Mavzu: taʼlimda innovatsion texnalogiyalardan foydalanishning afzalliklari ma’ruza matni: Jahon iqtisodiy adabiyotlarida «innovatsiya»


Download 223.5 Kb.
bet2/6
Sana12.02.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1191358
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KEY STADY REALLY(1)

Pedagogik innovatsiya – bo‘lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u oldingi egallagan bilimlar asosida ta’limdasifatiy o‘zgarishlar qilib, yuqori samaradorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir. Bundan pedagogik innovatsiya deganda pedagogik tizimning maqsadi; mazmun-mohiyati; belgilarini; imkoniyatlarini; vazifalarini; rivojlanish boskichlari va tomoyillarini; rivojlanish mexanizmlarini va ta’limdagi integratsiya tamoyillarini innovatsion usullarini tanlash, to‘plash, qo‘llash usullarini va ulardan foydalanishga uslubiy tavsiyalar hamda bu borada bo‘lajak mutaxassislarda shakllanadagan xislatlarni hosil qilish jarayonini ifodalovchi ta’lim - tarbiya jarayonining sifat jiqatlarini takomillashtirib, bu sohada yuqori samaradorlikka erishishni tushunish mumkin. Yuqoridagilardan ta’lim-tarbiyada faoliyat ko‘rsatishga tayyorlanayotgan bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy bilimlari, mahorati va o‘z kasbiga e’tiqodi nihoyatda muhimligi kelib chiqadi. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati: Maqsad: Ta’lim – tarbiya tizimiga sezilarli samaralar beruvchi yangilik kiritish: yangi konsepsiyalar Davlat Ta’lim Standarti, alternativ o‘quv reja va dasturlari, o‘qitishning axborotli texnologiyalarini joriy etishning davlat dasturlari, jahon«Internet» tarmog‘iga chiqish va masofaviy ta’limni joriy etish bo‘yicha davlat rejasi va dasturi, shuningdek, hozirgi zamon talablari asosidagi yangi o‘quv muassasalari va shu kabi yo‘nalishlarni yanada jonlantirish. Mazmun-mohiyati: o‘quv materiallaridagi bayon qilinadigan ma’lumotlarni axborot ko‘rinishiga keltirish va ularda uzviylik hamda izchillikni saqlab qolish; o‘quv materiallarini o‘zaro bog‘liq bo‘lgan modul bloklari shaklida ifodalashga erishish; o‘quv materiallarini o‘rganishga «Kompleks yondashuv» nomli tadqiqot usulidan foydalanishga erishish va undan muammoli hamda dasturiy ta’lim metodlaridan foydalanish; ta’lim-tarbiya jarayonida axborot muhitini yaratish borasida o‘rganilayotgan sohaning axborotli ta’minotini yaratishga erishish; didaktik o‘yin (shu jumladan kompyuterli o‘yinlar va trenajerlar) orqali turli voqea va hodisalardagi jarayonlar kechishini ifodalovchi masalalar (muammolar) ni echish; bu yo‘nalishdagi ijodiy izlanishlarni olib borishda «Ta’lim-fanamaliyot» hamda nazariya bilan amaliyot uyg‘unligiga e’tibor berish; innovatsion usullar qo‘llangan holdagi yutuq va kamchiliklarni baholab borishga erishish va kerakli joylarda tegishli tuzatishlar kirita olinishi lozim va shu kabilar.



1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling