Bosma ekvivalentining mavjudligiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
- bosma o’quv nashrning elektron analogi – mos o’quv bosma nashrning elektron nusxasi;
- mustaqil elektron o’quv nashr – bosma ekvivalentga ega bo’lmagan o’quv nashr;
Asosiy axborot tabiatiga ko’ra elektron nashrlar quyidagi turlarga bo’linadi:
- matnli (belgili) – asosan matnli ma’lumotni saqlaydi;
- tasviriy elektron nashr – asosan grafik tasvirlardan iborat ma’lumotlarni saqlaydi;
- ovozli elektron nashr – ovozli axborotlarning raqamli ifodasini saqlaydi;
-dasturiy mahsulot – mustaqil bajariluvchi kod;
- multimediyali elektron nashr- turli tabiatdagi axborotning o’zaro bog’langan majmuasi
Tarqatilish texnologiyasiga ko’ra:
- lokal elektron nashr- ma’lum tirajda ishlab chiqariluvchi va lokal tarzda ishlatiluvchi axborot tashuvchida joylashtirilgan elektron nashr;
- tarmoq elektron nashri – chegaralanmagan foydalanuvchilar ommasi uchun mo’ljallangan telekommunukatsion tarmoq orqali tarqatiluvchi elektron nashr;
- kombinatsiyalashgan elektron nashr- ham lokal, ham tarmoq orqali tarqatiluvchi elektron nashr.
Foydalanuvchi va elektron nashr orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra:
- mazmun va undan foydalanish uslubi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilmaydigan elektron nashrlar;
- mazmun va foydalanish uslubi tanlanishi mumkin bo’lgan elektron .
Yaratilish texnologiyasiga ko’ra elektron nashrlar pedagogik,o’rgatuvchi, nazorat qiluvchi, namoyish qiluvchi, yordamchi, shuningdek, trenajerlar, modellashttirish , o’quv jarayonini boshqarish, o’quv maqsadidagi dasturlar yaratish, kasb tanlash va rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish uchun mo’ljallangan turlarga bo’linadi.
Elektron o’quv nashrlarining mazmuni zamonaviy o’qitish texnologiyalariga mos bo’lishi, o’quv jarayonida kompyuter texnikasidan aktiv foydalanish zarurati hisobga olinishi kerak.
Elektron o’quv nashrlari tarix ta’limida.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’quv adabiyotlariga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:.
- Tarixiylik va an’anaviylik printsiplariga amal qilish;
- Dasturiy va electron mahsulotlar standatrlariga amal qilish;
- Ma’lumotlarni bayon etishda estetik va etik normalarga rioya etish;
- Bibliografik ma’lumotlarning to’liq va ob’ektivligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |