Mavzu: Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari


Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, unday ma’lumotlar tarmoqli (to’rli


Download 1.93 Mb.
bet30/80
Sana20.10.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1712804
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Bog'liq
Mavzular 010

Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, unday ma’lumotlar tarmoqli (to’rli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellarda ham obyektlar daraxtsimon modellardagi kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi. Obyektlarning o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi.

Relatsion modellarda esa obyektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lchovli jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday ko’rinishda tasvirlanishi obyektlarning o’zaro aloqalarini yaqqol tasvirlaishiga asos bo’ldi.
MBBT arxitekturasi
MBBT alohida olingan modullardan tashkil topgan:

  • MB boshqarish bloki disklardagi ma’lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning so’rovi (guery) orasidagi interfeysni aniqlaydi.

  • Fayl menedjeri-ma’lumotlar tuzilmasi bilan disklar o’rtasidagi bog’lanishni boshqaradi.

  • Guery-protsessor ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MBni boshqarish bloki tushunadigan tilga o’tkazadi.

  • Prekompilator DML(Data Manipulation Language) ma’lumotlar bilan manipulatsiya qiladigan til bo’lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi:

  1. MBdan ma’lumotlarni ajratib olish,

  2. MBga ma’lumotlarni kiritish,

  3. MBdan ma’lumotlarni olib tashlash,

  4. MBni modifikatsiya (o’zgartirishlar) qilish.

  • Kompilator DDL(Data Definition Language)-MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MBning tuzilmasi ko’pincha jadval shaklida bo’ladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MBBTlar asosan relatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dastur vositalarga ega, bu dastur vositalari ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MBlar bilan ishlashga mo’ljallangan Microsoft Access dasturi bo’lib, bu dastur Visual Basic for Application dasturlash muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal bo’lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling