Mavzu: taʼlimda innovatsion texnalogiyalardan foydalanishning afzalliklari ma’ruza matni: Jahon iqtisodiy adabiyotlarida «innovatsiya»


Download 223.5 Kb.
bet5/6
Sana12.02.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1191358
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KEY STADY REALLY(1)

3-TOPSHIRIQ.
Innovatsion faoliyatda xodimlarni boshqarishga yondashuvlar an’anaviy menejmentga nisbatan mutaxassislarni rejalashtirish va tanlab olish bosqichidan boshlab, katta o‘zgarishlarga uchragan. Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va yirik tashkiliy o‘zgarishlarda xodimlar sonini bashoratlash ko‘pgina omillarga ega vazifadir. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi xodimlar sifatiga qat’iy talablar qo‘yadi va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish ishdan bo‘shatishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, ilg‘or texnologiyalar soo‘asida innovatsiyalarni tatbiq etishda Procter&Gamble, Jonson&Jonson, IBM kompaniyalari Comkon vodiysining bir qator firmalari har yili minglab ishchilarni ishdan bo‘shatadi. Innovatsion yondashuvlarning an’anaviylardan katta farqi xodimlarni tanlash tizimida ham namoyon bo‘ladi. Yangilik kiritishning yuqori darajasidan manfaatdor rahbar, albatta xodimning ijodiy qobiliyati va yutuqlarini aniqlashi kerak. Xodimdagi sifatlarni baholab, menejer namunaviy miqdoriy uslubiyotni nashrlar, patentlar, muayyan shaxsning ijodiy sifatlari kabi sifat mezonlari bilan birlashtiradi. Xodimlarni tanlash bo‘yicha vazifalar ham murakkabdir. Xodim haqidagi mavjud axborotlar innovatsion bo‘linmadagi nomzodlarning avvalgi yutuqlariga tegishli bo‘lgani sababli u bo‘yicha nomzodning kelgusi vazifalarga mosligi haqida fikr yuritish mushkul. Shuning uchun xodimlarni tanlash bosqichida noan’anaviy muammolarni hal etish, g‘oyalarni ilgari surish va ularni amalga oshirishda testlar, tanlovli tanlash tizimidan foydalanish kerak. Buning uchun ilmiy jamoa rahbari kasbiy muvaffaqiyat tushuncha va mezonlarini belgilashi, xodimlarni tanlash amaliyotida kasbiy muhim xususiyatlar, ularning dinamikasini baholash uslubiyotini qo‘llashi, hamda xodimlarni o‘qitish va kasbiy yo‘naltirishda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish tamoyillarini hisobga olishi kerak. Kasbiy muvaffaqiyat omillarining alohida ahamiyati innovatsion faoliyatda ishtirok etayotgan shaxsning oldiga yuqori talablar qo‘yadi. Natijada nomzodning ham shaxsiy psixologik xususiyatlari va kasbiy ko‘nikmalarini ko‘rib chiqish zarur. Shaxsni o‘rganish, shaxsning dunyo bilan munosabati kengligi, ularning umumiy tuzilishi, ierarxiklik va birgaligi darajasi, yakka shaxsning qobiliyati va fe’l-atvor kabi aniq parametrlarini o‘rganish taklif etilgan. Bu tadqiqotlar shaxs nazariyasi va uning xususiyatlariga asoslanadi. Innovatsion faoliyatda ishtirok etayotganlarning kasbiy muhim xususiyatlari, ularning dinamikasi, hamda kasbiy ko‘nikmalari shakllanishi tezligi eng muhim hisoblanadi. Inson omili, kishilarning yangilikka munosabati masalalari bilan hisoblashmaslik past mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikka olib keluvchi asosiy sabablardan biridir. Menejment ishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan korxonalarda inson omilini hisobga olish, kishilar manfaatiga e ‘tibor berish (ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitishni bartaraf etish, xodimlarni qaror qabul qilishga jalb etish, xizmatda ko‘tarilish dasturi bo‘lishi, har bir ishlovchi farovonligini ta ‘minlashga intilish) xosdir. Zamonaviy ishchi o‘zidan ilgarigilarga nisbatan ko‘proq bilimga ega, u korxona faoliyatida faol qatnashishga intiladi. Bunday ishchiga avtoritar rahbarlik qilish samara bermaydi.



Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling