Yuqorida ko‘rsatilgan dasturlar MS-DOS operatsion tizim uchun mo’jallangan bo‘lib ularda ishlash juda murakkab. Ammo ushbu dasturlarning Windows operatsion tizim uchun mujallangan versiyalari ham mavjud. Ular oson va bir xil foydalanuvchi interfeysi va yangi imkoniyatlari bilan farqlanadi. Ushbu dasturlar nomi ham arxivatorni ko‘rsatib turadi. Masalan, WINZIP, WINRAR, WINARJ yoki ZIPMAGIC. Arxiv fayl nomi esa endi 8 ta harfdan oshirilishi mumkin.
Windows uchun yaratilgan arxivator dasturlarning biri bilan tanishaylik. Ushbu dastur nomi WINRAR bo‘lib, u yordamida biz RAR hamda ZIP formatli arxivlarni yaratishimiz va ular bilan ishlashimiz mumkin.
WINRAR dasturini ishga tushirish uchun Пуск menyusining Программы bo‘limida WINRAR guruhini tanlab, uning ichida WINRAR programmani ishga tushiramiz.
Natijada shu dastur oynasi hosil qilinadi.
Ushbu oyna har bir WINDOWS oynasiga o‘xshab standart interfeysga ega:
Sarlavha satri dastur va arxiv fayl nomlari hamda oynaning asosiy 3 TA boshqaruv tugmalari ko‘rsatiladi;
Menyular satri dasturning hamma buyruqlari joylashgan menyu satri;
Asboblar paneli asosiy buyruqlarni bajarish uchun mo‘ljallangan tugmalar;
Ish sohasi ishchi papka va u ichidagi ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi;
Yordamchi ma’lumotlar satri arxivdagi fayllar soni va ular haqida ma’lumot.
WINRAR dasturda ishlash uchun biz asboblar panelidagi yordamchi tugmalar bilan ishlashni bilishimiz kerak. Yordamchi tugmalar asosiy buyruqlarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib quyidagilardan tashkil topgan.
Dastur yordamchi tugmalari:
|
Add Добавить
|
Tanlangan fayllarni arxiv-faylga qo‘shish. Agar yangi nom ko‘rsatilsa u holda yangi arxiv-fayl yaratiladi.
|
|
View Просмотр
|
Arxiv-fayldan tiklamasdan tezkor holatda u ichidagi ma’lumotlarni ko‘rish.
|
|
Delete Удалить
|
Arxiv-fayl ichidagi tanlangan faylni o‘chirish.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |