Mavzu: Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari


Download 1.93 Mb.
bet38/80
Sana20.10.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1712804
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
Mavzular 010

arj a c:\archive\matn yoki arj a a:\matn
Yuqoridagi buyruqlar kiritilgach, ular ko'rsatilgan amallarni bajarishga kirishadilar. Ekranda arxivga kiritilayotgan fayllar nomlari tasvirlanadi. Har bir faylni «siqishda» faylning qayta isnlangan foizi yoki bu jarayonni ko'rsatuvchi gorizontal chiziqcha hosil bo'ladi. Faylni arxivlash tugatilgach, uning qarshisida siqilish darajasi haqida xabar chiqariladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ARJ va PKZIP dasturlari siqilish darajasi haqidagi xabarni turli xilda ko'rsatadi. Masalan, agar dastlabki faylni 10 marta «siqilsa» ARJ dasturi ishi tugagach 10% ni («siqil­gan» fayl uzunligining fayl uzunligiga nisbati), PKZIP esa 90% ni (faylni arxivga joylashtirishda necha foizga «siqilishini») ko'rsatadi.
Arxivni ochish, ya'ni undagi fayllarni olish uchun yuqoridagi buyruqda a harfi o'rniga e («extract» so'zidan olingan — «izvlech’»— chiqarish) harfi qo'yiladi.


FAYLLARNI ARXIVLASH VA ARXIV FAYLLARNI OCHISH

Darsning maqsadi: Talabalarga fayllarni arxivlash va arxivdan chiqarishni o’rgatish.
Darsning metodik ta'minoti: ma'ruza matni va prezentasiya
Reja:

  1. Arxivlangan fayllar bilan ishlash.

  2. Arxiv turlari

  3. Arxivovchi dasturlar

Arxivlangan fayllar bilan ishlash.
Kompyuter texnologiyalar rivojlanishi bilan ma’lumotlar hajmi ko’payishi boshlangan. Shu sababli yoki kompyuter xotirasini ko’paytirish yoki ma’lumotlar hajmini kamaytirish ehtiyoji paydo bo’lgan.
Fayllar arxivlanish jarayonida ular ixchamlanadi, siqiladi hamda disk hajmlarini kengaytirishda yordam beradi. Odatda fayllarni arxivlash ularni bir joydan ikkinchi joyga tashqi qurilmalar (disketalar) orqali ko‘chirishda, diskda bo‘sh o‘rinlar ochishda, elektron pochta orqali katta axborotlarni kichraytirib jo‘natishda bunday fayllar bilan ishlash zaruriyati tug‘iladi. Arxivlash jarayoni faylning qattiq diskda ishdan chiqishi yoki tasodifan faylning o‘chirilishi hollarini oldini oluvchi vosita sifatida ham ko‘p qo‘llaniladi.
Arxivator dasturlar - bu kompyuterdagi ma’lumotlar hajmini o’zgartirib maxsus fayllarga ularni joylashtiradigan dasturlar. Ular hajmni o‘zgartirish tezligi va siqish holatlari bilan ajratiladi. Eng taniqli arxivator dasturlarga ARJ, RAR va ZIP – UNZIP lar kiradi.
Hajmi o’zgargan ma’lumotlar saqlovchi fayl - arxiv deb nomlanadi.
Arxiv faylning nomi asosan 8 harfdan iborat buladi. Uning kengaytmasi esa asosan 3 harfdan iborat bo‘lib, u qaysi dasturda yaratilganligini ko‘rsatadi.
Masalan: kitob.arj yoki dastur.rar.
Arxiv fayldagi ma’lumotlarni ko‘rish va ishga tushirish uchun biz shu arxivni arxivator dasturi yordamida ochishimiz zarur. Ammo shunday arxivator dasturlar ham mavjud, ular arxivlardagi ma’lumotlar bilan arxivni ochmasdan ishlash imkoniyatini yarata oladilar (ZIPMAGIC dasturi).
Birinchi bo‘lib eng taniqli ARJ arxivator dasturi bilan tanishamiz. Ushbu arxivator bitta fayldan iborat - ARJ.EXE . ARJ arxivatorni umumiy ko’rinishi quyidagicha:
«ARJ» komanda  rejim «arxiv fayl nomi», «fayl nomi».
Bu yerda arxiv fayl nomi - ma’lumotlar hajmi o’zgartirilib joylanishi kerak bo’lgan arxiv faylgacha to’liq yo‘l yoki agar fayl shu papkada bo’lsa u holda arxiv fayl nomi. Fayl nomi esa - hajmi o’zgarishi kerak bo’lgan fayl yoki fayllar nomlari. Agar ko‘rsatilgan nomli arxiv fayl topilmasa, u holda yangi arxiv fayl yaratiladi.
Buyruqlar satrida * va ? belgilar bilan foydalanishiz mumkin. Shunda * - bir nechta noma’lum harf va belgilar uchun, ? - esa bitta noma’lum harf yoki belgi uchun qo‘yilishi mumkin.
Misol: ARJ A -R MYGAME.ARJ *.*
Shu katalogdagi barcha fayl va pakalarni MYGAME.ARJ arxivga qo‘shish.
Misol: ARJ E -R MYGAME.ARJ
MYGAME.ARJ arxivdagi barcha fayl va pakalarni shu arxiv fayl papkaga ochib chiqarish.
Endi boshqa taniqli arxivator dasturi ZIP bilan tanishamiz. Ushbu arxivator ikkita fayldan iborat bo‘lib, ulardan biri ZIP - arxivlarni yaratadi, ikkinchisi esa UNZIP - arxiv fayllarni ochadi. ZIP arxivatorni umumiy kurinishi:
ZIP - rejim arxiv fayl nomi, fayl nomi;
UNZIP - rejim arxiv fayl nomi;


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling