1
|
Tishlikov S.A.
|
Kafedra muduri,
t.f.b.,(PhD)
|
Kafedrani boshqarish bo’yicha:
kadrlar tayyorlash yo’nalishlari bo’yicha kafedra faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi hamda ish beruvchilar bilan tashqi aloqa o’rnatadi va rivojlantiradi;
kadrlar tayyorlash tizimi va ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklar) bo’yicha ta’lim xizmatlari bozori va mehnat bozorini tahlil etishni amalga oshiradi;
kafedra professor-o’qituvchilarining oliy ta’lim muassasasi kafedralari, fakultetlari bilan, shuningdek, xalqaro hamkorlik faoliyatlarini tashkil etadi;
oliy ta’lim Davlat ta’lim standartini amalga oshirishni ta’minlaydi;
kafedra faoliyati muhokama qilinadigan oliy ta’lim muassasasi bo’linmalari ishlarida qatnashadi;
kafedra ishlari rejasi kafedraning professor-o’qituvchilari va boshqa xodimlari shaxsiy rejasini tasdiqlaydi va ularning xizmat vazifalarini belgilaydi hamda ijrosini nazorat qiladi;
kafedra majlislarida kafedraning o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy va tashkiliy-uslubiy ishlar rejasining bajarilishini va kafedra faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi;
kafedra professor-o’qituvchilarining darslariga kiradi va ularni kafedra majlislarida muhokama qilishni tashkillashtiradi;
tanlovga tushgan barcha hujjatlarni “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizom” talablariga muvofiq ko’rib chiqilishi va natijalarini oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga yuborilishini ta’minlaydi;
kafedra professor-o’qituvchilarining malaka oshirishini rejalashtiradi;
kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv va ilmiy-uslubiy jarayonlarni tashkil etish maqsadida oliy ta’lim muassasasi bo’linmalari bilan hamkorlikda tegishli choralarni belgilaydi;
o’quv semestri va o’quv yili yakunlari bo’yicha tegishli hujjatlar va hisobotlarni tayyorlaydi, tegishliligi bo’yicha oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga taqdim etadi va ularning nusxalarini kafedrada saqlanishini ta’minlaydi;
kafedraga tegishli o’quv xonalari va laboratoriyalarda mehnat muhofazasi va yong’in havfsizligi bo’yicha qoidalarning talabalar, kafedra professor-o’qituvchilari va xodimlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
bakalavriat ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi bo’yicha namunaviy o’kuv rejasi va dasturiga muvofiq ishchi o’kuv reja va dasturlarini tuzadi;
kafedraga tegishli magistratura talabalarining kalendar ish rejalari tayyorlanishini nazorat qiladi;
kafedra professor-o’qituvchilari o’qitadigan fanlari bo’yicha darslik, o’quv ko’llanma, uslubiy ko’rsatma va boshka o’quv materiallarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va bu jarayonda bevosita ishtirok qiladi;
o’quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etilishini ta’minlaydi;
professor-o’qituvchilarning o’zaro darslarga kirishini ta’minlaydi va o’zi muntazam (ixtiyoriy) ravishda o’quv mashg’ulotlari va nazorat ishlarida ishtirok etadi;
ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash orqali o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantiradi va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlaydi;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlarida kafedra fanlariga mos filiallarini tashkil etadi.
2. O’quv-uslubiy ishlar bo’yicha:
talabalarni yuqori ilmiy-uslubiy darajada o’qitadi, ular bilimini baholashning samarali usullarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
har semestrda kamida bir marta ochiq lektsiyalar o’tadi; .
talabalarda kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil etish asoslarini shakllantiradi;
dars beradigan fani bo’yicha o’quv-uslubiy ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
talabalarning mustaqil ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalar ilmiy jamiyati ishlarini tashkil etadi, rejalashtiradi va rahbarlik qiladi, o’rta maxsus, kasb-xunar va umumiy o’pta ta’lim o’quvchilari o’rtasida kasbiy yo’naltirish ishlarini olib boradi;
kafedra professor-o’qituvchilarining malakalarini oshirishlarida faol ishtirok etadi ularga pedagogik mahorat va ko’nikmalarnn shakllantirishda uslubiy yordam ko’rsatadi;
ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishda ishtirok etadi,
|