Mavzu: taʼlimda innovatsion texnalogiyalardan foydalanishning afzalliklari ma’ruza matni: Jahon iqtisodiy adabiyotlarida «innovatsiya»


Download 223.5 Kb.
bet6/6
Sana12.02.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1191358
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KEY STADY REALLY(1)

4-TOPSHIRIQ.
Unumdorlik barqaror o‘sishini ta ‘minlash uchun rahbariyat ish haqi va lavozim o‘sishini mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari bilan muvofiqlashtirishi lozim. Rag‘batlantirish borasida qaror qabul qilishda unumdorlikka obektiv baho berish asos bo‘lishi lozim. Xodimlarning ish haqi ishlab chiqarish samaradorligi uzoq istiqbolda o‘sishi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Pul mukofoti miqdori faoliyatning moliyaviy qiymati va unumdorlik o‘sish darajasini aks ettirishi lozim. Mehnat unumdorligiga ruxiy zarba salbiy ta ‘sir qiladi (alohida shaxs yoki guruhlar o‘rtasida kelishmovchilik, nizo). Malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni o‘sib borishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining rivoji, mutaxassislarni tayyorlash muddatlarining uzayishi bilan kadrlarni rejalashtirish roli o‘sib bormoqda. Ilmiy tashkilotlarda kadrlarni rejalashtirish firma yoki boshqa tashkilotga nisbatan ahamiyati kattadir. Kadrlarni rejalashtirish bo‘yicha xatoga yo‘l qo‘yish ma’lum joyda kerakli ilmiy xodimning bo‘lmasligiga olib keladi va bu jamiyat uchun ijtimoiy qashshoqlik hisoblanadi. Kadrlarni rejalashtirish quyidagi savollarga javob berishi mumkin: 1. Qancha xodim, qanday malakada, qaerda va qachon kerak (kadrlarga ehtiyojini rejalashtirish)? 2. Ijtimoiy yo‘nalishni hisiobga olgan holda qancha xodim zarur, qanchasi ortiqcha, ya’ni qisqartirish zarur (xodimlarni jalb qilish yoki qisqartirish)? 3. Qobiliyatiga mos ravishda xodimlardan qanday foydalanish mumkin (kadrlardan foydalanishni rejalashtirish)? 4. Malakali ish turlarini bajarish uchun qanday qilib kadrlar tanlash maqsadga muvofiq va ular bilan izchil ish olib borish mumkinligi (kadrlar tanlovini rejalashtirish)? 5. Kadrlar tanlovini rejalashtirish tadbirlari uchun qancha mablag‘ kerak (xodimlarni saqlash uchun xarajatlar)? Boshqaruv siyosatida pedagogik jamoani istiqboldagi rivojlanish tendensiyalariga muvofiqlashtirib borish muhim o‘rin tutadi. S.Turg‘unovning fikricha, pedagogik jamoaning yuqori darajadagi samarali faoliyati ularning pedagogik tajribasi, kasbiy etukligi, uyushqoqligi, o‘zaro ahilligi va ta’lim muassasasining rivojlantirishga bo‘lgan moyilligiga bog‘liq bo‘lib, jamoadagi ruhiy muhit, o‘zaro munosabatlar uning har bir a’zosini faolligiga va pedagogik faoliyatini tashkil etish shakl va usullariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi faoliyatini rivojlantirishda va ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlikka erishishda pedagogik xodimlar nafaqat pedagogik texnologiyalar sohasida etarli axborotlar bilan ta’minlanishi, balki ulardan o‘z faoliyatlarida foydalanishlari ham zarur. Maktabda pedagogik xodimlarni boshqaruv faoliyatiga jalb etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: - boshqaruv qarorlari loyihasini jamoaviy muhokama qilish; - boshqaruv yo‘nalishidagi jamoatchilik organlari ishlarida ishtirok etish; - maktab faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar va loyihalar tayyorlashda ishtirok etish. Zamonaviy maktab jamoasiga, pedagoglariga ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda yangicha yondashuvlar yo‘nalishida qator talablar qo‘yilmoqda-ki, ya’ni ular faqat avvalgi tajribalarga asoslanibgina qolmay, balki yangi ijtimoiyiqtisodiy shart-sharoitlarda yashash va ijod qilishga moslashib borishlari zarur. Pedagogik menejment sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlili pedagoglar va o‘quvchilarning yangicha dunyoqarashlari yo‘nalishida, innovatsion ta’lim-tarbiya jarayoniga tegishli bo‘lgan asosiy ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ajratib ko‘rsatishga imkoniyat yaratadi: - mavjud voqelikni qabul qilishda ochiq va keng mushohadali, sezgir va muammolarga nisbatan murosasiz bo‘lish, kuchli va har tomonlama o‘ylab ko‘rish zarur; - turli xil murakkab va yangi masalalarni o‘rganishda ichki kechinmalarni va nuqtai nazarni anglash; - qabul qilinadigan qarorlarning ichki muxolif shakllarini inobatga olish, ya’ni mazkur qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olish, taqqoslash; - qabul qilinadigan qarorning natijasini, istiqbolini anglash; - qarorlar qabul qilishning asosiy tamoyillari bahs, muzokara va hamkorlikni inobatga olish; - dunyoni bir butun, integrativ ko‘rinishini anglash, hayotda o‘z o‘rnini bilish, insonlar bilan aloqalarni kengaytirish; - barcha qarashlar, urf-odatlar, an’ana, qadriyat va madaniyatni yaxlit va o‘zaro bog‘liqligini anglash, insonlar bilan bo‘lgan munosabatlarda insonparvarlik tamoyillariga asoslanish; - o‘z dunyoqarashini kengaytirishga yordam beruvchi voqea va vositalarni anglash, bilmaganlarini o‘rganish, noto‘g‘ri tasavvurlar, xato va qiyinchiliklarni engib o‘tish. Ta’lim muassasalarida strategik rejalashtirishga doir zamonaviy texnologiyalar va vositalarning qo‘llanilishi ularning ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligi hamda barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchilar noni — bu axborotdir. Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi. Ammo faqat bitta axborotni o‘zi etarli emas. Axborotlar muvofiq tarzda qayta tashkil qilinsa va ishlov berilsa, kommunikatsion (chiqishuvchanlik yoki kirishuvchanlik) aloqalari paydo bo‘lsa korxona faoliyatini samarali tashkil qilish ta’minlanadi. Har bir amaliyotchiga ma’lumki— axborotlarni o‘z vaqtida zarur hajmda oluvchiga berilishigina emas, uning kerakli bo‘limga berilishi muhim rol o‘ynaydi. Axborotlarning o‘ta ortiqchaligi ham, uning kamligi kabi negativ ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p boshqaruvchilar axborotlar oqimi yaxshi yo‘lga qo‘yilganda ham kommunikatsiyaning bo‘lishi qiyinchilik bilan paydo bo‘lishiga shubhalanmaydilar. Bu paytda ishbilarmon menejerlar tashkilotni o‘zini-o‘zi rivojlantirishning dasturini ishlab chiqishga moslashgan maslahatchilarni yordamga chaqiradilar. Bunday dasturlar har bir kishini yoxud guruhni o‘zaro kirishuvchanlik dialektikasini o‘rganishga, o‘z muammolarini hal qilishda konstruktiv qatnashishga o‘qitadi. Agar har bir kishini rivojlantirishni rag‘batlantirishga erishilsa, bu butun tashkilotga foyda keltiradi. Boshqarish — boshqalarni ham yutuqqa olib kelish demakdir, ularning muvaffaqiyati umumiy maqsadlarga erishishga xizmat qiladi. Tamoyilga ko‘ra har bir tashkilot rivojlanishning uch fazasini o‘taydi: boshlang‘ich, tashkiliy, integratsion. Birinchisi — eng muammosiz, chunki axborot-kirishuvchanlik aloqalari xuddi katta oiladagidek mavjud bo‘lib, maqsadga nisbatan birlik va aniqlikni mavjud qiladi. Tashkiliy ifoda esa his-tuyg‘uga (emotsional) asoslangan munosabatlar orqada qolib ularga to‘siq sifatida qaraladi. Tashkil qilishning texnologiyaga asoslangan va ratsional tamoyillari afzalliklarga ega bo‘lgan, o‘zaro aloqalar tugab, haqiqiy kirishuvchanlik kam bo‘ladi. Bunda me’yoriy-zaruriy axborotlarni chegaralash murakkablashib ketadi. Bu paytda haqiqiy tashkil qilish madaniyatini shakllantirish oson emas. Faqat birmuncha korxonalargina integratsiya fazada bu masalalar bilan shug‘ullanishni uddalay oladilar. Bu fazada tashkilotni mudroq holatdan imkoniy ehtiyojlar va alohida xodimlar xohishi va guruhlarning umumiy maqsadlari doirasida integratsiyalash orqali unumli rivojlanishga o‘tkazish mumkin. Bu masalani tashkilot o‘z kuchi va dasturi orqali hal qilmasa unda yangi maqsadlar tepadan majburlashga olib kelishi mumkinday tuyuladi. Ammo tarkib topgan tizimlar mojarolarni odatdagi bostirish uslublari, «ishchanlik» mulohazalar afzalliklari qarshi natijaga ega bo‘lsa «tashqaridan» malakali mutaxassis yordami foydadan xoli emas. Uning asosiy maqsadi axborotlar va kirishuvchanlik (kommunikatsion) aloqalarni amaliyligini oshirish





Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling