Mavzu: Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari


Download 1.93 Mb.
bet70/80
Sana20.10.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1712804
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Bog'liq
Mavzular 010

Algoritmning asosiy xossalari
Algoritmning xossalari bilan tanishishni oldingi paragrafda misollarni ko'rish paytida boshladik. Ma'lum bo'ldiki, algoritm ko'rsatmalar tizimidan iborat ekan. Ko'rsatmalarning mazmuni, kelish tartibi, qo'llanish doirasi va olinadigan natijadan kelib chiqib, algoritmning eng asosiy xossalari bilan tanishamiz.
Algoritm qyidagi beshta asosiy xossaga ega.
1. Diskretlilik. Bu xossaning masmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo'laklash imkoniyati mavjudligida, ya'ni uni chekli sondagi oddiy ko'rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Bu yuqorida tanishgan barcha misollarimizda yaqqol ko'rinib turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib bo'laklay olmasak, uni algoritm deb bo'lmaydi.
2. Tushunarlilik. Algorimning ijrochisi haqida dastlabki misoldayoq to'xtaldik. Biroq shuni aytish kerakki, algoritmning ijrochisi hamma vaqt ham inson bo'lavermaydi. Choy damlashni, kompyuterni ishlatishni yoki boshqa yumushlarni bajarishni faqat odamga emas, balki pobotga ham byyurish mumkin. Biz kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan ishlayotgan elektron soatlar, mashinalar, dastgohlar, kompyuterlar, turli avtomatik va mexanik qurilmalarni kuzatamiz. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko'satmalar uning uchun tushunarli masmunda bo'lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Undan tashqari ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo'lgan ko'rsatmalar yoki buyruqlar majmui mavjud, u ijrochining ko'rsatmalar tizimi (sistemasi) deyiladi. Demak, ijrochi uchun berilayotgan har bir ko'rsatma ijrochining ko'rsatmalar tizimiga mansub bo'lishi lozim. Ko'rsatmalarni ijrochining ko'rsatmalar tizimiga tegishli bo'ladigan qilib ifodalay bilishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, quyi sinf a'lochi o'quvchisi "son kvadratga oshirilsin" degan ko'rsatmani tushunmasligi natijasida bajara olmaydi, lekin "son o'zini o'ziga ko'paytirilsin" shaklidagi ko'rsatmani bemalol bajaradi, chunki u ko'rsatma masmunidan ko'paytirish amalini bajarish kerakligini anglaydi.
3. Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko'rsatmalar aniq mazmunli bo'lishi zarur. Chunki ko'rsatmadagi noaniqliklar mo'ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi.
Odam uchun tushunarli bo'lgan "3 - 4 marta silkitilsin", "5 - 10 minut qizdirilsin", "1- 2 qoshiq solinsin", "tenglamalardan biri yechilsin" kabi noaniq ko'rsatmalar robot yoki kompyuterni qiyin ahvolga solib qo'yadi. Bundan tashqari avval ta'kidlaganimizdek, ko'rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega. Demak, ko'rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko'rsatilgan tartibda bajarilishi shart ekan.
4. Ommaviylik. Har bir algoritm mazmuniga ko'ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o'rinli bo'lishi kerak. Ya'ni masaladagi boshlang'ich ma'lumotlar qanday bo'lishidan qat'i nazar algoritm shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqlidir. Masalan, ikki oddiy kasrning umumiy maxrajini topish algoritmi, kasrlarni turlicha o'zgartirib bersangiz ham ularning umumiy maxrajlarini aniqlab beraveradi. Yoki uchburchakning yuzini topish algoritmi, uchburchakning qanday bo'lishidan qat'i nazar, uning yuzini hisoblab beraveradi. Shaxsiy kompyuterni ishga tushirish algoritmini shu xildagi barcha kompyuterlar uchun ham qo'llasa bo'ladi. Marshrut yoki jismoniy mashq bajarish algoritmidan ham ko'pgina odamlar foydalanishlari mumkin.
5. Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so'ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko'p bo'lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so'ng qo'yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko'rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz

  1. Algoritmning asosiy xossalarini aytib bering.

  2. Ijrochining ko'rsatmalar majmui nima?

  3. Algoritmning ommaviylik xossasini ochib beruvchi misollar keltiring.

  4. Chekli qadamlardan so'ng natija bermaydigan jarayonlarga misol keltiring.

  5. Algoritmning xossalari ichida eng asosiysi qaysi biri deb hisoblaysiz?

  6. Algoritmning hamma asosiy xossalarini misollar yordamida tushuntirib bering.

Algoritmning tasvirlash usullari bilan tanishishni biz misollar ko'rish bilan boshladik. Hozircha asosan algoritmning so'zlar orqali ifoda qilinishi bilan ko'proq tanishdik. Aslida algoritmning berilish usullari xilma-xildir, biz shularning eng ko'p uchraydiganlari bilan tanishamiz.


1.Algoritmning so'zlar orqali ifodalanishi. Biz bu usul bilan yuqoridagi qator misollar yordamida batafsil tanishdik. Ushbu holda ijrochi uchun beriladigan har bir ko'rsatma jumlalar orqali buyruq mazmunida (shaklida) beriladi.
2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi. Biz bunday misol bilan ham yuqorida tanishib o'tdik. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlarni o'rganishda ko'plab foydalanamiz. Bu usulni ba'zan analitik ifodalash ham deyiladi.
3. Algoritmning jadval ko'rinishida berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishidan ham ko'p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo'llanib kelinayotgan to'rt xonali matematik jadvallar yoki turli lolereya, zayomlarning yutuqlar jadvallari.
Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlar jadvali ko'rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo'lgani tufayli ularni o'zlashtiirb olish oson.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi bilan kursimizning keyingi qismlarida batafsilroq tanishamiz. Bu yerda qisqa ma'lumot bilan cheklanamiz. Millionlab kompyuterlarning keng tarqalib ketishi algoritmlarning dastur tarzidagi tasvirining keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Chunki avvalgi bo'limlarda takidlaganimizdek kompyuterlar doimo dasturlar yordamida boshqariladi.Dasturdagi buyruqlar kompyuter - ijrochiga tushunarli bo'lishi shart. Demak, beriladigan buyruqlar tizimi kompyuter uchun tushunarli tilda bo'lishi yoki shu tilga tarjima qilib berilishi lozim. Jahonda hozirgi kunda minglab dasturlash tillari mavjud va yangilari yaratilmoqda. Biz ham kursimiz davomida keng tarqalgan va maktabda o'rganish qulay bo'lgan Beysik, Paskal kabi dasturlash tillaridan biri bilan tanishishni hamda dasturlashning asoslarini o'rganishni rejalashtirganmiz.
5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi.
Algoritmik til - algoritmni bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qo'llaniladigan belgilash va qoidalar majmui.
Algoritmik tillar dasturlash tillariga nisbatan ancha kam ishlatilsa ham, ularning algoritmlash asoslarini o'rganish sohasidagi ahamiyatini tan olish zarur.
Hozirda algoritmik tillardan o'quv, o'rganish tili sifatida foydalanilmoqda, ularning ichida eng ko'p tarqalgani E-praktikum yoki E-tili deb ataluvchilaridir. Biz kursimiz davomida algoritm ijrochisining algoritmik tili bilan tanishamiz.
Mavzu : MANTIQIY MASALALARNI YECHISHNI O‘RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI O‘RGATISH
Umumta’lim maktablarning moddiy–texnika resurslari ortib borishi bilan matematika darsida o’qituvchi an’anaviy ko’rsatmali vositalarni kompyuter slaydlari bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bunday imkoniyatlar ayniqsa masala yechishni o’rgatish jarayonida qo’l keladi. Masala syujetining dinamikasi slaydlarda yoki multiplikatsiya orqali ko’rsatib berilishi mumkin. Bunday vositalar ayniqsa, murakkab masala ustida ishlashda, o’zaro proportsional bog’langan miqdorlarga oid masalalarni tushuntirishda va ayniqsa harakatga doir masalalarni yechishda qo’l keladi. O’qituvchi eng oddiy slaydlarni o’zi yaratish imkoniga ega. Keyinchalik esa, bunday ko’rsatmali elektron vositalar mutaxasislar yordamida tayyorlanib, maktablarga tarqatilishi ham mumkin bo’ladi. Biz quyida ba’zi bir masalalar uchun slaydlar namunalarini keltirishga harakat qildik. Masala. Do’konda birinchi kun 160 kg olma sotildi, bu barcha olmaning 1/3 qismi, ikkinchi kun qolgan olmaning 4/5 qismi sotildi. Uchinchi kun sotish uchun necha kg olma qolgan? Bu butun va kasr qismi orasidagi munosabatni topishga oid masala. Yechish. Ekranda masalaning matni keltirilgach, rasmlar paydo bo’ladi. Birinchi bo’lib, birinchi kun barcha olmalarning 3/1 qismiga teng ekanligi ko’rsatilib, hamma olmalar massasi topiladi va yechimi yoziladi.
Keyin qolgan olmalar hisoblanadi. Uning uchun hamma olmalar massasidan birinchi kungi olmalar massasi ayriladi.
Masalani yechishda ekranda ― 1/3-160 ‖ –birinchi kunda sotilgan olmalar massasi,
― 4/5-? ‖ – ikkinchi kunda sotilgan olmalar massasi ekanligi yozilib, uchinchi kun qancha olma sotilganligini topish kerakligi ko’rsatiladi.
So’ngra ekranda yechimi va javobi beriladi. Uchinchi kun 64 kg olma sotilganligi ko’rsatiladi.
Demak, slayddan foydalanish o’quvchiga amaliy ishlab (ko’z oldiga keltirib) masalaning yechimini topishga yordam beradi. Ma’lumki, ko’z bilan ko’rish eshitishdan ko’ra o’quvchi xotirasida yaxshi saqlanadi. SHuningdek, kompyuter orqali bir marta ko’rsatilib, o’tilgan taqdimot va slaydlarni qayta ko’rib chiqish mumkin. Bu esa masalalarning yechish jarayonini va shunga o’xshash tushunchalarning ta’riflanish holatini takroran ko’rish imkoniyatini beradi. O’quvchilarga kompyuter vositalari asosida amaliy mashqlar bajarishga shart-sharoit yaratish o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini oshirishga olib keldi.
Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi.
АKT’dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.
Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.
Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.
«Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling