Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar


Afferent nervlar oxirida sezuvchanlikni oshiruvchi – ta’sirlovchi moddalar


Download 0.57 Mb.
bet13/20
Sana11.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1259878
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
форм амалиёт 2 курс конспект

Afferent nervlar oxirida sezuvchanlikni oshiruvchi – ta’sirlovchi moddalar.
Xantal qog‘ozlari / gorchichniklar /, mentol, novshatir spirti, kamfora spirti, teri va shilliqlardagi sezuvchan nervlarni ta’sirlab, mahalliy hamda reflektor ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, teri va shilliqlarda retseptorlar ko‘p, ularga og‘riq, harorat, kimyoviy omillar tanlab ta’sir ko‘rsatadi. Retseptorlar o‘tkazuvchan jismlar orqali nerv markazlari bilan bog‘langan. Ushbu retseptorlar ta’sirlansa, impulьslar oqimi markaziy nerv sistemasiga ko‘tariladi, u erdan javoban reflektor jarayonlar pastki a’zolarga, to‘qimalarga, qon tomirlarga etib keladi. Reflektor ta’sir bo‘lishi uchun modda jarohatlangan a’zo bilan orqa miyaning bir xil segmentidan terining trofik /sezuvchan/ innervatsiya oladigan joyiga qo‘yiladi.
Reflektor jarayonda somatik va vegetativ nervlar qatnashadi. Vegetativ nervlar qo‘zg‘alishi tufayli jarohatlangan a’zoning qon Bilan ta’minlanishi o‘zgaradi, yallig‘lanish jarayoni ham kamayib boradi.
Ta’sirlovchi moddalar mahalliy ta’sirga ham ega, bir xillari terida gistamin, bradikininlarni ajratib qon tomirlarni kengaytiradi, teri qizaradi, to‘qimalar oziqlanishi yaxshilanadi.
Ba’zi moddalar /mentol/ qo‘yilgan joyni sovutib, shu erdagi qon tomirlarni qisqartiradi.
Xantal qog‘ozlari xantal urug‘i kukni surtilgan qog‘ozlardir. Xantal glikozid sinegrin va ferment mirozindan iborat xantal qog‘ozlari iliq /40%/ suvda ho‘llanganda mirozik fermenti ta’sirida sinegrin parchalanadi va ta’sirlaydigan xantal efir moyi hosil bo‘ladi. Xantal qog‘ozlari ta’sirlashi uchun ularni albatta iliq suvda ho‘llab, keyin kerakli joyga kqo‘yish kerak. Xantal qog‘ozlari nafas a’zolari kasalliklarida, stenokardiya /yurakda qattiq og‘riq paydo bo‘lganda/ mialgiya, nevralgiyalarda qo‘llanadi. Xantal qog‘ozlari «algitish» xususiyatiga ega . masalan, stenokardiyada xantal yurak atrofiga qo‘yilganda reflektor yo‘l bilan yurak toj tomirlarini kengaytiradi, qon bilan ta’minlash yaxshilanadi va og‘riq kamayadi. Xantal yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishida qo‘yilganda ham reflektor yo‘l orqali shu joylarda qon bilan ta’minlanish oshib boradi. Gipertoniya krizlarida xantal qog‘ozlari oyoq tagiga qo‘yilsa, bosh miya tomirlarida qon kamayib, qon bosimi ozroq bo‘lsa ham pasayadi. Ta’sirlovchi moddalar a’zo to‘qimalarida moddalar almashinuvini oshiradi, bu nerv sistemasi ta’siriga ham bog‘liq. Efir moylari, masalan, mentol teri shilliqlarida joylashgan «sovuq» retseptorlarni qo‘zg‘atadi. Mentol qo‘yilgan joy keskin soviydi., shu erda joylashgan yuza qon tomirlar torayadi, reflektor yo‘l orqali yurak v amiya tomirlari kengayadi. SHuning uchun tarkibida mentol bo‘ladigan moddalar, masalan, validol stenokardiya kasalligida til ostiga qo‘yiladi.
Mentolning suvli, spirtli eritmalari va malxamlari quloq, burun, og‘iz, teri kasalliklarida qo‘llanadi, bunda shish, yallig‘lanish va og‘riq kamayadi. Nevralgiya, mialgiya va artralgiyalarda mentolning spirtli eritmasi va moydagi suspenziya teriga surtiladi.
Novshatir spirti ham qo‘llanadigan ta’sirlovchi modda hisoblanadi. Bu moddani hidlaganda nafas yo‘llaridagi retseptorlar qo‘zg‘aladi va impulьslar reflektor yo‘l bilan markaziy nerv sistemasiga o‘tib, uzunchoq miyadagi nafas markazi qo‘zg‘atadi, nafas olish tezlashadi hamda chukurlashadi. Novshatir spirti bemor hushdan ketganda, alkogolь va boshqa markaziy nerv sistemasini tormozlovchi moddalar bilan zaharlanganda hidlatiladi hamda og‘izga tomchilab yuboriladi. YUqori konsentratsiyada uzoq vaqtgacha qo‘llanganda nafasni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Novshatir spirti mikroblarga qarshi xususiyati bo‘lgani tufayli xirurgiyada antiseptik modda sifatida ham ishlatiladi.
Achchiq, surgi, safro haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi moddalarning ham ta’sirlovchi xususiyati bor.
Bu 2-chi gruppaga kiradigan dori moddalari terapevtik jihatidan kata ahamiyatga ega bo‘lib, ta’sirlovchi maxsus moddalar afferent nervlarining oxirlarini ta’sirlash, I.P.Pavlov ta’kidlab o‘tganidek «refleksning tosh nuqtasidir».
Qo‘llaniladigan ta’sirlovchi moddalar qatoriga asosan efir moylari va amilanning ba’zi preparatlari kiradi.
Praktikada azot birikmalari parchalash yo‘li bilan olinadi ammiak rangsiz gaz, suvda yaxshi eriydi, kuchli hidi bor.
Ammiak birikmalarining eng ko‘p ishlatiladigan novshatir spirti ammiakning suvdagi 10% li eritmasi, teriga ta’sir qilganda giperimiya chiqaradi keyin shish hosil qiladi, yallig‘lanishiga olib keladi, eng oxorida nevroz bo‘ladi. To‘qima o‘ladi. Pasit konsentratsiyasida 0,1-0,3 dezinfeksiyalovchi xossiga ega, eksitroretseptorlari qattiq qitiqlaydi vash u zonaga bog‘liq bo‘lgan ichki organlar ishini kuchaytiradi.
Hidlatilganda yurak va o‘pka ishi kuchandi. Balg‘am suruvchi __________ ta’sir qiladi eksitroretseptordan roretseptorlarga o‘tadi.
Qo‘llanilishi: 1/ teri yuzasiga ta’sir qilib ekstroretseptorlar orqali oshqozonda, ichaklarda nafas olish sistemasini bo‘layotgan og‘riqlarni pasaytiradi.
2/ revmatizm kasalliklarida.
3/ paylardagi kasalliklarda yallig‘lanishida/ tendinit, tendovaginit.
4/ ichga og‘iz orqali kam dozada ham qilish organlarining motorik sekretsiyasini kuchaytirish uchun.
5/ ingalyasiya yo‘li bilan murakkab nerv sistemasi ishini kuchaytiradi.
6/ jarohatlarni davolash uchun.
7/ balg‘am surish uchun.
Dozasi otlarda 1,0-15,0; qoramollarda 2,0-30,0; mayda mollari 2-5,0; cho‘chqa 0,1-20; itlarga 0,1-1,0.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling