga olish va bо‘shatish, ularning maoshi, darsliklarni tanlash va va tavsiya qilish masalalarni hal etish uning vazifasiga kiradi. AQShda ta’lim muassasalari keng imkoniyatga ega va boshqaruv idoralaridan muayyan darajada mustaqillikka ega. Shunga kо‘ra ular ta’lim dasturlari tavsifi va sifatiga kо‘ra bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shunga kо‘ra ta’lim sifati tayanch darajasini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalashdan keng foydalaniladi. Bu ta’lim muassasalarini, foydalanilayotgan ta’lim dasturlarini hukumatga aloqadorsiz, ekspert tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish vositasidir. 2022 yilning 1-2-noyabr kunlari O‘zDJTU Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida Germaniyadan kelgan filologiya fanlari doktori Beate Rattay-Forstl (Dr. Beate Rattay-Förstl) bilan doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. So‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda ilmiy soha va ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirishga bo‘lgan etibor keskin kuchaydi. Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, sohaga bevosita daxldor vazirlik va davlat tashkilotlarining davlatimizda ilm-fanni rivojlantirish borasidagi vakolatlari yanada kengaytirildi. Joriy 2019-yilning 29-oktyabrida qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham aynan shunday vakolat va imkoniyatlarni mustahkamlaydi va kengaytiradi. Hech shubhasiz, milliy ilmiy soha taraqqiyotida xalqaro hamkorlik va xalqaro tajribani o‘rganish sohada sezilarli samaralarga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan stajerlik va ilmiy izlanishlar uchun bir qator tadqiqotchilarni xorijiy davlatlarga yuborayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy ta’lim muassasalarida mamlakatimiz uchun mutaxassislar tayyorlash, xorijda yashayotgan ilmiy salohiyatga ega vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimiz fuqarolarini chet elda malaka oshirish, stajerlik, magistratura va doktoranturada tahsil olib, yurtimizga malakali va yuqori ilmiy salohiyatli kadr bo‘lib qaytishlari uchun olib borayotgan faoliyati, Fanlar akademiyasi, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy sohada ham xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilayotgani shular jumlasidandir. Ilmiy sohada xalqaro hamkorlik xususida gap ketganda, albatta, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amalga oshirilayotgan bir qator ishlarni ham tilga olib o‘tish joiz. Chunki universitet bevosita xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashgan maskan bo‘lgani uchun unda izlanish olib borayotgan olim va tadqiqotchilar faoliyati ham xorijiy tilni chuqur bilish va xorijiy tajribalarni o‘rganish bilan bog‘liq. Ta’kidlash kerakki, universitet bir qator xorijiy nufuzli universitetlar bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolagan. Bugunga kelib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar xalqaro ilmiy hamkorlik sohasi rivojida ham yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Germaniyalik olima Beate Rattay-Forstl bilan tashkil etilgan mahorat darslari ham ilmiy sohadagi hamkorlikning bir natijasi bo‘ldi. Ma’lumot o’rnida, doktor Beate Rattay dastlab Lyudvig-Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti hamda Shveysariyaning Syurix universitetida ilmiy izlanishlar olib borgan. Keyinchalik xalqaro ekspert sifatida Argentina, Avstraliya, Finlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Hindiston, Eron, Yaponiya kabi dunyoning 19 davlatida turli loyihalar, ilmiy seminarlarda qatnashgan, universitetlarda nemis tili va adabiyoti bo‘yicha dars bergan. Ayni vaqtda u Myunxen texnika universitetida til o‘rgatish va xalqaro professor-o‘qituvchilarga madaniyatlararo masalalar bo‘yicha treninglar olib boradi hamda DAAD kabi xalqaro va milliy tashkilotlarning loyihalarida ishtirok etadi. Mahorat kurslari davomida doktor Beate Rattay o‘zi faoliyat yuritgan nemis universitetlari, xususan, Myunxen texnika universiteti, Baden-Vyurtemberg ilmiy tadqiqotlar instituti, Mangeym universiteti, Bamberg universiteti, shuningdek, Fransiyadagi Pikardi, Pert shahridagi 80 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti va markazlari bo‘lgan G‘arbiy Avstraliya universitetlaridagi ilmiy maktablar, filologiya, siyosiy fanlar va texnika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Bevosita mazkur universitetlarning saytlariga tashrif buyurib, ulardagi professorlar va yosh izlanuvchilarning faoliyati, ilmiy seminarlar, Yevropada ilmiy ish qilish va maqolalar chop etishning asosiy talablari, qo‘lga kiritilgan ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish tajribasi kabi qator dolzarb masalalarda O‘zDJTU yosh olimlariga tushuntirish berdi. Jumladan, Germaniyada yosh mutaxassislar tomonidan ilmiy ish ustida ishlash nihoyatda ommalashgani, bugun Germaniya dunyoda eng ko‘p doktorantlar yetishib chiqadigan davlatlardan biriga aylangani va yiliga o‘rtacha 30 000 atrofida olimlar oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni bitirishi va ilmiy ishini yoqlayotgani haqida so‘zladi. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda texnika va tibbiyot sohasidagi ilmiy yutuqlar salmoqli bo‘lgan. Birgina Myunxen texnika universitetida 2017-yilning o‘zida 977 ta ilmiy ish himoya qilingan va olimlarga o‘z sohalarida tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja berilgan. Shu yili universitetga 1698 nafar yosh mutaxassislar doktoranturada o‘qish uchun qabul qilingan. Oliy ta`lim sohasida xalqaro hamkorlik respublikamizning oliy ta’lim muassasalari hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirib, dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini o`rganib, quyidagi vazifalarni o`z ichiga oladi: * Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning malakasini oshirish; * Ta’limning turli yo`nalishlari uchun yangi o`quv dasturlari, zamonaviy o`quv-metodik adabiyotlar yaratilishi; * Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar, konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi; * Professor o`qituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi; * Xorijiy o`qituvchi va professorlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish; Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim Vazirligi o`rtasida 1999 yil 8 noyabrdan belgilangan “Ta’lim sohasida hamkorlik” to`g`risidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida O`zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari, va yosh mutaxassislar amaliyot o`tamoqdalar. Xitoy oliy ta’lim muassasalarida amaliyot xitoy tili va adabiyoti shuningdek, turli texnik va tabiiy fanlar yo`nalishi bo`yicha bilimlarni takomillashtirish maqsadida olib boriladi. O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR, Malayziya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi va boshqalar bilan to`g`ridan-to`g`ri muassasalararo shartnomalar asosida hamkorlik olib borishmoqda. Ushbu shartnomalar parofessor o`qituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qo`shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni ko`rib chiqadi. O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Britaniya Kengashi, Gyote nomidagi institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentliklari, Hindiston va Malayziya texnik hamkorlik dasturi, BMTningg rivojlanish dasturi, JB, ATB, ITB va boshqalar bilan yaqindan aloqa o`rnatgan. Ushbu barcha dastur va loyihalar davlatda oliy ta’limni rivojlantirish, ilg`or xorijiy tajribani qo`llagan holda o`quv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor o`qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yo`naltirilgan. O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining Tempus va Erazmus Mundus nomli ta’lim dasturlarida faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. Ayni paytda respublikada Evropa Ittifoqining Tempus o`quv dasturining 20 ta loyihasi tadbiq etilib, ularda O`zbekistonning 40 atrofida oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi. Tempus loyihasi asosan texnik fanlar va nazariy texnologiyalar sohasidagi magistratura va bakalavriat uchun o`quv dasturlarini ishlab chiqarishga bag`ishlangan. Respublika oliy ta’lim muassasalari evropa universitetlari bilan hamkorlikda turli fanlar bo`yicha yangi o`quv dasturlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish bo`yicha hamkorlikda ishlar olib boradi. Bundan tashqari, Tempus loyihasi ishtirokchi oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuter uskuna va texnikasi bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Tempus loyihasi shuningdek, oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan. Loyihalar doirasida evropa oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli seminarlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, malaka oshirish kurslari olib borilishini alohida ta’kidlash kerak. O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining talabalar, o`qituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erazmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va o`qituvchilar evropa oliy ta’lim muassasalarida ilmiy amaliyot o`tash imkoniyatiga ega bo`lishadi. Hozirgi kunda xorijiy o`qituvchi va mutaxassislarni o`quv jarayoniga jalb qilish bo`yicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo`nalishdagi eng faol ish Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentliklari JICA va KOICA bilan olib borilmoqda. Ana shu kelishuv doirasida kuni kecha Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti hamda Osiyo Taraqqiyot Banki hamkorligida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish, izlanish va tadqiqotlar olib borish kompetensiyasini rivojlantirish hamda STEAM fanlarni umumtaʼlim maktablariga joriy etishdagi dolzarb masalalarga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Unda taʼlimda ilmiy-tadqiqot institutining umumiy roli va funksiyasini anglash, taʼlim statistik maʼlumotlari bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish, boshlangʻich va oʻrta taʼlimga STEAM texnologiyalarini va tajribalarini tatbiq etish hamda STEAM fanlarini qanday qilib samarali joriy etish tajribalarini almashish masalalari muhokama etildi. Konferensiyada soʻz olgan A.Avloniy nomidagi institut xodimlari va bir qator xorijiy mutaxassislar STEAM fanlari oʻqituvchilarning malakasini muntazam oshirish, STEAM texnologiyalarini taʼlimning har bir bosqichida joriy etish va oʻquvchilarni STEAM asosida yangiliklar yaratishga ruhlantirish borasida oʻzaro fikr va tajriba almashishdi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar akademik litseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: - taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili, shakli koʻrsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yoʻnalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihonni topshirish hamda imtihonni oʻtkazish qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi); - shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport/ID-karta) nusxasi; 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 6 ta rangli fotosurat (oq fonda). Bundan tashqari hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali yurtimizdagi akademik litseylarga oʻquvchilar oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha onlayn topshirishlari ham mumkin boʻladi. Oʻqishga imtiyozli kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar gʻoliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshiradilar. “Oʻzbekistonda Kadrlar tayyorlash, tarbiyalash va malakasini oshirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim muassasalari pedagoglarining salohiyatini oshirish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar olib borildi. Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin hamda KOICA Bosh ofisi vitse-prezidenti Im Jong Xi xonim ishtirok etdi. Loyiha doirasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Kadrlar tayyorlash, tarbiyalash va malakasini oshirish kompleks markazi va innovatsion davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti” qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, maktabgacha taʼlim va erta rivojlanishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda maktabgacha taʼlimni targʻib qilish ishlari ham koʻzda tutilgan. XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oliy ta’lim tizimining maqsad va vazifalari О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” tо‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan. Bu vazifalar universitetlar, akademiyalar va institularda hal etiladi. Oliy ta’lim sohasidagi о‘zgarishlarni samarali boshqarish uchun ham milliy, ham institusional miqyosda ta’lim siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ma’sul bо‘lgan shaxslar о‘rtasida, professor-о‘qituvchilar tarkibi va talabalar, mehnat sohasi, OTMlar va jamiyat о‘rtasida yaqindan hamkorlik zarur. Boshqarishdan asosiy maqsad oliy ta’lim muassasalarining institusional vazifasini ta’lim berish, kadrlar tayyorlash yuqori darajasini ta’minlash va ilmiy tadqiqotlar о‘tkazish yо‘li bilan mustahkamlashdan iborat bо‘lishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. L.Peregudov, V.Saidov “Oliy ta’lim menejmenti va iqtisodiyoti”. Toshkent, 2005 y. 2. M.Sharifxо‘jayev, Yo.Abdullayev “Menejment”. Darslik. Toshkent, “О‘qituvchi”. 2001 y. 3. S.G‘ulomov “Menejment asoslari”. Toshkent, 2002 y. 4. K.Dixtl “Prakticheskiy marketing”. Moskva., 1996 y. http://www.press-service.uz http://www.gov.uz/ Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling